________________________________________________________________
"Экономика и социум" №10(89) 2021 www.iupr.ru
javobgarlik markazlari bo'yicha segmentar hisobot tuzish, ichki xo'jalik bo'linmalari
o'rtasidagi muomalalarda foydalaniladigan transfert baholarini shakllantirish;
— evolyutsion yo'l bilan rivojlanib boruvchi ichki xo'jalik hisobining sintetik tizimi,
bir nechta iqtisodiy fanlar majmuasida tug“ilgan kompleks fandir.
Korxonalarda boshqaruv hisobini samarali yuritishga dastlabki va yig'ma
hujjatlaming aylanish tezkorligi, qabul qilingan ichki hisobot shakllari, ulam i tuzish
davriyligi hamda taqdim qilish muddatlari, axborotlar tizimini
takomillashtirishga
mosligi ta’sir qiladi.Boshqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash
va kalkulatsiya, schetlar va ikkiyoqlama yozuv, balans
va hisobot kabi moliyaviy
hisob usullarining barcha elementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, unda
iqtisodiy
tahlil,
iqtisodiy-matematik
va
statistik
usullar
ham
keng
qo'llaniladi.Boshqaruv hisobi an’anaviy buxgalteriya hisobi,
operativ-texnik va
statistika hisobi hamda iqtisodiy tahlilning ko'pgina unsurlaridan foydalanadi.
Boshqaruv hisobining samarali tashkil etilishi va yuritilishi o'z vaqtida oqilona
boshqaniv qarorlari qabul qilish, korxona
faoliyatini rejalashtirish, tahlil va nazorat
qilish imkonini berib, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.Odatda, korxonalarda
boshqaruv hisobi quyidagi faoliyat turlari bo'yicha yuritiladi:
— ta’minot-tayyorlov faoliyati;
— ishlab chiqarish faoliyati;
— moliya-tijorat faoliyati;
— tashkiliy faoliyat.
Korxonalarda ta’minot-tayyorlov faoliyati takror ishlab chiqarish
jarayonini tashkil etish va uning uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu
sababli, mazkur sohada dastlabki boshqaruv axborotlari yig'iladi va qayta ishlanadi.
Boshqaruv hisobi axborotlarini shakllantirishda
ishlab chiqarish faoliyati
muhim o'rin tutadi. Unda ishlab chiqarish xarajatlari tarkibi, o'zgarishi, ularning
javobgarlik markazlari bo'yicha
hisobini tashkil qilish, shuningdek, xarajatlar hisobi
va tannarx kalkulatsiyasini yuritish, sarflangan xarajatlar bo'yicha chetlanishlami
hisobga olinadi.Moliya-tijorat faoliyatida esa korxona iqtisodiy bo'linmalari
(segmentlari) bo'yicha sotish, ma’muriy xarajatlar byudjeti
tuziladi va ulaming