Ahloqiylik - kishilar jismoniy va ruhiy tо‘laqonligining muhim subyektiv omili.
Jamoa faoliyatining natijasi faqat rahbarning axloqiy sifatlarigagina emas, balki ayrim shaxsning va umumiy jamoaning axloqiy sog‘lomligiga ham bog‘liq.
Shaxs axloqiy sog‘lomligiquyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi:
- axloqiy xis-tuyg‘ular, bular xayratlanish, g‘urur, shuhratparastlik va nafratlanish kabi subyektiv kechinmalarda ifoda topadi;
- xulqiy nuqtai nazar, shaxsning axloqiy tutgan yо‘li, uning did-farosati va yashashdan maqsadi yо‘nalishi bilan belgilanadi, vijdon va burch bularning asosi hisoblanadi;
- axloqiy odatlar;
- о‘zini tuta bilish xulqi (о‘zini о‘zi baholash, xatti-harakatini nazorat qilish va fidoyilik).
Yuqorida keltirilgan jihatlarni bilish rahbarga iqtisodiy va ijtimoiy qimmatga ega bо‘lgan shaxsiy tarkib axloqiy sog‘lomlik monitoringini о‘tkazishga imkon beradi.
Kishilar majmuini axloqiy sog‘lom jamoaga aylantirish rahbarning muhim boshqaruv maqsadi hisoblanadi. Bunda rahbar va bо‘ysunuvchilar bir-birlari bilan chiqishib ishlaydilar.
Jamoa axloqiy sog‘lomligining asosiy kо‘rsatkichi bо‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
- jamoa a’zolari axloqiy qadriyatlarining umuminsoniy qadriyatlarga mos kelishligi. Kishilar о‘z mehnat faoliyatining faqat iqtisodiy mohiyati va texnologik zaruratinigina tushunib qolmay, balki umuminsoniy hissiyotlar, kayfiyat va e’tiqodlar mezonlariga muvofiq ma’naviy ehtiyojlarni ham xis etmoqlari lozim.
- Zimmadagi vazifani bajarish uchun xodimlarning berilib ishlashligi. Rahbar bergan topshiriqni har bir xodim zimmasiga olishi va uni chuqur tushunishi muhimdir.
- Ongli mehnat intizomi xizmat vazifasini qat’iy taqsimlanishi va aniq bajarilishiga, har bir xodim jamoaning iqtisodiy manfaatini yaxshi anglashiga asoslanadi.
- Xizmat bо‘yicha munosabatning ma’naviy qoniqtiruvchanligi jamoa a’zolari о‘rtasidagi rasmiy va gayrirasmiy munosabatlarga asoslanadi.
Rahbar qanchalik axloqiy sog‘lom mehnat jamoasi tuzishga muvaffaq bо‘lsa, jamoaning faoliyati natijasi shunchalik yaxshi bо‘ladi. Shunday jamoa tuzish murakkab boshqaruv muammosi hisoblanadi, buni samarali hal etish uchun xodimlarni axloqiy tashxislashni о‘tkazish kerak. Tashxislash xizmat ahloqidagi «axloqiy chiqit»larni aniqlashga imkon beradi:
- zararli odatparga moyimik; xizmat mavqeidan qanoatlanmaslik; axloqiy irodasizlik va subutsizlik; ijtimoiy xasad va b. Aytilganlarni tahlil qilib, shuni ta’kidlash kerakki, xodimlarniig ma’naviy yuksakligi zamonaviy rahbar boshqaruv faaliyatining muhim sifat kо‘rsatkichi hisoblanadi. Bunga erishish uchun boshqaruv odobi - ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning barcha ishtirokchilari xulq-atvori tamoyillari va meyorlari yaratilgan. Jamoa faoliyatining natijasi rahbarning axloqiy sifatlarigagiia bog‘liq emas, balki har bir shaxs va umumjamoa axloqiy sog‘lomligiga ham bog‘liqdir. Kishilar majmuini axloqiy sog‘lom jamoaga aylantirish rahbarning muhim boshqaruv maqsadi hisoblanadi.
Adabiyotlar:
Peregudov L.V.Saidov. “Oliy ta’lim menejmenti va iqtisodiyoti”. T., 2005.