Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə24/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

1. So‘roq va taajjub yuklamalari: -mi, -chi, -a, -ya. Bu yuklamalar so‘zlarga yoki gaplarga taalluqli bo‘lib, asosan gapni so‘roq gapga aylantiradi. Shuningdek, so‘zga yoki gapga quyidagicha qo‘shimcha ma’no bo‘yoqlar qo‘shadi:
-mi yuklamasi: 1) taajjub, hayrat, e’tiroz bilan birga so‘roq, ma’­nosini anglatadi: Yopiray, shunday sovuq kuni ham suvga tushib bo‘ladimi? 2) noaniqlik, gumon ma’nosini ifodalaydi: Bu kitobni Olimdami, Abrordami ko‘rgan edim, shekilli.
-chi yuklamasi: 1) buyruq, do‘q, iltimos bildiradi. Bunda -chi ko‘pincha buyruq maylidagi fe’llar bilan birga keladi: qani yonimga yaqinlashib ko‘r-chi(do‘q); qani, qalamingni berib tur-chi (iltimos); avval kitobni o‘qib ko‘ray-chi(xohish); 2) shart maylidagi fe’llar bilan birga kelganda ham qistash, istak, iltimos kabi ma’nolarni bildiradi:Tez yursang-chi (qistash), dadam uyda bo‘lsalar-chi (shubha, gumon), yaxshisi, sen biznikiga kelsang-chi (taklif).
-a(-ya) yuklamasi: 1) so‘roq va turli his-hayajon anglatadi: Ertaga darsga boramiz-a? (so‘roq). Oh, naqadar so‘lim joylar-a! Qo‘ziqorin bo‘lsa ham, xuddi quyrqqa o‘xshaydi-ya!
2.Kuchaytiruv yuklamalari: nahotki, nahot, axir, hattoki, hatto, -oq, -yoq, -ki, -kim. Bu turdagi yuklamalar so‘zlarga kuchaytirish, shuningdek, ta’kid ma’nosi qo‘shish uchun ishlatiladi: Nahot ishq qismati buncha berahm, Bunchalar buyuksan vafo shevasi. (A.O)
3. Ta’kid yuklamalari: ham,-ku, -da, -u (-yu).
ham yuklamasi. 1) ko‘pincha o‘zi ta’kidlab ko‘rsatadigan so‘zlardan (ot, sifat, olmosh, fe’l, ravishdan) keyin keladi: Uni ham o‘qitaman, o‘zim ham o‘qiyman; 2) ba’zan gapda ko‘makchili birikmani ta’kidlab keladi: Bugun uning ovqat bilan ham ishi bo‘lmadi. 3) to‘siqsizlik ma’nosini bildiradi: Havo bulut bo‘lib turgan bo‘lsa ham, yomg‘irdan darak yo‘q edi; 3) ham yuklamasi -yam shaklida (unlidan so‘ng) va h undoshi tushgan holda qo‘llanishi mumkin. Bunday choqda u o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga qo‘shib yoziladi: Bunday kitoblarga qiziqmayam qo‘ydim.
-da yuklamasi shart maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, to‘­siqsizlik ma’nosini anglatadi va ham yuklamasi bilan sinonim bo‘ladi: Yosh bo‘lsa-da, bosh edi (yosh bo‘lsa ham, bosh edi).

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin