Boshqaruv kompetensiyalari. Reja: Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari



Yüklə 290,64 Kb.
səhifə13/16
tarix20.10.2023
ölçüsü290,64 Kb.
#158197
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Boshqaruv kompetensiyalari. Reja Kompetensiya va kompetentlik t

Professional – mutaxassisning mehnat faoliyati jarayonida o’ziga qo’yilgan vazifalarni yuqori darajada bajarishga erishgan holati.
Professional kompetensiya – faqat kasbiga taalluqli bo’lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo’lish yo’llari, malakalarning takomillashuvini ta’minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni bilishini ifodalovchi shaxs umumiy madaniyatining yo’nalganligi. P.b. – o’zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo’lga quyish uchun o’sha faoliyat borasida to’la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo’lishlikdir.
Professionalizasiya – bu mehnat kishisining (psixologik, fiziologik, xulq-atvor va ishga bog’liq) xarakter xususiyatlarini ish jarayonida shakllanishi demakdir.
Komanda liderining xulq-atvori.
Komanda lideri:
a) xodimlarga komandada ishlash imkoniyatlarini yaratib beradi;
b) har bir xodimni faol ishtirok etishga chaqiradi;
c) boshqa bo’limlar bilan hamkorlikni tashkil etadi;
d)komandaning har bir a’zosi bir-biri bilan adolatli muomalada bo’lishayotganini nazorat qilib boradi;
e)hamkorlikda ishlashni muvofiqlashtiruvchi xulq-atvorni tan oladi va uni rivojlantiradi.
2)O’zgarishlarni boshqarish– rahbardagi tashkilotning samarali ishlashini oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy o’zgarishlar va innovasiyalarni qo’llab-quvvatlay olish, tashkiliy o’zgarishlarni tatbiq qilish, homiylik qilish hamda ularning muvaffaqiyatli borishida boshqalarga yordam berish qobiliyati.
Menejer yoki liderning xulq-atvori.
Menejer yoki lider:
a) innovasion qarorlar ishlab chiqish ustida qo’l ostidagilar bilan birgalikda ishlaydi;
b)biznes, hamkorlik, siyosiy kurs yoki algoritmning yangi yo’nalishlarini yaratishga boshchilik qiladi;
c)butun korxona yoki tashkilotning biror bo’limi kelgusidagi faoliyat yo’nalishini tanlashga ta’sir ko’rsatish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanadi;
d)tashkiliy o’zgarishlar vaqtida xodimlarning, endi qanday yo’l to’tishlariga to’g’ri kelishini aniq va ravshan tushunishlariga yordam beradi;
e)tanaffuslar (muloqot, o’qitish, trening)ni boshqarish bilan bog’liq faoliyatning turli tuman bo’lishini qo’llab-quvvatlaydi va tatbiq etadi;
f)o’zgarishlarni ketma-ket tatbiq etishni rejalashtirish va boshqarish uchun aniq tuzilma va jarayonlarni o’rnatadi;
g)sezilarli o’zgarishlar bilan bog’liq xavotirlarni yengishda alohida xodim yoki guruhdan o’z yordamini ayamaydi;
h)komanda yoki guruhga ijodiy fikrlash va muammolarni yechish jarayonida yangicha uslub, tuzilma, tizim va yondashuvlarni tatbiq etishda yordamlashadi.

Yüklə 290,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin