Boshqaruv texnologiyalari reja: Majlislar o’tkazish texnologiyasi Vaqtni boshqarish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195316
1   2   3   4   5   6   7
15-mavzu

Vaqtni boshqarish 
Ish jarayonida aksariyat holdagi muvaffaqiyatlar biron ishni to’g’ri bajarish 
evaziga emas, balki shu ishni o’z vaqtida bajarish oqibatida erishiladi. SHuning 
uchun vaqtdan ratsional foydalanish – kasbiy va ish sohalaridagi muvaffaqiyatning 
asosiy omilidir. 
Albatta, vaqt kaytarib bulmas boylik va uni uzaytirib ham bo’lmaydi. 


SHuning uchun inson ixtiyoridagi yagona imkoniyat vaqtdan to’g’ri va unumli 
foydalanishdir. Zamonaviy rahbar uchun eng muammoli masalalardan biri vaqtni 
yetkaza olishdir. «qani endi sutkada 24 emasu, 34 soat bo’lsa» degan rahbarlar 
kam emas. Vaqtdan unumli foydalanish yo’lida bir nechta tashkiliy uslublar bo’lib, 
ularga rioya qilish vaqtimizni tejashga va ma’lum vaqt oralig’ida oldingiga 
nisbatan ko’proq ish bajarishga erishish imkonini beradi. Bundan tashqari, kator 
psixologik omillar xam borki, ularni hisobga olish va balki ular ustida ishlash 
vaqtdan unumli foydalanish uchun asos yaratadi.
SHunday qilib, vaqtdan unumli foydalanish masalasini muhokama etishda 
ikki asosiy jihatni – tashkiliy va psixologik tomonlarni tahlil etish mumkin.
Tashkiliy tomonlar deganda bajarilayotgan ishni rejalashtirish, saralash, 
hisobga olish kabi tadbirlar nazarda tutiladi. Ish kunini unumli tashkil etishdagi 
birinchi qadam mavjud vaqtni yetarli emasligi sabablarini aniqlashdan iboratdir. 
Buning uchun bir qog’oz olib unga ustun tarzida vaqtingiz tanqisligi sabablarini 
yozib chiqing. Bu sabablar nimaning oqibati ekanligini tahlil eting. Bu sabablarni 
keltirib chiqaruvchi muammolarni hal etish yo’llarini izlang.
Vaqtni to’g’ri taqsimlashdagi eng asosiy masalalardan biri kundalik 
vazifalarni to’g’ri taqsimlashdir. Rahbar o’z ixtiyoridagi vazifalarni turli belgilar 
va usullarga ko’ra taqsimlashi mumkin. Bular ichida eng samaralisi, bajarilishi 
lozim bo’lgan vazifaning ahamiyat va tezkorlik mezonlari bo’yicha taqsimlashdir. 
Mazkur uslubga binoan tashkilot rahbari ixtiyorida bo’lgan vazifalar quyidagi 4 
katakka joylashtiriladi.
Jadval 5.3.1. Vaqtga va bajarilayotgan ishga nisbatan vazifalar tasnifi 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin