Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pe
II-BOB. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari 2.1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirish. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng oliy va abadiy qadriyatdir. Inson o‘z tarbiyasi orqali jamiyatda qaror topadi va rivojlanadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirishxususiyatiga ko‘ra tarbiya bir qancha turlarga bo‘’linadi. Shulardan eng dolzarbi bunafosat tarbiyasi hisoblanadi. Nafosat go‘zallik demakdir. Nafosat narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishi (shakli, rangi)dagi mutanosiblikni,muvofiqlikni ifodalaydi (masalan, kishilardagi tashqi go‘zallik, tabiatdagi ranglar jilosi). Kishilarning muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishiga nisbatan nafosat tushunchasi ularning nazokatli, nozik didli ekanligidan dalolat beradi. Nafosat badiiy adabiyotda tabiatdagi hodisalarning go‘zal tasvirini ifodalasa, san’atda san’at asarini aks ettirishning nozik uslubini, nafisligini yuzaga chiqaradi. G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy nafosat va go‘zallik haqida quyidagi go‘zal fikrlarni keltirib o‘tadi: “Yer uzra yuz minglab ajoyib shakllar bor. Har bir shaklning o‘ziga xos tovlanishlari, turlanishlari bor.
Tasavvur qilaylik: tevarak-atrofda dengizlar yoki tog‘lar, dasht-u sahrolar yoki gulshanlar, to‘rg ‘ay va bulbullarni maftun etuvchi rango-rang nafis gul va lolalar, turli iqlimlar va mamlakatlar, daryolar, buloqlar va hokazolar mavjud. Bular atrofida yana 9 qavatli osmon, sobit-u sayyoralar, yulduzlar, mamlakatlar bo‘lib, bari son-sanoqsizdir. To‘rt unsur, yetti osmon, va olti tomon koinotning nodir va oliy asosidir. Koinotdagi barcha mavjudotlar ichida eng ulug‘i inson va uning ko‘nglidir”. Alloma aytib o‘tganidek, yer yuzida estetik zavq oladigan minglab hodisalar, mavjudot va nabototlar mavjud. Ular ichida esa eng ulug‘ini inson deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, inson o‘zida ko‘plab ichki va tashqi go‘zalliklarni mujassamlashtiradi. Buyuk donishmand Abu Nasr Forobiy ham o‘zining estetik qarashlarida inson shaxsini g‘oyat ulug‘laydi. Insonni “ojiz banda”, “hech narsaga qodir bo‘lmagan mavjudot” darajasigacha yerga uruvchi hukmron aqidalarga zid o‘laroq, mutafakkir nazarida inson eng oliy kamolot bo‘lib, “aql-idrok ziyosiga ega” o‘zi uchun zarur bo‘lgan hamma narsalarni yaratishga qodir borliqdir.Agar inson faqat o‘zi uchungina mehnat qilsa, u, aytaylik, atoqli olim, buyuk donishmand, ajoyib shoir bo‘lishi mumkin, ammo hech qachon chinakam mukammal va ulug‘ inson bo‘la olmaydi.Beruniyning fikricha, faqat tashqi jihatdangina emas, balki ichki mazmun jihatdan ham ko‘rkam bo‘lgan kishigina maqtovga munosibdir.Insonning ichki va tashqi go‘zalligi bir bo‘lgandagina u haqiqiy go‘zallikka erishadi.
Alloma: “ozodalik va orastalik olijanoblikning o‘zagidir”, - deb uqtiradi. Nafosat tarbiyasi barcha yoshdagi kishilarga bab-barobar zarur.Ammo butun tarbiya tizimida, amalda isbotlanganidek, nafosat tarbiyasini singdirishni insonning bolalik davridan boshlash nihoyatda muhim, bu davr inson hayotida fe’l-atvor,irodaning,go‘zallik tuyg‘usi va hayotiy tushunchaning paydo bo‘lishi va shakllanishi davridir. Bolalikda aql-farosat,axloqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash bilan bir qatorda, ularda chiroyli, nafis, go‘zal narsalardan zavq ola bilishni, go‘zallikni dag‘allikdan, qo‘pollikdan tez ajrata olish qobiliyatini tarbiyalashimiz kerak. “Assalomu alaykum”dan boshlab, chehra tabassumi, kattalar oldida bosh egib turish, har bir nasihati uchun minnatdorchilik bildirish, ketishga ruxsat so‘rash – bular birinchi o‘rindagi talablarga kiradi. Ayniqsa, so‘zlash odobiga jiddiy e’tibor berish darkor. So‘zlaganda tinglayotgan kishi ko‘ziga qarab turish, so‘zlab turib u yoq-bu yoqqa alanglash yoki teskari qarab turish odobsizlik ekanligini yaxshi anglab yetish, og‘izdagi luqmani yutgandan keyin ohista gap boshlash, shoshilmay, dona-dona qilib, maqsadni aniq, dangal, ravshan, eshitarli ovoz bilan tushuntirish kerakligi o‘rgatiladi. Bular – odob go‘zalligidir.
Yuqorida qayd etib o‘tilgan qoidalar nafosat tarbiyasining asosi bolib xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi orqali shaxslarda o‘z-o‘zini boshqarish shakllanadi. Bu esa talabchanlikni keltirib chiqaradi.Barkamol shaxsning nafosat tarbiyasidagi zaruriy jihatlardan biri ularning eng yuksak nafosat tuyg‘usiga ega bo‘lishlari, sodda, ozoda va chiroyli kiyinishlari, san’atni qadrlashlari va ma’naviy jihatdan pok bo‘lishlaridir Pedagog-tarbiyachilarining birdan bir vazifasi bolalarga ana shunday xislat va odatlarni singdirish hamda bolalarda did va farosat qanchalik taraqqiy etgan bo‘lsa, ularning intizomi ham shuncha yaxshi bo‘lishini unutmaslikdan iborat. Shu bilan birga, ular haqiqiy nafosatni soxta, yasama nafislikdan ajrata bilishlari lozim. Yuksak insoniy fazilatlarni, xalqchil g‘oya, ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan va tabiat go‘zalligini o‘zida aks ettirgan nafosatgina haqiqiy hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning bir qancha usul hamda vositalari bor. Ular quyidagilar: Badiiy so‘z vositasi bilan nafosat tarbiyasini berish. Bola o‘qishni o‘rganmasdan ilgariroq unga badiiy so‘z ta’sir eta boshlaydi. U kattalar o‘qib beradigan bolalar kitobini, kattalar hikoyasini tinglaydi, maqol va masallarni eshitadi, ana shular vositasida esa unda nutq so‘zlash va go‘zal talaffuz shakllanadi. Shuning uchun o‘qituvchi sinfdan tashqari o‘qish darsida o‘quvchilarning odatdagi darslardagiga qaraganda ifodaliroq o‘qishiga ko‘proq e’tibor berishi lozim. Chunki ta’sirchan va ifodali qilib o‘qilgan asarlar kishiga ta’sir etadi.
O‘qituvchining o‘zi ifodali o‘qishda namuna bo‘lishi, ya’ni hikoyani ta’sirchan ohangda o‘qiy olishi, hikoya qahramonlarining kayfiyati va ularning nutqidagi o‘ziga xos xususiyatlarni yetkazib bera olishi, o‘qilayotgan narsaga o‘z munosabatini bildirishi lozim. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 192 Tasviriy san’at vositasida nafosat tarbiyasini berish. Badiiy ishlangan rasm va suratlar o‘quvchilarni tevarak-atrofdagi hayot bilan tanishtiradi, tabiatni, insonni va uning mehnatini sevishga o‘rgatadi, go‘zalliklar yaratishda ishtirok etish orzusini uyg‘otadi. Agar o‘qituvchi rasm darsini xilma-xil metodlar (san’atga oid suhbatlar o‘tkazish, bolalar tushuna oladigan badiiy materiallar ko‘rgazmasini uyushtirish, rassomlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazish) qo‘llangani holda qiziqarli olib borsa, bu dars bolalarning sevimli darsiga aylanishi mumkin. Badiiy materiallar yuzasidan ish olib borilganda bolalarda kuzatuvchanlik o‘sadi, ular tasviriy san’at janrlari to‘g‘risida, ranglarning bir-biriga uyg‘unligi to‘g‘risida, har xil ranglar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘tmishdagi va hozirgi zamon atoqli rassomlarining nomlarini bilib oladilar, ularning ijodi bilan tegishlicha tanishadilar. Musiqa vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish. Musiqa kishining fikr va tuyg‘ularini musiqiy obrazlar yordamida ifodalaydi. Ashula darslari, xor yoki musiqa to‘garaklarida ishtirok etish o‘quvchilarni kuy, ohanglar dunyosiga olib kiradi, ularning tuyg‘u va kayfiyatiga ta’sir etadi. Bolalar ashula darsida, xor to‘garagi mashg‘ulotlarida nota savodini o‘rganadilar, musiqa terminlari bilan, musiqa janrlari va cholg‘u asboblarining turlari bilan tanishadilar hamda vokal ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladilar. Raqs san’ati vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish. Raqs san’ati san’atning boshqa turlari kabi bola fikri va tuyg‘usini boyitadi, ijrochilarga ham, tomoshabinlarga ham zavq bag‘ishlaydi. Raqsni yaxshi ijro etish uchun chaqqonlik, noziklik, maqomni bilish, kuzatuvchanlik, xayol va xotira kerak. O‘quvchi raqsga tushayotgan paytida raqsning g‘oyasi va kayfiyatini tushunishi, o‘zining his-tuyg‘ularini raqsda ifodalay bilishi kerak. Har qanday raqs his-tuyg‘u ko‘tarinkiligi bilan bog‘langan bo‘lib, ijrochiga quvonch baxsh etadi, uning butun borlig‘ini egallab oladi va unga nafosat jihatdan ta’sir ko‘rsatadi.Boshlang‘ich maktab bolalarini raqs vositasi bilan tarbiyalash juda muhimdir.
Tabiatni hissiy idrok etish orqali nafosat tarbiyasini berish. Qurshab olgan tabiat go‘zallikning tuganmas manbaidir. Gullar, bepoyon dalalar, qor bilan qoplangan tog‘larning go‘zal ko‘rinishlari ko‘zni quvontiradi, kishida nafosat kechinmalarini tug‘diradi. Kishiga, ayniqsa, o‘zi o‘sib-ungan joyining tabiati kuchli ta’sir etadi. Biroq o‘quvchilarning tabiatni estetik idrok etishlari uchun ularni o‘z tevarak-atroflaridagi go‘zalliklarni payqashga, qurshab olgan olamning jozibadorligini ko‘ra bilishga, yilning har faslidagi go‘zalliklarga e’tibor berishga o‘rgatish kerak. O‘qituvchi shu maqsadda tabiatga ekskursiya uyushtirishi mumkin. Maktab bolalarda tabiatdan shunchaki zavqlanish hissinigina emas, balki dunyoni yanada go‘zalroq qilishga, tabiatdan insonga foyda beradigan narsalarni olishga intilish hislarini ham tarbiyalaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, nafosat tarbiyasi o‘quvchilarga borliqda mavjud bo‘lgan barcha narsa va hodisalardan zavq olishni o‘rgatadi. Insonda tashqi va ichki go‘zallikni shakllantiradi. Biz kelajakda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbiya berar ekanmiz, ularning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lishida nafosat tarbiyasining o‘rni beqiyos ekanligini to‘la anglamog‘imiz zarur.