Hujayraning bo`linishi. Mitoz. Mitoz bu hujayraning shunday bo`linishiki, bunda xromosomalarning soni ikki baravar ko`payadi va har bir qiz hujayrasida xromosomalarning soni ona hujayra xromosomalaridagiga teng bo`ladi.
Mitozning birinchi fazasi profaza deyiladi. Bu bosqichda hujayraning qayta qurilishi ro`y beradi. Bunda bir qancha tuzilmalar yemiriladi va bo`linish fazasi bilan bog`liq bir qancha yangi tuzilmalar vujudga keladi.
Sitoplazmadagi organoidlar yadrodan surilib sitoplazmaning atrofiga to`plana boshlaydi. Yadroning hajmi kattalashadi. Xromatinlar xromosomalarning ma’lum bir qismiga (kinetoxorlarga) aylanadi. Ushbu tuzilmaning har biri ikkitadan qiz xromatidlarni tutadi. Yadrocha sekin asta dissotsiyalanadi. Yadro qobig`i erib ketadi va duk tuzilishi hosil bo`ladi.
O`simlik hujayrasida hayvon hujayrasidan farqli o`laroq sentriollar (dukni tashkillovchi) yo`q. Sentriollarning vazifasini hujayra turli tomonlarida yig`iluvchi ER membranalari bajaradi. Duk (vereten) tuzilma elementlari ham u bilan bog`liqdir. Shuningdek duk tuzilmalarining tashkil topishida sitoplazmada avvaldan mavjud bo`lgan va yangidan sintezlanuvchi mikronaychalar (MH) ham foydalanilishi mumkin.
Mitozning keyingi davrj prometafazada (metakinez) xromosomalarning harakatlanishi boshlanadi. Metakinez davrida xromosomalar avvalo hujayraning qutblariga qarab harakatlanadi, so`ngra esa veretenning o`rtasiga qarab suriladi. Mana shu harakatlanish davomida xromosomalardagi qiz xromatinlar chigaldan yoziladi ammo kinetoxor bilan bog`liqligicha qoladi.
Xromosomalar mana shu siljish davri mobaynida vereten yon tomoniga yig`iladi va metafaza plastinkasini (metafaza) hosil bo`ladi. Bunda ular vereten yonida siljishni davom ettiradi.
Metafaza davomida kichik tezlikda bo`lsa ham RNK va oqsillarning sintezi ro`y beradi.
Fragmoplastning hosil bo`lishi uchun kaltsiy elementi ham zarurdir. Vezikulalar bir-biri bilan qo`shilib qiz hujayralar plazmalemmasining ikkita membranasini hosil qiladi. Ushbu membranalar tarkibida pektin moddalari bolgan yarim suyuq modda bilan bir-biridan ajralgan holda bo`ladi.
Vezikulalarning bir-biri bilan aloqasi veretenning mikronaychalari orqali bo`ladi.
Fragmoplastning markazdan yon tomonga o`sishi unga yangi-yangi pufakchalarning qo`shilishi tufayli bo`ladi. Ammo qiz hujayralarning sitoplazmasi plazmodesmalar orqali bog`langanicha qoladi. Plazmodesimalar, hujayra plastinkasining ER elementlari bilan vereten iplari bilan mikronaychalar to`plangan joyida hosil bo`ladi. Qiz hujayralar sitoplazmasi tomonidan hujayraning birlamchi devorining shakllanishi boshlanadi va fragmoplast tarkibida kaltsiy elementini saqlagan hujayra devorining o`rta plastinkasiga aylanadi.
Hujayraning birlamchi tashkil topgan sellyulozaning mikrofibrillari g`ovaksimon bo`ladi. Birlamchi hujayra devori tarkibidagi sellyulozaning miqdori 2,5% atrofida bo`ladi.
Hujayraning shakllanayotgan birlamchi devoriga uning qurilish materiallari bo`lgan gemitsellyuloza, pektin moddalar va glikoproteinning tashiluvi GA vezikulalari ishtirokida bo`ladi. Chunki, ushbu moddalarning membranali bog`lanishi, kontsentrlanishi va polimerlanishi mana shu GA diktiosomalarida ro`y beradi. Donador ER organoidida sintezlangan ekstensin polipeptidi ham GA diktiosomalarida glikollanadi. Sellyulozaning sintezi uchun zarur bo`lgan fermentlar komponenti plazmalemmaning tashqi tomonida joylashgan bo`ladi. Ehtimol, hujayra devori polimerlarining yig`ilishida va ularning modifikatsiyalanishida qatnashuvchi fermentlar ham ER yoki GA vezikulalari yordamida hujayra devoriga yetkazib berilishi mumkin. Ushbu komponentlarning barchasi hujayra devoriga sekretsiya jarayoni tufayli tushadi.
Sellyulozaning sintezi uchun zarur bo`lgan UDF- va GDF-glyukozalar hujayraning eruvchan fazasidan plazmalemma orqali tashiladi. Sintetaza fermenti faoliyati tufayli sintezlanadigan sellyuloza molekulalarining hujayra devoriga terilib borishi tufayli hujayra devori ichkaridan qalinlashib boradi.
Dostları ilə paylaş: |