Botanika fani va uning vazifalari. O’simliklar dunyosi va uning tasnifi



Yüklə 74,5 Kb.
səhifə7/10
tarix16.06.2023
ölçüsü74,5 Kb.
#131274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
XUSNIDDIN RAXMONQULOV 1

Fitotsenologiya (yunoncha fiton — o’simlik, kaynos — umumiy), fitotsenologiyaning sinonimi geobota­nika (yunoncha g ye o — yer, botanike — o’simlik), ya’ni yer yuzidagi o’simliklar uyushmasi (jamoasi) tug’risidagi ta’­limot. Bu ta’limot 1918 yilda Goms tomonidan taklif qilingan. U botanika va geografiya fanining ajralmas qismi bo’lib, o’simliklarning yer yuzida tarqalishi va rivojlanish konuniyatlarini o’rganadi.
Fitotsenoz va uni tashkil etgan tur hamda individlarning tuzilishi, tarkibi va rivojlanishini tuproq, iqlim sharoitlari va boshqa omillarga bog’lab tekshiradi. Fitotsenoz o’zining ma’lum bir tuzilishiga ega. Ular o’rmon, o’tloqzorlar, botqoq va boshqalarni tashkil etadi. Uchinchi Xalqaro botanika kongressidan keyin fitotsenozning elementar taksonomik birligi sifatida assotsiatsiya (lotincha assotsiato—qavm) kabul qilindi. Yashash sharoiti, taraqqiyot davri bir xil bo’lgan o’simlik turlari bir assotsiatsiyaga kiritiladi. O’zbekiston cho’llarida shuvoqlar, isiriqlar va sapsarlar kabi assotsiatsiyalar uchraydi. Mavjud o’simliklar guruhini biror assotsiatsi­yaga birlashtirish, shu o’simliklardan tug’ri foydalanish, ularni tug’ri kartalashtirish va ular uchun mos bo’lgan maydonlarni to’g’ri rejalashtirish kabi masalalarni hal etishda katta amaliy ahamiyatga ega. Assotsiatsiyalarni ilmiy jihatdan o’rganish o’simliklardan tug’ri va ratsional foydalanishga yordam beradi.
Fitotsenologiya floristika bilan yaqindan aloqada bo’lib, uning asosiy maqsadi biror geografik sharoitdagi o’simlik turlari majmuini tuzishdan iborat. Flo­ra— (lotincha flora — gul) ya’ni tur va undan katta bo’lgan taksonomik birliklar to’g’risidagi ma’lumot. Flo­ristika ma’lumotlari fitotsenologiyada va sistematikada keng qo’llaniladi.
O’simliklar geografiyasi Yer yuzidagi o’simliklar (tur, turkum, oila) hamda o’simliklar uyushmalarining yer yuzi bo’ylab tarqalishi va taqsimlanishi qonuniyatlarini o’rga­nadi.
O’simliklar ekologiyasi (yunoncha o i k o s — uy) ularning o’zaro va tashqi muhit bilan bog’lik, bo’lgan munosabatini o’rganadi. Ma’lumki, o’simliklar hayoti tashqi muhit bi­lan uzviy bog’liq. Har bir o’simlik uzoq davom etgan evo­lyusiya jarayonida ma’lum bir muhitda o’sishga moslashgan bo’lib, u o’z navbatida, o’sha muhitga bevosita ta’sir etadi.
Fan va texnika taraqqiy etayotgan hozirgi zamonda botanikaning yana bir tarmog’i — iqtisodiy botanika rivojlandi. Bu fan oziqovqat, to’qimachilik, sellyuloza, yog’och ishlash, doridarmon sohasidagi ko’pgina masalalarni hal etadi. Yovvoyi o’simliklarning foydali xossalarini va ularni madaniylashtirish imkoniyatlarini o’rganadi.

Yüklə 74,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin