Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tavsiya etiladigan mustaqil ta`lim mavzulari



Yüklə 112,3 Kb.
səhifə34/35
tarix08.11.2022
ölçüsü112,3 Kb.
#68084
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 2 kurs sirtqi bo`lim talabalari u

Masalan: Necha yoshga kirgan edim-a? (O.G.)
Dadam qayda-a? (O.)
1. So’roq gaplarning ma’nolari.
So’roq gaplar turli – tuman ma’nolarni, xis – tuyg’ularni va so’zlovchinini voqeylikka bo’lgan munosabatini ifodalaydi.
1. Sof so’roq gaplar. Bu tip so’roq gaplar tinglovchini ma’lum javobini talab qiladi.
Masalan: Qayoqqa olib ketayotibsiz? (A.K.).
Yulib tashlash kerakmi, yaxshiroq parvarish qilish kerakmi? (A.K.)
Ba’zan bu tip so’roq gaplar takrorlanib kelishi ham mumkin.
Bu hol savolga tezda javob olina boshlaganda voqe bo’ladi.

  1. Gap bo`laklari haqida fikringizni bayon eting hamda 20 ta misol yozing va tahlil qiling

Gap bo'laklari dastlab, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga bo'linadi.
Bosh bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr asosan gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi. Gapning ega va kesimi bosh bo'laklar hisoblanadi. Ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlab, to'ldirib keladi. Ikkinchi darajali bo'laklarga to'ldiruvchi, aniqlovchi va hol kiradi. Masalan: Mashina shiddat bilan qaltis tog' yo'lidan uchib ketdi.
2. Ega va uning ifodalanishi.
Gapda mutloq xokim vaziyat egallab, fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatuvchi gap bo'lagi ega deb ataladi. Ega keng ma'noda predmat tushunchasini bildirib, kesimdan anglashilgan belgi, harakat, holatning kimga yoki nimaga oidligini ko'rsatadi. Ega bosh kelishikdagi so'z bilan ifodalanib, kim? Nima? Kimlar? Nimalar? qayer degan so'roqlardan biriga javob bo'ladi. Ega ikki sastavli gapning bosh bo'laklaridan biridir. Ma'lumki, gap biror predmet yoki hodisa haqida nimadir aytish maqsadida shakllantiriladi. Demak, gap tuzilish uchun asos bo'ladigan biror tushuncha kerak. Gapda butun bo'laklar ana shu asosiy tushunchani ifodalash uchun to'g'ridan-to'g'ri yoki biror vosita orqali predmet tasavvuridagi so'zga yoki birikmaga bog'lanadi. Shuning uchun ham u bosh bo'lak tarzida o'qiladi. Bu hususiyat uning shaklida ham ko'rinadi: Bunday xokim tushuncha bosh kelishik shaklida bo'ladi. Bu fikrlar shuni ko'rsatadiki, ega gapda fikr ifodalanishiga asos bo'lgan bosh kelshikdagi xokim kismdir. Eganing sintaktik jixatdan, asosan, ikki xususiyati bor. 
1. U bosh bo'lak bo'lib, xech qanday boshqa bo'lakni izoxlamaydi, ya'ni biror bo'lakka tobe bo'lmaydi, aksincha, boshqa bo'laklarni o'ziga tobe etib oladi.
Ega bosh kelishikda kelgan ot, olmosh va otlashgan so'zlar bilan ifodalanishidir. Masalan: 1) Qumri patirlarni dasturxonga tera boshladi. 2) Kimdir unga darrov bir kosa ovqat keltirib berdi. 3) yaxshilikni qadrlovchi kishi o'zini munosib saqlar. 4) Bilimli o'zar bilimsiz to'zar (Maqol)
Ega ba'zan-dan formasini olib kelgan ot bilan ifodalanishi mumkin. Bunga ega to'dadan qismini, butundan bo'lakni ifodalaydi. Masalan: (Qalandarov) Qulluq! Ammo lekin hozirchalik, nasiyaga olamizda, puldan yo'qroq. (U). . . Magazinga ajoyib uzumlardan keldi. Ega, odatda va olmosh, otlashgan so'z, sifat, son, harakat nomi, sifatdosh, ravish, undovlar bilan ifodalanadi.
