Boshqaruvning umumdavlat organlari



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə10/13
tarix02.06.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#122680
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
davlat organ

Xolding kompaniyasi - bu eng avvalo moliyaviy jamg’arma bo’lib korxonalarni emas, balki sarmoyalarni birlashtiradi. Xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvchi aktsionerlar jamiyatlari “aktsiyalarining nazorat paketi” kompaniyaning ixtiyorida bo’ladi. Bundan maqsad aktsionerlik jamiyatlari faoliyatlari ustidan nazorat o’rnatish va dividendlar ko’rinishida foyda olishdir.
1996 yil boshida Respublikamizda “O’zqishloqmashxolding” ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati - Xolding kompaniyasi tashkil etildi.
Bu kompaniyani tuzishdan maqsad qishloq xo’jaligi mashinasozligida maqsadli markazlashgan boshqaruv tizimini yaratish va shu asosida O’zbekistonning ish sohada tutgan o’rnini qo’ldan bermaslik, dehqonlarni zarur texnika bilan to’la ta’minlash uchun tarmoqni yuksaltiri va bunday texnikani xorijdan mmkin qadar kamroq keltirishga erishishdir. Shu bilan birga respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jalik texnikasining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirib, uni eksport qilishga erishishdir.
Bugungi kunda Respublikamizda:

    • “O’zbekiston temir yo’llari” davlat aktsionerlik temir yo’l kompaniyasi (14.11.1994);

    • “Kumush tola” aktsionerlik kompaniyasi (3.02.1995)

    • “Xonatlas” aktsionerlik kompaniyasi (03.02.1995)kabilar faoliyat ko’rsatishmoqda (10-12 ilovalarga qarang).

Milliy kompaniya - bu noishlab chiqarish tarmoqlari, ijodiy jamoalar, tarnsport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aktsionerlik asosida ko’ngilli birlashmasidir.
O’zbekistondagi milliy kompaniyalar jumlasiga:

    • “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi;

    • “O’zbekiston havo yo’llari” O’zbekiston milliy aviokompaniyasi;

    • “O’zbekkino” davlat-aktsionerlik milliy kompaniyalari va boshqalar kiradi. Korxona - bu har qanday iqtisodiy tizimda asosiy va birlamchi bo’g’in bo’lib hisoblanadi. Korxona to’g’risidagi qonunda korxona yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan xo’jalik sub’ekti bo’lib, o’ziga tegishli yoki to’liq xo’jalik hisobidagi mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradi, sotadi yoki almashadi, ishlar bajaradi, xizmatlar ko’rsatadi, deb ta’kidlangan.

Ular o’z faoliyatlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda o’zaro raqobat va mulkchilikning barcha shakllari va ularning teng huquqligi sharoitlarida amalga oshiradi.
Har bir ayrim korxona yuqori boshqaruv organlari tomonidangina emas, balki yana korxonaning o’zidagi boshqaruvchi kichik tizim tomonidan ham boshqariladi. Korxonalar yakkahokimlik tamoyili asosida va ayni zamonda ularning operativ- xo’jalik jihatdan mustaqil ish ko’rishi va tashabbus ko’rsatishi asosida boshqariladi. Shu sababli:
Korxona boshqaruv tizimida shunchalik ijrochi sifatidagina emas, balki boshqaruvchi tizimning ishtirokchisi sifatida maydonga chiqadi.
Korxona - davlat vakili hisoblangan direktor (boshliq, boshqaruvchi) rahbarlik qiladi (13-ilova)
Firma - bu korxonadan farqli o’laroq ishlab chiqarish va noishlab chchiqarish sohalarida turli-tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Bunday nomni sanoat korxonasi davolash muassasi uchun ham, qurilish tresti va vositachilik tashkiloti uchun ham, savdo va konsullik faoliyati uchun ham, xodimlar tayyorlash va malakasini oshirish, sayyohlik va boshqa tashkilotlar uchun ham nisbatan ishlatish mumkin.
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida butunlay yangi tipdagi firmalar vujudga kelmoqda.

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin