-u(-yu) yuklamasi aniqlik maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, ish-harakatning bajarilishidagi tezlik va davomlilik ma’nosini bildiradi: Keldi-yu, ketdi (tezlik).
2. Ayiruv va chegaralov yuklamalari (-gina, -kina, -qina, faqat). Bunday yuklamalar turli so‘z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko‘rsatish, ajratish uchun qo‘llanadi: Faqat odamlar uchun qilingan mehnatgina baxt keltiradi.
Faqat yuklamasi o‘rnida yolg‘iz so‘zi qo‘llanishi ham mumkin: Uning ermagi yolg‘iz kitoblar bo‘ldi.
3.Aniqlov yuklamasi: xuddi, naq. Bunday yuklamalar o‘zi birikkan so‘zning ma’nosini aniqlash, qiyoslab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi.
Xuddi yuklamasi: a) qiyoslash asosida aniqlab ko‘rsatish uchun ishlatiladi: O‘g‘li otasining xuddi o‘zi edi; b) o‘xshatish ma’nosini bildiradi va -dek, -day affiksi bilan yasalgan yoki kabi, singari ko‘makchilari bilan birga boshqarilgan otlar va olmoshlardan oldin keladi: Tevarak-atrof xuddi suv quygandek jim-jit edi.
naq yuklamasi ham xuddi yuklamasi bilan ma’nodoshlikka ega bo‘ladi: Itlarning ulushi naq miyasida shang‘illab turadi (As. M.).
4.Gumon yuklamasi: -dir. Barcha so‘z turkumlariga qo‘shilib kela oladi va u o‘zi aloqador so‘zga gumon, noaniqlik ma’nosini qo‘shadi: Akam uydadir, Imtihon ertagadir kabi.
Modal so`zlar va ularning ma`no va grammatik hususiyatlari haqida fikringizni bayon eting
Reja:
1. Undov so’zlar
2. Taqlid so’zlar
Ot, sifat, son, ravish o’rnida qo’llanib, ularni ko’rsatishga xizmat qiluvchi va ularning vazifasini bajaruvchi so’z turkumi olmosh deyiladi. Olmoshlar narsani, uning belgisi va miqdorini anglatmaydi, balki faqat ularni ko’rsatish, ularga ishora qilish uchun xizmat qiladi.Olmosh quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Olmoshda yasalish yo’q, ya’ni olmosh yasalmaydi. Ammo olmoshlardan sanoqli affikslar orqali ot, ravish, fe’l yasalishi mumkin: kamlik, manmanlik, sensiramoq, mensimoq (mensimaslik), shunday.
2. Olmoshlar ba’zi so’zlarga qo’shilib, boshqa so’z turkumiga ko’chishi mumkin: qaerda, ozmuncha, o’zboshimcha, manmanlik qilmoq.
3. Olmoshlar otlarga xos so’z o’zgartiruvchilar bilan o’zgaradi, ya’ni olmoshlar turlanadi. Olmoshlar kelishik affikslarini oladi va ular belgili qo’llanadi.
4. I, III shaxs kelishik olmoshlari egalik affiksini (qo’shimchasini) olmaydi.
Unisi, shunisi, qaysisi olmoshlari tarkibida ikkitadan egalik qo’shimchasi mavjud.
5. Olmoshlar gapda bajargan vazifasiga ko’ra to’rt xil bo’ladi:
a) ot xarakteridagi olmoshlar (ot o’rnida qo’llanuvchi olmoshlar): men, sen, biz, siz, ular, kim, nima, hech kim, hech nima, allakim, kimdir;
b) sifat xarakteridagi olmoshlar: qanday, qaysi, bu, shu, shunday, ba’zi, butun, qancha, hech qanday,hech qaysi, allaqaysi, allaqanday;
v) son xarakteridagi olmoshlar: necha, nechanchi, qancha, shuncha, o’shancha;
g) ravish xarakteridagi olmoshlar: nega, qalay, qani, hech qachon, qachon.
Olmosh gapda ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi bo’lib keladi. Kishilik olmoshlari, o’zlik olmoshlari kelishik qo’shimchalarini oladi. Kishilik va ko’rsatish olmoshlari juft holda ham keladi. Ko’rsatish, so’roq, o’zlik, belgilash olmoshlari takror holda ham qo’llanadi.
6. Olmoshlar tuzilishiga ko’ra ikkiga bo’linadi: sodda va qo’shma olmoshlar.
Sodda olmoshlar bir o’zakdan tuzilib, tub yoki yasama bo’ladi: men, sen, u , biz, o’sha, bunday, shunday. Yasovchi qo’shimchani olgan olmoshlar boshqa turkumga ko’chadi: o’z-o’zicha (ravish), sizsiramoq (fe’l).
Qo’shma olmoshlar birdan ortiq o’zakning birikishidan hosil bo’ladi:
a) olmosh-boshqa turkumdagi so’z: mana bu, mana shu, qay vaqt, ana shu, allaqaysi:
b) olmosh-olmosh: har kim, har qanday, har nima, hech kim, hech qaysi.
Olmoshlar takrorlanib, juftlanib kelganda ko’proq boshqa turkumga-ravishga (o’zidan-o’zi, o’sha-o’sha), fe’lga (sansanlamoq) ko’chadi.
Boshqa turkumga oid so’zlarning olmoshga ko’chishi pronominalizatsiya deyiladi. Masalan, odam, kishi, inson, nafas, ish kabi otlar ba’zi, boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar, bir soni olmoshga yaqinlashadi. Ko’nglimni so’ragani bir inson topilmadi (hech kim). Sizni bir odam chaqiryapti (kimdir). Odam ketgisi kelyapti (men). Shularni ko’rib, diling yayraydi kishi (men).
Dostları ilə paylaş: |