1. Eganing ot bilan ifodalanishi. Qishloq quyuq daraxtlar ichida oppoq bo'lib ko'rinardi.(SH.R)
2. Eganing olmosh bilan ifodalanishi. Ega bosh kelishikdagi kishilik, o'zlik, so'roq, belgilash, gumon, birgalik, ko'rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi.
1) Biz fan va texnika barq urib rivojlanayotgan zamonda yashayapmiz.
2) Ko'rganlari haqida o'zi gapirib berdi.
3) Bugungi seminarga kim qatnashmadi?
4) Har kim o'z dardini aytar edi.
5) Devor ostidan allakim ko'ringanday bo'ldi.
6) Barchamiz institutini muvaffaqiyatli bitirish uchun kurashaylik.
7) Bular chap tomoni butazor, ung tomoni tukay bo'lgan arava yo'ldan borishdi (A.Q)
3. Eganing otlashgan sifat bilan ifodalanishi. Sifatlar otlashib gapda ega vazifasida kelishi mumkin. Bunday vaqtda sifat aniqlab kelayotgan so'z tushuriladi. Lekin uning ma'nosi sifatdan anglashilib turadi.
Masalan: Birinchi kundan boshlab unga katta-kichik samimiy xurmat bilan qaray boshlaydi. (A.M.)
Sifatlarni otlashishi ko'proq maqollarda uchraydi.
Masalan: Mard bir marta o'ladi. (maqol)
4. Eganing son bilan ifodalanishi. Masalan: Ikkalovlari atrofni qiziqish bilan kuzata boshladilar.
5. Eganing harakat nomi bilan ifodalanishi. Xato qilmoq bordir, tuzatmaslik ordir (maqol)
6. Eganing sifatdosh bilan ifodalanishi. Sifatdoshlar ham otlashib, gapda ega vazifasida keladi.
Masalan: Birlashgan yovni qaytarar. (maqol)
7. Ravish va undovlar bilan ifodalanishi. Masalan: Ko'pimiz sport seksiyalariga aktiv qatnashmayotirmiz. Dod-voy, ox-uf borgan sari kuchaydi.
8. Eganing turli so'zlari, xato ayrim tovushlari bilan ifodalanishi.
A) Har yomonning bir ammosi bo'lishi kerak, har “yaxshi” ning bir lekini.
B) Childirmaning birdan ko'tarilgan “taka-taka, gijbang”i zalni yangratib, quloqlarni qomatga keltirdi.
V) Shu ulug' nomlar-la ochilda maktab, “M” budur va bunday yoziladi “G”
9. Otlashgan shaxsli fe'l bilan. Keldi-ketdi kechasi allamaxalgacha davom etdi.
10. Fraziologik birikmalar bilan. Uq otishimizga xali yetti qovun pishig'i bor.
11. Bir butun xolda qo'llaniladigan bog'lanmalar ega bo'lib keladi.
12. Son| miqdor bildiruvchi boshqa suv |Q ot tipidagi so'z birikmalari ham ba'zan butunligicha ega bo'lib keladi. Bunday xolat bosh kelshikdagi ot kesim bilan yolg'iz o'zi moslasha olmagan vaqtda yuz beradi.
Masalan: Uch og'a ini butun kun yo'l yurib, bir joyda tunaydigan bo'lishdi.
13. Har olmoshi bilan birikkan otlar ham gapda butunligicha ega bo'lib keladi. Masalan: har saxifa jonli chamanzor kabi ko'zni qamashtiradi.
14. Egalik affiksini olgan bir soni va unga bog'lanib kelgan qaratqich yoki chiqish kelishigidagi so'z butunicha ega bo'lib keladi.
Masalan: Dushmanning biri ham hatar G'MaqolG'
15. Gapda teng xolat ham ba'zan ma'lum o'zgarishlar bilan butunicha gapda ega bo'lib kelishi mumkin.
Karimning diqqat bo'la boshlaganligi basharasidan ham bilinib turar edi. G'oG' Bu gapda; Karim diqqat bo'la boshlagan. Karimning diqqat bo'la boshlaganligi.

Yüklə 112,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin