Botanika fani va uning vazifalari. O’simliklar dunyosi va uning tasnifi



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə9/10
tarix16.06.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#131274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
XUSNIDDIN RAXMONQULOV 1

1. Solishtirma morfologiY. Bu usul o’simliklarning xilmaxil vegetativ va generativ organlarining morfologik xususiyatlarini taqqoslab, har tomonlama o’rganish bilan ular o’rtasidagi o’xshashlik hamda yaqinlik munosabatlarini aniqlaydi.
Uzok. vaqtgacha morfologiyada yuksak o’simliklarning tanasi uchta asosiy a’zoga — ildiz, poya va bargga ajratib o’rganilgan. Ammo, solishtirmamorfologik usul asosida olib borilgan tekshirishlar o’simliklarning vegetativ organlarini faqat ikki a’zoga — novda va iddizga ajratishni isbotladi. Novdani asosiy vegetativ organ deb ta’riflanishining sababi shundaki, uning elementlari (poya va barg) o’simliklarning ontogenezida faqat bitta meristemadan taraqqiy etib novdaga aylanadi. Poya va barg ikkilamchi bo’lib, faqat novdadan rivojlanadi.
2. Anatomik va fiziologik usul. Bu o’simlik organla­rining ichki tuzilishiga asoslangan aniq usullardandir. Shu usul asosida o’simliklarning hujayraviy tuzilishi, organlarning to’qimalardan tashkil topishi o’rganiladi. Mashxur olim V. G. Aleksandrov va uning shogirdlari madaniy o’simliklarning maxsus anatomiyasi ustida katta ilmiy ish olib bordi. Fiziologik usul bilan o’sim­lik organlarining fiziologik faoliyati aniqlanadi. Masalan, fotosintez (o’simlikning karbonsuv o’zlashtirishi), suvni bug’lantirishi (transpiratsiya hodisasi), ularning nafas olishi, o’simliklarning (mineral hamda azotli) oziqlanishi va boshqalar.
3. Ekologik morfologiya usuli. Bu usul yordamida o’sim­liklarning organlarida ro’y beradigan o’zgarishlar aniqlanadi. Masalan, o’simliklarning o’sishi tuproqning namlik darajasiga qarab kserofitlar, mezofitlar, gigrofitlar va gidrofitlarga bo’linadi.
4. Ontogenetik usul. Bu usul yordamida o’simlik organ­larining (organogenezi) rivojlanishi va shakllanishi, ularning o’ziga xos taraqqiyoti (ontogenezi), to’qimalar (gistogenezi) o’rganiladi. Shuningdek S. G. Navashin to­monidan gulli o’simliklardagi qo’shaloq urug’lanish hodisasi ham ana shu usulda o’rganilgan.
5. Teratologiya usuli. Bu usul bilan o’simliklarning kamchilik va nuqsonlari o’rganiladi hamda ayrim organ­larning kelib chiqishi aniqlanadi. A. B. Beketov, A. A. Fedorov va boshqalar gul morfologiyasini o’rganishda bu usuldan foydalanganlar.

Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin