Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pedagogik etika


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 53,66 Kb.
səhifə2/7
tarix30.09.2023
ölçüsü53,66 Kb.
#151237
1   2   3   4   5   6   7
Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pe

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishining maqsadi Boshlang'ich sinf o'quvchilariga nafosat tarbiya berish usullarini aniqlash. Maqsad quyudagi vazifalardan iborat:
1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirish.
2. Yosh avlodni voyaga yekazishda tarbiyaning ahamiyati.
3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tarbiya turlarini shakllantirish borasida olib boriladigan ishlar.
4. Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pedagogik etika.
Kurs ishining o`rganilish darajasi: Kurs ishini tayyorlashda M.X.To‘xtaxodjayeva, S.Nishonova, J.Hasanboyev, M.Usmonboyeva, S.Madiyarova, A.Qoldibekova, N.Nishonova, N.Sayidahmedov. "Pedagogika" kitobidan foydalanildi.
Kurs ishining tuzulishi: Boshlang'ich sinf o'quvchilariga nafosat tarbiya berish mavzusida kirish, 2 bob va 4 paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlarlardan iborat.


I-BOB. Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berish
1.1. Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pedagogik etika. Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jaroyonida boshlang’ich sinif o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishga e’tibor qaratilmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, shu bilan birga diologik yo’nalishdagi o’quv fanlarning xususuyatlarini o’rganish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishning ilmiy nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishning davr talab qiladi. Buni amalga oshirish uchun esa xoxlaysizmi, yo’qmi, oliy ta’limda tahsil olayotgan bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatiga jiddiy e’tibor berish kerak bo’ladi. Negaki, aynan ular ertangi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya beradi. Shunin uchun ham biz o’zimizning bitiruv malakaviy ishimizda bu muammoni tadqiq etishni maqsad qilib qo’ydik.
Talabalarda go’zallik haqidagi mavjud bilimlar hayot voqyeligi, buyumlar,ularning rang-barangligi, turlarini hamda san’at asarlarini estetik o’zlashtirish jarayonida tarkib topgan. Ular tevarak-atrof, hayot, tabiat manzaralari va har xil janrdagi san’at asarlari:grafika, rang tasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at, adabiyot, musiqa asarlari bilan kundalik faoliyatimizda duch kelishadi va ularni o’zgartirib boradi. Nafosat tarbiyasi – yoshlarni voqyelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi nafosatni idrok qilish orqali, ularda go’zallika ijobiy munosabat uyg’otish va o’zlarining hayot tarziga go’zallikni olib kirishni tarbiyalashdir. Yoshlar nafosat–go’zallik to’g’risidagi bilimlarni o’zlarini qurshab turgan tevarak atirofdagi tabiat go’zaligi, oila a’zolarining o’zaro samimiy munosabatlari, beqiyos san’at asarlari va baddiy asarlardan oladi. Nafosat to’g’risidagi bilimlar yoshlarni hatti –harakatlarini, o’quvchilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar. Nafosat tarbiyasining, mazmuniga xalqimizning boy madaniy merosini xalqning nafosatga oid bilimlarini badiiy didini xalqimizning ma’naviyatini, sog’lom turmush tarzini kiritsak bo’ladi. Nafosat tarbiyasi –eng avvalo xar bir yoshda badiiy hissiyot tuyg’ularini,badiiy didni tarbiyalashga qaratiladi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, u har bir yoshni o’zini nazorat qilishga sa’yi – harakatlarini tartibga solishga odatlantiradi. Did farosat har bir insonning hatti-harakatida, kiyinishida yurish tyrishida, jamiyatga bo’lgan munosabatida, u yoki bu voqyealarga real yondashishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi Respublikamiz rahbariyatining xalq ta`limi yuzasidan qabul qilingan qaror va yo`l-yo`riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta`limtarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir. Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma`lumotlar olinadi. Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o`qituvchi va o`quvchilarning soni va sifati; o`quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy miqdori, uning o`sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o`quvchilarning fanlar bo`yicha o`zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag’batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy bazasiga e`tibor beriladi. Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko`zdan kechirish, to`g’ri yoki noto`g’riligini aniqlash, o`quvchilar faolliklarining o`sishi bilan taqqoslash,ilg’or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi va nihoyat, o`qituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik faoliyatlarini tekshirish, tegishli chora, tadbirlar belgilash maqsadida o`tkaziladi.
Estetik hislar ham yuksak axloqiy hislardan hisoblanadi. Estetik his deganda biz go'zallikni idrok qilish, go'zallikdan zavqlanish va go'zallik yaratishga intilishni tushunamiz. Estetik hissiyot hamma odamlarga xos bo'lgan hissiyotdir. Atrofdagi tabiat manzaralari estetik hissiyotlarimizning birinchi manbai hisoblanadi. Masalan, bahor faslidagi tog' manzaralari baland qorli qoyalari uzoqlardan mag'rur turishlari odamda estetik lazzatlanish hissini tug'diradi. Yomg'irdan so'ng turli rangda jilolanib turuvchi kamalak, gulzorlar yoki kapalak, xuddi dengizdek ko'z ilg'amaydigan ko'm-ko'k paxtazorlar uzoqlarda chiroyli bo'lib ko'rinib turgan dala tepaliklari odamda qandaydir ko'tarinki ruh tug'diradi. Odamlar hayotning turli faktlariga va ularning san'atini aks ettirishiga qandaydir go'zallik yoki xunuklik fojiali yoki kulguli, oliyjanoblik va razillik, nafis yoki dag'al hodisalar sifatida munosabatda bo'ladilar. Bu hislar tegishli baholarda estetik didlarda namoyon bo'ladi va o'ziga xos badiiy lazzatlanish holatida kechiriladi. Estetik hissiyotlarning manbalari juda ko'p va xilma-xildir.
Olam va inson go'zalligi, mardlik, jasorat, yuksak insoniy g'oyalarni o'zida aks ettirgan san'at asarlari insonlarni go'zallikni his qilish, ularga intilib yashashga undab kelgan. Aksincha, g'oyaviy jihatdan saviyasi past asarlar o'quvchilar ongini sayozlashtiradi, ularni chinakam go'zallikdan chalg'itadi, go'zallikni sevishga bo'lgan intilishlarini susaytiradi, didini pasaytiradi. O'quvchilarning go'zallik bilan bevosita muloqotda bo'lishlari ularga ko'proq hissiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham o'qituvchi, tarbiyachilar tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonida o'quvchilarni badiiy jihatdan yuksak bo'lgan asarlar va tabiat manzaralari bilan tanishtirishga alohida e'tibor qaratishlari zarur. Tasviriy san'at, haykaltaroshlik va me'moriy asarlar namunalari bilan o'quvchilami tanishtirish ularda simmetriya, mutanosiblik, chiziqlar, rang va kolorit uyg'unligini idrok etish tuyg'ulariga ega bo'lishlarini ta'minlashga xizmat qiladi.
Nafosat haqidagi tushunchalarni o'zlashtirib olish, ajoyib san'at asarini sayoz, past saviyada yozilgan asardan farqlash, o'z fikr-mulohazalarining to'g'ri ekanligini qattiq turib, himoya qilishga yordam beradi. Yuqori sinf o'quvchilari hayot va san'atda go'zallik, xunuklik, zavq-shavqning xilma-xil turlariga duch keladilar. Ular g'oyaviy yo'nalishi va mazmuni jihatdan turlicha bo'lgan badiiy hamda san'at asarlarini o'qiydilar, tomosha qiladilar va tinglaydilar. Ijtimoiy hayot va san'atga oid hodisalarning mohiyatini to'g'ri tushunishda o'quvchilarga go'zallik va uni sevish mavzusidagi darslar, shuningdek, sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan xilma xil mashg'ulotlar yordam beradi. Nafosat didi o'z tabiatiga ko'ra shaxsga xos bo'lgan psixologik hodisadir. Ammo shaxs ijtimoiy munosabatlarning faol ishtirokchisi bo'lganligi uchun u go'zallikni baholash mezonlarini puxta o'zlashtira oladi. Nafosat didi shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, ob'yektiv nafosat o'lchovi bo'lib, go'zallik, xunuklik va tubanlikka baho berishda sub'yektiv yondashuvni ifodalaydi. Estetik didni shakllantirishda maktab o'quvchilari o'rtasida nafosat tarbiyasini tashkil etishda samarali shakl, metod va vositalardan oqilona foydalanish ijobiy natijalarga erishishga yordam beradi.
Bolalarda estetikani tarbiyalash juda muhim va maroqlidir. Ularda yorqin va turli ranglarga qiziqishning kuchliligi, bezatish va bo'yashga bo'lgan intilishlarini devorlar hatto buyum, mebellarga chizib ko'rishidan bilinadi. Ularni bu qiziqishlarini to'g'ri baholash va yo'naltirish iilamina yashirin iste'HoHlarini narnoyon etishga to'g'ri baholash va yo'naltirish ularning yashirin iste'dodlarini namoyon etishga imkon beradi. Estetik tarbiya shunday kuchga egaki, san'at asarlaridagi (badiiy O'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish jarayonida ularni estetik didini tarbiyalashda turli metodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Dars jarayonida didaktik o'yinlar orqali bu maqsadga erishish mumkin, albatta innavatsion - mutlaqo yangi samarali usullardan foydalanish talab etiladi. Darslarni yoki mashg'ulotlarni butunlay o'zgacha usulda tashkillashtirish, har bitta darsga alohida yondashish ta'lim tarbiyaga qo'yilgan vazifalarni to'liq amalga oshirishga yordam beradi. Maxsus yordamchi maktab o'quvchilari uchun innavatsion usullar muhim sanaladi. Chunki bunday o'quvchilarning ta'lim olishida va tarbiyalanishida asosiy muammo bu qiziqishning yo'qligidadir. Ularga shunchaki ko'rsatish yoki so'zlab tushuntirish mumkin emas.


Yüklə 53,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin