Boshqaruv texnologiyalari reja: Majlislar o’tkazish texnologiyasi Vaqtni boshqarish


Ahamiyatli va tezda bajarilishi lozim



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195316
1   2   3   4   5   6   7
15-mavzu

Ahamiyatli va tezda bajarilishi lozim 
bo’lgan vazifalar
Ahamiyatli va tezda bajarilishi shart 
bo’lmagan vazifalar
Kundalik ishlab chiqarishda yuzaga 
keladigan muammolar bo’lib, ular tezda 
hal etilishi lozim. Bu masalalar tezda hal 
etilmasa 
ishlab 
chiqarish 
jarayoni 
to’xtab qoladi.
Tashkilotning 
istiqboldagi 
rejalarini 
belgilash. 
Strategik 
rejalashtirish. 
Tashkilotning 5-10 va hatto 15 yildan 
keyingi holati va bunga hozirgi kunda 
qanday qilib tayyorlanish kerak. Yangi, 
xaridortalab mahsulotlar yaratish ustida 
bosh qotirish 
Ahamiyatsiz, 
lekin 
darhol 
hal 
etiladigan vazifalar
Ahamiyatsiz va bajarilishi lozim 
bo’lmagan vazifalar
Xat jo’natish, telefonga javob berish, 
faks qabul qilib olish va x.k. 
Gaplashib o’tirish, chekish, ish paytida 
turli o’yinlarga vaqt ajratish 


Tashkilot miqyosida amalga oshiriladigan vazifalarning hammasini shu to’rt 
katakka joylashtirish mumkin. Endi, ushbu katakda ko’rsatilgan ta’riflarni diqqat 
bilan o’qib chiqing va rahbar sifatida qaysi katakdagi ishlar bilan ko’proq 
shug’ullanishingizni ayting. Boshqaruv sohasidagi yetakchi mutaxassislar fikricha 
ushbu kataklardagi vazifalar taqsimoti rahbar lavozimiga qarab quyidagicha 
ko’rinishga ega bo’lishi mumkin: Birinchi katak korxona menejeri lavozimida 
ishlovchi xodim mas’uliyatidan kelib chiqib bajariladigan vazifalar. Albatta, 
boshqaruv tajribamizga endigina kirib kelayotgan menejer so’zi bizda mavjud 
bo’lim 
boshliqlari, 
uchastka 
boshliqlari 
kabi 
lavozimlarda 
ishlovchi 
mutaxassisliklarga mos keladi. SHu jihatdan olganda, menejer ishlab chiqarish 
jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi xodimdir.
Ikkinchi katak tashkilot rahbari zimmasiga yuklatiladigan vazifalar 
majmuidir. Rahbar o’zining asosiy e’tiborini strategik rejalar qurishga, istiqbolda 
tashkilotni kutayotgan maqsadlarni tanlash ustida bosh qotirishi lozim. To’g’ri, 
hozirgi zamon o’tish davriga xos iqtisodiyotimiz o’zining ko’p jihatlari bilan 
rahbar mas’uliyati doirasidagi ushbu ta’riflarga mos kelmasligi mumkin. Lekin, 
rahbar iloji boricha kundalik tezkor vazifalarni o’zidan ozod etishi va iloji boricha 
ertangi kun haqida qayg’urishi uning lavozimiga qo’yiluvchi talabdir.
Yuqorida keltirilgan vazifalar taqsimotiga binoan uchinchi katakka xos 
bo’lgan vazifalar doimo rahbar yordamchisi va kotiba orqali bajarilishi lozim. 
Rahbar bu kabi ishlarga vaqt sarflashi mutlaqo o’rinsiz. Va nihoyat, to’rtinchi 
katak nafaqat rahbar, balki tashkilot xodimlarining qanchalik ish bilan bandligi, 
vaqtini behuda sarflayotgani ko’rsatkichi bo’lishi mumkin. Demak, har bir rahbar 
o’z vaqtidan unumli foydalanishi uchun o’z vakolati va zimmasidagi mas’uliyatdan 
kelib chiqqan holda vazifalarni saralab olishi, o’z mavqei uchun ahamiyatli va 
ahamiyatsiz ishlarni bir-biridan ajratib olishi lozim.
Keyingi tashkiliy imkoniyatlardan yana biri – bajarilishi lozim bo’lgan 
vazifani iloji boricha yordamchilar zimmasiga o’tkazishdir. Rahbar bajarayotgan 
ishning doimo shunday qismi mavjudki, uni bevosita rahbarning o’zi bajarishi 
shart emas. Mavjud ishni tarkibiy qismlarga bo’lish va ularni bajarish vakolatini 
xodimlarga o’tkazish rahbar vaqtini tejashdagi asosiy uslullardan biri. Xatto rahbar 
ba’zida o’ziga «SHu ishni bajarishim shartmi, bajarmasam nima bo’ladi?» degan 
savolni berib turishi ham ikkinchi darajali ishlarni asosiylaridan ajratib olish 
imkonini beradi.
Boshqaruv funktsiyalarini taqsimlay olmaslik, rahbarning o’z vakolatlari 
ma’lum qismini qo’l ostidagilarga topshira olmaslik xodimlarga ishonmaslik 
belgisidir va bunday holat jamoada salbiy muhit shakllanishiga olib keladi. 
CHet el biznes boshqaruviga oid adabiyotlarda ko’rsatilishicha istiqboldagi 
maqsadlarga yo’nalganlik tashkilotning turli bo’g’in rahbarlarida quyidagicha 


taqsimlanishi lozim ekan: masalan, korporatsiya boshqaruvi raisi 20 yil oldinga 
qarab tashkilot ishini rejalashtirsa, boshqaruv a’zolari 12-15 yillik istiqbolni ko’ra 
olishlari kerak va biron soha yo’nalishidagi rahbar, ya’ni menejerlar esa 7 yillik 
istiqbolni prognoz qilishlari lozim. 
Sotsiologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra menejerning ish vaqti taqsimoti quyidagi 
tartibga to’g’ri kelar ekan: 

Ishdagi odatiy va kunda qaytarilib turadigan muammolarni yechishga 80% vaqt 
ketadi va bu sarfalangan vaqt 20% muvaffaqiyatni keltiradi. 

Muhim va strategik muammolarni hal etishga 20% vaqt ketadi, lekin bu mehnat 
evaziga korxonaning 80% muvaffaqiyatiga erishiladi. 
SHunday ta’rifdan kelib chiqqan holda tashkilot turli bo’g’inlari rahbarlariga 
xos bo’lgan vaqt ajratish shaklini quyidagicha tasvirlash mumkin: 
Yuqori bo’g’in rahbari 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin