Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pedagogik etika


Yosh avlodni voyaga yekazishda tarbiyaning ahamiyati



Yüklə 53,66 Kb.
səhifə3/7
tarix30.09.2023
ölçüsü53,66 Kb.
#151237
1   2   3   4   5   6   7
Boshlang`ish sinf o`quvchilariga nafosat tarbiyasini berishda pe

1.2. Yosh avlodni voyaga yekazishda tarbiyaning ahamiyati. Bugungi kun talabi bugungi kun rivoji uchun munosib shaxsni voyaga yetkazish undagi tarbiyani odob-axloqni go‘zal qilishdir. Abdulla Avloniy bobomiz shunday deydilar: "Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat, yo saodat masalasidir". Bobomiz bu bilan nima demoqchi kishining tarbiyasi uchun butun jamiyat aʼzolari masʼuldirlar. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, rivojlanishi va davlatning qudratli mustahkam bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Tarbiya nazariyasi bu yosh avlodni har tomonlama kamol topib oʻsibulgʻayishi, komil inson boʻlishida, ularning xulq-atvori dunyoqarashini shakllantirishda muhim omil boʻlgan jarayondir. Tarbiya nazariyasi sharq mutafakkirlari ularning goʻzal va pirmaʼno fikrlari, tarbiyaga oid asarlari va ularning tarbiya borasidagi boy tajribalariga asoslanadi. Tarbiya nazariyasi oʻz qonunlarini tuzish va undan foydalanishda bir qancha maʼlumotlardan foydalangan holda ish koʻradi. Bunda ular falsafa, etika-estetik, fiziologiya va psixologiya kabilarga tayanadi. Tarbiya bu shaxsda muayyan maqsadga qaratilgan axloqiy, aqliy, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy, etik-estetik, nafosat, mehnat, diniy va dunyoviy qarashlarni tarkib toptirish. Buarni tarkib toptirishda bir kishi emas jamoa boʻlib ishlash zarur.
Tarbiyani shakllantirishda ota-ona, pedagog va jamiyat aʼzolari har birining o‘rni alohida-alohida ahamiyatga ega. Tarbiya muayyan aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama oʻstirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning muhim bir qismi hisoblanib, u yosh avlodni tarbiyalab kamolga yetkazishning muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Tarbiyaning natijasi yuksak maʼnaviy-axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdir. Muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb taʼkidlaganlar, "Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-etibori avvalombor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak". Demak kelajak bugungi kun yoshlari qoʻlida. Biz ularni zehnli, aqlli, axloqli, odobli, vatanparvar, mehnatsevar, yurt uchun sodiq bir shaxs etib voyaga yetkazmog‘imiz zarur. Buning uchun esa ularga berayotgan tarbiyamizni go‘zal qilishimiz kerak. Ularda mehnat tarbiyasi, iqtisodiy, aqliy, axloqiy, estetik, diniy va dunyoviy qarashlarni ya‘ni tarbiyani tarkib toptirish zarur. Chunki taʼlim va tarbiya bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Taʼlimni tarbiyadan, tarbiyani esa taʼlimdan ajratib boʻlmaydi. Taʼlim va tarbiyani bir biriga uzviy bog‘lagan holda yosh avlodni voyaga yetkazmoq lozim. Biz uchun taʼlim-tarbiya jarayoni muhimdir.
Talim tarbiyani rivojlantirmay turib mustahkam jamiyat qura olmaymiz. Chunki jamiyat rivoji uchun ilmli, dono, fozil shaxslar kerak. Bu shaxslardan onglilik, maʼrifatparvarlik, vatanparvarlik, tafakkur qilish hissiyotlarini uygʻotmasdan turib biz koʻzlagan oliy maqsadga ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmasligini ta'kidlaydilar. Shaxs tarbiyalashni ona qornidan boshlash kerak deydi donolarimiz. Bunga misol qilib ushbu rivoyatni keltirib oʻtmoqchiman: "Qadim o‘tgan zamonlarning birida bir oila farzand koʻrish arafasida ekan. Ularga ollohim farzandlik boʻlish baxtini muyassar qilibdi. Oila aʼzolari bu farzandning dunyoga kelishini intiqlik bilan kutishibdi. Va bu kunlar ham yetib kelibdi, ular o‘g‘il farzandli bo‘libdi. Ular xursand bo‘lishibdi. Ota kunlarning birida farzandini qanday tarbiyalash, uni har tomonlama yetuk shaxs etib voyaga yetkazish ustida bosh qotiribdi. Va bu masalada u qishloqning eng dono olimidan maslahat soʻrash fikriga kelibdi. Kunlarning birida qishloqdagi dono odam huzuriga borib farzandini qanday tarbiyalash va uni qanday qilib yetuk shaxs etib voyaga yetkazishda maslahat soʻrabdi. Bu kishi farzandi endigina 1 yosh boʻlganligini aytibdi. Shunda dono olim siz farzandingizni tarbiyalashda kechga qolibsiz debdi. Boyagi odam dono olimdan nima uchun kechga qolaman sababi nimada, hali mening farzandim 1yoshga endi to‘lgan bo‘lsa deb soʻraganida, dono olim shunday deb javob beribdi: "qadirdonim bo‘tam farzand tarbiyasini bola ona qornida uning vujudida rivojlanib boshlagandayoq berib borish kerak edi", -deb javob bergan ekanlar. Demak tarbiya nazariyasi oiladan boshlanadi. Jamiyat aʼzolari esa uni sayqallantirib yanada rivojlantiradi.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev shunday deydilar: "Hech qachon unutmasligimiz kerak: maʼnaviyat-bu, avvalo, insonlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, hurmat va eʼtibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yoʻlidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlardir. Bir soʻz bilan aytganda maʼnaviyat-jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalq ham, davlat ham shuncha kuchli boʻladi". Demak biz birinchi navbatda yoshlarimiz maʼnaviyatini oshirishimiz lozim. Yoshlarning maʼnaviyatini ostirib kamol toptirishda birinchi omil bu unga berayotgan tarbiyamizdir. Ularda tarbiya jarayonini qanchalik tarkib toptirsak maʼnaviyati ham shunchalik oʻsib boraveradi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim deydi. Mana, ulug‘ ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-xurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xonlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, eʼtibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asr bolishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogliq". Ushbu fikrga Prezidentimiz shunday fikr bildiradilar: "Qarang, qanday bebaho, oltinga teng so‘zlar". Albatta bu soʻz qiymatini oltinga tenglashtirsak mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘z ichida qanchadan-qancha maʼno-mazmun yogʻilib turibdi. Albatta bu so‘zlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz va farzand tarbiyasini chiroyli va mustahkam qilib berishni oʻz oldimizga maqsad qilib qo‘yishimiz lozim.
Boshlang‘ich sinflarda va oilada tarbiyani berish va uni shakllantirishda sharq mutafakkirlarimiz juda ko‘plab qimmatli fikrlarni bildirganlar. Shu bilan birga islom dinining muqaddas kitobi "Qurʼoni Karim"da inson mohiyati to‘la ochib berilib, komil inson tarbiyasi bosh maqsad qilib qoʻyilgan edi. "Qurʼoni Karim"dagi taʼlim-tarbiyaga oid ulug xazina Al-Buxoriy hazratlarining hadislarida beriladi. Jumladan (38-hadis) "farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga odob-axloqini ham yaxshilangiz", (136-hadis) "hech bir ota-ona oʻz farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera olmaydi". Yusuf Xos Hojibning o’qtirishicha “Har bir kishi jamiyatga munosib boʻlib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ulgan kundan bola zarur tarbiyani olmog‘i lozim. U qobil qizning tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan ularning oʻzlariga xos xususiyatiga eʼtibor berishni taʼkidlaydi. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti-harakatlarga berilishining oldi olinadi.
Alisher navoiy asarlari 500 yildan buyon koʻplab avlodlarni hayajonga solib keladi. Insonparvarlik, muhabbat gʻoyalari, insonning oliy maqsadlarini kuylash, Navoiy merosida asosiy oʻrin tutadi. Navoiyning pedagogik qarashlari o‘ta insoniyligi bilan ajralib turadi. U bola shaxsini shakllantirish va tarbiyalash masalalariga juda katta ahamiyat bergan, Navoiy farzand tugʻilishini oilaga olib keluvchi quvonch va shamchiroq, deb bilgan. Navoiy bolaga tarbiyani uning yoshiga qarab berish va bu jarayonni uning yoshligidan boshlash zarurligini taʼkidlab oʻtadi. Tarbiya va kerakli fanlarni oʻrganishni iloji boricha barvaqt boshlamoq lozim deya taʼkidlaydi. Navoiy bolaning voyaga yetishi, yetuk va komil inson bolib ulg‘ayishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida eʼtibor beradi. Bolaning yetuk va foydali shaxs boʻlib yetishishi tarbiya natijasidadir deb taʼkidlaydi. Tarbiya insonning oʻzida go‘zal fazilatlarni, hislarni, xissyotlarni, odob va axloqni hosil qilishga yordam beradi. U kishining jamiyat aʼzolari yaʼni insonlar bilan munosabatda, ayniqsa kishilarning bir-birlariga boʻlgan ruhiy-maʼnaviy taʼsirlari natijasida tarkib topadi deb, kishini voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri tarbiya ekanligini uqtiradi.
Tarbiya jarayoni juda ko‘plab turlarni oʻz ichiga oladi. Bular mehnat tarbiyasi, aqliy va axloqiy, estetik tarbiya, ijtimoiy va huquqiy tarbiya va h.k ni oʻzida mujassamlashtiradi. Mehnat tarbiyasi-tarbiyaning muhim turi, shaxsni shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasi kishida ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ishchanlik, ishning ko‘zini bilish singari sifatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning birinchi va asosiy vositasi boʻlganligi uchun ham mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma turidan oldin paydo boʻlgan Mehnat tarbiyasini asosan oiladan tarkib toptirish zarur. Oilada oʻz oʻyinchoqlarini yigʻishtirishi yoki ota-onasiga ko‘maklashish kabi juda koʻplab ishlar orqali rivojlantirib boramiz. Keyinchalik esa bogʻcha va maktablarda davom ettiriladi. O‘quvchilarda mehnat tarbiyasini shakllantirishda hikmatga boy hikoyalar ibratli soʻzlar va maqollardan ham unumli foydalanishimiz. Va bu hikmatga boy bo‘lgan hikoya, ibratli so‘z va maqolardan ijobiy xulosalar chiqara olishlariga ko‘maklasha borishimiz lozim. Bundan tashqari mehnat tarbiyasining turlari haqida ham qisqacha tushuntirishlar berib ketsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Axloqiy tarbiya-xarakterning axloqiy sifatlari, koʻnikmalari va xulq-atvorning shakllanish jarayoni. Axloqiy tarbiya mulohaza, hissiyotlar va etiqodlar, jamiyatning tegishli meʼyorlariga mos keladigan koʻnikmalar va xulq-atvorning axloqiy tushunchalarini shakllantirish kabi vazifalarni hal qiladi. Axloqiy tarbiyaning asosiga jamiyatning rivojlanish jarayonida insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan umuminsoniy qadriyatlar, o‘tkinchi boʻlmagan meʼyorlar qatori jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida paydo bo‘lgan yangi qoidalar va meʼyorlar yotadi. O‘tkinchi bo‘lmagan axloqiy sifatlar halollik, adolat, burch, tartiblilik, masʼullilik, or-nomus, vijdon, qadrqimmat, insonparvarlik,beg‘arazlilik,mehnatsevarlik, kattalarga hurmat kabi juda ko‘plab fazilatlarni oʻzida qamrab oladi.
Farobiy oʻz asarlarida maʼrifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: "Har kimki ilim hikmatni o‘rganaman desa, uni yoshlikdan boshlasin, sog‘ salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq va odobli bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo‘lsin, barcha qonun-qoidalarni bilsin, bilimdon va notiq bo‘lsin, bilimli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega boʻlsin". Bu fikrlarda forobiyning taʼlim-tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy-axloqiy tarbiyaga alohida eʼtibor berganligi koʻrinib turibdi, uning eʼtiqodicha, bilim ma'rifat albatta yaxshi axloq bilan bezatilmog‘i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erisholmaydi, bola yetuk bo‘lib yetishmaydi.
Aqliy tarbiya-shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy bilish qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyat boʻlib, uni samarali yoʻlga qoʻyish asosida dunyoqarash shakllanadi. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o‘rin tutadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish sohalarida qoʻlga kiritilayotgan yutuqlari bilan tanishtirish, ularda ijobiy, erkin, mustaqil fikrlash koʻnikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi. Abu Nasr forobiyning eʼtiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni oʻzlashtirar ekan borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha boʻlgan maʼlumotlarni oʻzlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.Allomaning mazkur fikrini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: "Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri bilan solishtirib ko‘radi". Albatta kishining o‘z bilimining chinligini isbotlash uchun taqqoslashlar olib borishi uning oʻzidagi aqliy faoliyatni yanada rivojlanib ravnaq topishida muhim omil sanaladi.
Aqliy jihatdan oʻz bilimiga ega boʻlgan inson oʻz fikrini to‘g‘ri va ravon bildira oladi va bu fikrning to‘g‘ri ekanligini isbotlab ham beroladi. Iqtisodiy tarbiya-o‘quvchilarda tejamkorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisobkitob qilish qobiliyatini shakllantirish. Bu so‘zning manosi juda keng boʻlib xalq ichida bu "tejamkorlik" soʻzi bilan sinonim boʻlib keladi. Iqtisodiy tarbiya oʻquvchilarning ota-onasi bergan pullarni toʻgʻri yoʻlda sarflashi, bu pul mashaqqatli mehnat ortidan kelganligini tushuntirish orqali singdirilib borilishi kerak. O‘quvchilarning ongida mehnatning orqasidan iqtisodiy mablag‘ kelishi va bu mablag‘ni to‘g‘ri yo‘lda sarflashni shakllantirish. Iqtisodiy tarbiya bo‘yicha olimlarimiz fikrlaridan misollar keltirib tushuntirishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
A.N.Farobiy "Baxt-saodatga erishuv haqida" asarida shunday yozadi: "Inson oʻz mablagʻini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizgʻanchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi". Abdulla Avloniy "iqtisod deb, pul va mol kabi nematlarning qadrini bilmakka aytilur"- degan qimmatli fikrlarni bolalarga tushuntirish va ularning ijobiy xulosalar chiqarishida ko‘maklashish zarur. Islom karimov "iqtisodiy mustaqillikka erishmasdan siyosiy mustaqillikni taʼminlab boʻlmaydi" degan va eng muhim ustuvor vazifani amalga oshirishni strategik masala deb hisoblar edilar. Shavkat Mirziyayev hammangiz yaxshi tushunasiz, "Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruxi-maʼnaviyatdir. Biz yangi oʻzbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya'ni, bozor tamoyillarga asoslangan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyatga tayanamiz". Demak oʻquvchilar ongida iqtisodiy tarbiyani rivojlantirish eng muhim masalalardan biridir. Nafosat tarbiyasi-(estetik tarbiya-lotincha "estezion" go‘zallikni his qilaman)- o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush goʻzalliklarni anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini oʻstirish, ularda go‘zallikka muhabbat uygʻotish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatini tarbiyalashga yoʻnaltirilgan pedagogik jarayon. Nafosat bilimlari aniq tarbiyaviy ishlar tanlov, viktorina, bayram, koʻrgazma va hokazolarni tashkil etish asosida hosil qilinadi.
O‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini turli xil badiiy va ijodi faoliyatlarda namoyon etadilar. Jismoniy tarbiya-taʼlimning bir turi boʻlib, uning mazmunining oʻziga xosligi harakat mashqlarini o‘rgatish, jismoniy sifatlarni shakllantirish, maxsus jismoniy tarbiya bilimlarini oʻzlashtirish va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishga ongli ehtiyojni shakllantirishni aks ettiradi. Jismoniy (jismoniy) rivojlanish-bu ehtiyoj, muntazamlik va oldindan belgilangan tendensiya (progressiv yoki regressiv) bilan tavsiflangan inson tanasidagi oʻzgarishlari majmuyi. Jismoniy tarbiya oquvchilarning jismoniy tomonidan chiniqishi va sog‘lom bo‘lishi uchun muhim omildir. "Sog‘ tanda sog‘lom aql" (Ibn Sino) kishi jismoniy tomonlama sog‘lom bo‘lsa undan juda koʻp narsalarni kutish mumkin. Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: "Inson uchun birinchi baxt uning sog'lig'i, ikkinchisi-go‘zallikdir", degan ekan. Chindan ham sog‘lik-salomatlik barcha boyliklarning manbayidir. Nasl-nasabi sog‘lom va maʼnaviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog‘lom-baquvvat, jasur va maʼnaviyatli buladilar.
Sog‘lom va maʼnaviyatli inson vatan istiqboli uchun qaygʻuradi. Xalq rivoji, baxtu-saodati uchun esa ana shunday avlod kerak. Ibin Sino bobomiz ham oʻz asarlarida badan tarbiyasi bo‘yicha juda ko‘plab fikrlar bildirib oʻtgan. "Sogʻlik-tuman boylik", "Sog‘ bo‘lay desang, choy meva yesang" mana shunga o‘xshash ko‘plab ibratli fikirlarni bolalarga o‘rgatib ularda badan tarbiya kishi uchun qanchalik zarur ekanligini tushuntirish kerak. Huquqiy tarbiya-bu jamiyat aʼzolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlar doimiy ravishda maqsadga muvofiq taʼsir etish orqali singdirib borish jarayonidir. O‘quvchilar ongiga huquqiy madaniyatni singdirib borishda konstitutsiya va davlat haqidagi ta'limotlarni berib borishimiz ko‘zda tutiladi.
O‘quvchilar ongiga adolatparvarlik ruhini singdirish. Har bir kishining o‘z haq-huquqi borligi bu esa maʼlum qonun-qoidalar asosida konistitutsiyamizda belgilab qoʻyilganligi haqida bilim va ko‘nikmalarini huquqiy tamonlama ham boyitib borish zarur. Shu bilan birga oʻquvchilarni tarbiyalash jarayonida ularga insonparvarlik, halollik, vatanparvarlik, mehmondoʻstlik, ezgulik, maʼrifatparvarlik va hokazo kabi juda ko‘plab go‘zal fazilatlarni ham singdirib borishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Oʻylaymanki ushbu tarbiyalarni va fazilatlarni oʻzida mujassam qilgan o‘quvchi shaxs bizning ertangi kunimiz davomchisi, yurtimizning iftixori bo‘lib voyaga yetadi. Vatanimiz istiqbolini bundanda yuqori choʻqqilarga olib chiqa oladi! Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishda ko’pincha interfaol metodlardan foydalanish kerak.O’quvchilarga qo’yiladigan talablardan biri bu— mustaqil fikrlashga o’rgatishdir.Buning uchun ular bilan turli xildagi qiziqarli o’yinlar o’ynash,topishmoqlar,maqollar va she’rlar yodlatish jismoniy va aqliy rivojlanishi,nutqiy bilimdonligini oshiradi.Hozirgi kinda eng samarali usullardan biri—inglizcha multifilmlarni ko’rishi.Bolalar multifilmda o’zga olarni tushunmasada,undagi qahramonlarning harakatlaridan nima deyotganini anglab oladi.Bunday usullar bolalarning inglizva rustillarini yuqori natijada o’rganishga yordam beradiMen bolalarni so'zni his qilishni, jumlalarni tuzishni, matnni tushunishni o'rgatmoqchiman. Men bu muammoni maktabdan tashqarida hal qila boshladim. Men ushbu masalani o‘rganishni va “Milliy maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining og‘zaki nutqini rivojlantirish lingvistik-metodik muammo sifatida” mavzusida amaliy material to‘plashni boshladim. Boshlang'ich maktab yoshida intellektning jadal rivojlanishi kuzatiladi. Qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyati juda yuqori.
Kichik maktab o'quvchilarining rus tilida kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kunda eng kam rivojlangan uslubiy muammo bo'lib qolmoqda. Ko'pgina sinflarda turli darajadagi tayyorgarlik darajasidagi bolalar bor, bu turli darajadagi murakkablikdagi vazifalarni talab qiladi. O'qituvchi har qanday o'quvchini individual qobiliyatiga qarab rivojlantirishi va har bir shaxsning ijodiy imkoniyatlarini aniqlashi kerak. Mashg'ulotlar davomida bola o'zini o'zi anglash, o'zini o'zi nazorat qilish va o'zini o'zi qadrlashning rivojlangan shakllarini rivojlantiradi. Darsda qiziqarli va tushunarli topshiriq va mashqlar, topshiriqlar, savollar, topishmoqlar, o'yinlar, boshqotirmalar, krossvordlar va boshqalar qo'llanilishi lozim.


Yüklə 53,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin