Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari


Yuklamalar substansial qiymatining uslubiy˗pragmatik xoslanishi



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə22/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

Yuklamalar substansial qiymatining uslubiy˗pragmatik xoslanishi. Yuklamalar boshqa yordamchi so‘zlarga nisbatan pragmatik qiymatining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Xususan, unda shaxsiy munosabatning nutqiy vaziyatdan kedib chiqqan holda ifodalanishi pragmatik xoslanishning asosini tashkil qiladi. Masalan, - dir yuklamasi qo‘yidagi lisoniy vositalarga qo‘shilganda gumon ma’nosini voqelantiradi va u so‘zlashuv, badiiy uslubga xosligi, o‘z lisoniy imkoniyatlarini voqelantirishi uchun ana shunday pragmatik qulay vaziyat bo‘lishini taqozo qiladi. Bunda uslub turi, u aks ettirgan nutqiy vaziyat pragmatik muhitni tashkil qiladi. Shu bilan birga, so‘zlovchining o‘zi ifodalayotgan voqelikka munosabati ham ushbu pragmatik vaziyatga hamkorlik qiladi. Ulardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz:
1) so‘roq olmoshlariga: kimdir, nimadir, qaysidir, qandaydir, qachondir, negadir, qayeridir, qayoqqadir kabi;
2) kesim vazifasida kelgan ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh shakllariga: - Bilmadim, qizidir (N.Aminov). E, u qarib ketgandir – o‘shandayoq sendan to‘rt-besh yosh katta edi (E.A’zam);
3) bor, yo‘q modal so‘zlariga: - Kecha Shahnozaning oldiga borib keldik. Isitmasi qirqdan tushmayapti. Sizning ham qizingiz bordir, axir! (O‘.Hoshimov);
4) emas to‘liqsiz fe’liga: Fikr-qarashlari ham o‘shanga moslanib qolgani uchun faqatgina o‘zi aybdor emasdir, axir! (E.A’zam);
5) -dir gumon yuklamali so‘roq olmoshlari, otlar ko‘makchilar bilan yoki har xil grammatik (son, daraja, egalik, kelishik v.b.) shakllarida kelishi mumkin. Bunda ko‘makchilar va grammatik ko‘rsatkichlari -dir yuklamasidan oldin keladi. Chunonchi:

a) bilan ko‘makchili bo‘lak: Qomati nimasi bilandir tarvuzga o‘xshab ketadigan militsioner paydo bo‘ldi (O‘.Hoshimov);
b) uchun ko‘makchili bo‘lak: He uchundir lovullar ko‘zi, / Titroq ichra qoladi o‘g‘lon (U.Azim);
v) qaratqich kelishigi -ning bilan shakllangan bo‘lak: ... Shahnoza kimningdir muzdek kafti peshonasiga tekkanini sezib seskanib ko‘zini ochdi (O‘.Hoshimov);
g) tushum kelishigi -ni bilan shakllangan bo‘lakka: Nimanidir anglagandek bo‘ldim (O‘.Hoshimov);
d) chiqish kelishigi -dan bilan shakllangan bo‘lak: Bu makondagi yagona mehribonlari Tolya Vasyuk qay go‘rdandir kavlashtirgan eski bir asbobni bilagiga bog‘lab o‘lchab ko‘rilgan edi, qon bosimi o‘lar darajaga tushib ketibdi (E.A’zam);
ye) o‘rin-payt kelishigi -da bilan shakllangan bo‘lak: Shiftning qayeridir «qirs» etdi, qayerdadir kaltakesak chirqilladi, Turobjonning qulog‘i jing‘illadi (A.Qahhor);
j) jo‘nalish kelishigi –ga bilan shakllangan bo‘lak: Aftidan, uning bu kabi kori badi kimgadir kerak (E.A’zam);
z) egalik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘lak: Nimasidir hindiylarga tortib ketadigan, sochlari oq aralash qaddiraso bir kishi ko‘zoynagini yiltillatib tepasida jilmayib turibdi (E.A’zam);
-dir yuklamasi gumon ma’nosini shakllantirishda alla- morfemasi bilan yaqin pragmatik yaqinlikni yuzaga keltiradi



  1. So`z yuklamalar va affiks yuklamalar haqida fikringizni to`liq bayon eting hamda badiiy adabiyotlardan 20 ta misol yozing va tahlil qiling

Reja:
1. Yuklаmаning mа’nо vа vаzifasi.
2. Yuklаmа turlari.
3. So’z-gаplаr tаsnifi.
4. So’z gaplаrni аjratish tamoyillari.
5. Umumiy xulosalar


Yuklamalarning ma'no va vazifasi. Yordamchi so'zlarning funktsional belgisi "bog'lash"dir. Shu belgi asosida ko'makchi, bog'lovchi, yuklamalar so'z va gaplarni bir-biriga bog'lash uchun xizmat qiladi. Ammo bu vazifa bog'lovchi va ko'makchilar uchun o'zgarmas, barqaror sanaladi. Yuklama­larning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular so'zlarga yoki gaplarga so'roq, ta'kid, kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o'xsha-tish kabi qo'shimcha ma'nolarm beradi va funktsional "bog'lash" belgisiga nisbatan beqaror, o'zgaruvchan sanaladi, ya'ni "bog'­lash" belgisi bo'lishi ham, bo'lmasligi ham mumkin. Chunonchi, na-na yordamchisi teng bog'lovchilarning bir tun sifatida inkor bog'lovchisi sanalib kelgan. G'.Abdurahmonov esa uni mkor bog'lovchisi deb atash bilan birga, unda yuklamalik xususiyati ham borligini ko'rsatadi. Haqiqatan ham, bu yordamchi ham bog'lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bog'lovchi vazifasida kelganda ayrim teng huquqii bo'lak (komponent)larga inkor ma'nosini berib, ularni bog'laydi: Na so 'zlarida ma 'no bor, na ishlarida hayo. (Oyb.) Bu yordamchi so'z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma'nosini ko'rsatadi: Raisningerkatoy o'g'li na o'qiydi, na birorjoyda ishlaydi.
Go'yo yordamchisi mazmunidan o'xshatish yoki chog'ishtirish ma'nolari anglashilgan sodda va qo'shma gaplar tarkibida ishtirok etadi. Sodda gaplardagi funksiyasiga ko'ra ko'proq yuklamalarga yaqin turadi: Tursunoy go'yo qalbi bilan ashulaga jo'r bo'lar edi. (A.Mux.) Kampirning yuzida go'yo kulgiga о 'xshagan bir narsa aks etdi. (A.Qah.) Go 'yo yordamchisi qo'shma gaplarda sodda gap qismlanni biriktiruvchi grammatik vositalarning biri sifatida xizmat qiladi, ya'ni qo'shma gapdagi vazifasiga ko'ra sodda gapdagi vazifasidan farqli o'laroq, u faqat yuklamagina emas, balki bog'lovchi-yuklama sanaladi:ertaga nikoh bo'ladi, go'yo men uningxotini. (Oyb.) Shunday baqirdiki, go'yo butun xona larzaga kelgandek bo'ldi. (A.Qah.) Aytdimi, qiladi, Qo'ydi-da, chiqdi gaplarida ham -mi, -da, qo'shimcha-simon yuklamalarning bog'lovchilik xususiyatini kuzatish mumkin. Demak, yuklamalarning qo'shma gap tarkibiy qismla-nni o'zaro bog'lash vazifasi keng uchraydigan hodisa ekan va bu tilshunosligimizda ma'lum darajada o'rganilgan.
Yuklamalarning tuzilish turlari. Ko'pgina leksoid yordamchi so'zlarning affiksoid ko'rinishlari mavjud, bu yuklamalarga ham tegishlidir: ham, -am /-yam; uchun, -chun; -u, -yu; bilan, -Ha, -la shular jumlasidandir. Yuklamalar shakliy jihatdan uch xil ko'rinishga ega:
1. Qo'shimchasimon yuklamalar (-mi, -chi, -a, -ya...).
2.Sof yuklamalar (xuddi, faqat, axir...).
3.Nisbiy yuklamalar (yolg'iz, ba'zan. tanho, bir...).
Ularning shakliy va vazifaviy turlari. Yuklamalar vazifaviy jihatdan quyidagi ma'no turlanga bo'hnadi:
1. So'roq yuklamalari: -mi, -chi, -a. -ya, nahotki. Bu yuklamalar turli so'z turkumlariga qo'shilib, so'roq ma'nosini bildiradi. Ba'zan so'roq ma'nosidan tashqari taajjublanish, hayratlanish ma'nolarini ham ifodalaydi.

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin