3)Mehnat sifatini boshqarish– rahbardagi o’zi va qo’l ostidagilarning butun faoliyati mas’uliyatini o’z zimasiga ola bilish, aniq maqsadlar va istiqbollarni belgilash xususiyati.
Oddiy ishchining xulq-atvori. Oddiy ishchi: a)o’z menejeri bilan birgalikda konkret, haqqoniy, ammo murakkab maqsadlarni oldiga qo’yadi va unga erishish reja (grafigi)ni ishlab chiqadi;
b)menejeri bilan birgalikda undan nima kutilayotgani va bunga qanday erishish mumkinligini aniqlashtirib oladi;
c)ishni samarali bajarish uchun kerak bo’ladigan ta’lim, axborot va resurslar doir yangi ma’lumotlarga ega bo’lishda o’z menejerining yordamiga tayanadi;
d)ishni samarali bajarish uchun kerak bo’ladigan ta’lim, axborot va resurslar kabi ma’lumotlar bilan menejerini o’z vaqtida ta’minlab boradi;
e)ish jarayonida birga ishlaydigan hamkasblaridan ham, menejeridan ham bir xildagi munosabatni ko’tadi;
f)aniq maqsadlar va ularga erishish muddatlarini o’z ichiga olgan kasbiy o’sish (karyerogramma)ning shaxsiy rejasini tuzib chiqadi;
g)ayni paytdagi yoki kelajakdagi ishning samarali bajarilishi uchun zaruriy kasbiy sifat (ZKS)lar darajasini sezilarli oshirishni yo’lga qo’yadi.
Menejerning xulq-atvori. Menejer: a)ishchilarning aniq maqsad va mas’uliyatga ega ekanliklarini tekshirib turadi;
b)qo’l ostidagilar bilan birgalikda mehnat sifatining konkret o’lchamlarini kelishib oladi va o’rnatadi;
c)ishchilarning maqsadga erishishga harakat qilishlarini qo’llab-quvvatlaydi;
d)chizmaiy va nochizmaiy usullar yordamida o’z ishchilari faoliyatidagi o’zgarishlar haqida doimiy xabardor bo’lib turadi;
e)ishning ma’lum bosqichi tugashi bilan, uning bajarilishi bo’yicha ijobiy yoki tuzatuvchi fikrlar kiritadi;
f)mehnat sifati bilan bog’liq muammolar yuzaga kelgan sharoitlarda tez va aniq qarorlar qabul qiladi hamda xodimlarga ulardan qachon va qanday natija kutilayotganini xabar beradi.