Botirova oydina erkinovnaning kurs ishi


Ishning tarkibiy tuzilishi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə3/12
tarix19.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#117570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kur ishi 222. jurayev

Ishning tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kompyuterda terilgan 30 ta sahifadan iborat bo`lib, ish kirish , 2 ta bob , xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


5
I-BOB.O`ZBEKISTON FLORASIDAGI NOYOB VA ENDEMIK TURLAR HAQIDA MA`LUMOTLAR.
1.1 O`zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” va bazi oilalar biologiyasi
Ma`lumki , O`zbekiston Respublikasi – Qizil kitobiga o`simliklarni juda ko`p oilalari kiritilgan. Mazkur kurs ishida qizil kitobga kiritilgan oilalardan ba`zilari (bug`doydoshlar, ituzumdoshlar, sho`rodoshlar, karamdoshlar) tanlab olinadi va ularning biologik xususiyatlari taxlil qlinadi taxlil qlinadi.
Oʻsimlik dunyosi tabiat obyektlari ichida eng bebaho boyliklardan biri boʻlib, u tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, inson yashash sharoitini yasxshilash, yer va suv resurslarini muhofaza qilish, atmosfera havosining musaffoligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston ham oʻziga xos floraga ega boʻlib, unda 4000 ga yaqin turli oʻsimlik turlari, jumladan, Buxoro viloyati va Oloy togʻlaridagi koʻp asrlik pista daraxtlari mavjud.
Qizil kitob — yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati. Qizil kitobda oʻsimlik va hayvon turlari sonining kamayishi, areallarining qisqarib borishi sabablari yoritiladi; ularni saqlab qolish uchun tavsiyalar berib boriladi. 1948 yilda tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro Ittifoqi tuzildi. Bu tashkilot flora va faunani muhofaza qilishga qaratilgan hamma ishlarni birlashtiradi. Mazkur xalqaro uyushma 1973 yilda «qora ro`yxat»ni chop etdi, unda batamom yo`qolib ketgan hayvonot turlari ro`yxati keltirilgan.
Jahon «Qizil kitobi» 1979 yilgacha chop etildi, shuningdek sobiq SSSR da ham «Qizil kitob» 1979 yilda chop etildi. «Qizil kitob» xavf xatar belgisi. Bu kitobga kam va yo`qolib ketayotgan o`simlik va hayvonlarning turlari to`g`risida ma'lumotlar berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobi — Oʻzbekistonda yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan va noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosi turlari roʻyxatini oʻz ichiga olgan nashr. U Oʻzbekiston bioxilma-xilligini saqlash boʻyicha ish olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar va boshqa mutaxassislar uchun maʼlumotnoma
6
boʻlib xizmat qiladi u Oʻzbekiston bioxilma-xilligini saqlash boʻyicha ish olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar va boshqa mutaxassislar uchun maʼlumotnoma boʻlib xizmat qiladi. Mutlaqo- O‘zbekiston Qizil kitobi yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan, yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yoki himoyasiz bo‘lgan o‘simlik va hayvonlar turlarini belgilab beruvchi huquqiy hujjat bo‘lib, O‘zbekistonda turli qonun va qoidalar bilan himoyalangan.

Oʻzbekistonning noyob va kamayib borayotgan oʻsimlik va hayvonlari toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar 1974-yil taʼsis etilgan Qizil kitobda oʻz aksini topgan. Oʻzbekiston Qizil kitobi 1978 da taʼsis etildi. Birinchi marta Oʻzbekiston Qizil kitobining faunaga bagʻishlangan qismi 1983-yil nashrdan chiqdi. Unga umurtqali hayvonlar (baliqlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sut emizuvchilar) ning 63 turi kiritilgan edi. Oʻsimliklar olamining kamyob, yoʻqolib ketish xavfida boʻlgan 163 turi haqida ilk bor mukammal maʼlumotlar 1984-yil bosmadan chiqqan Qizil kitobda keltirilgan.



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin