Tarqalishi: Yurtimizda Farg`ona vodiysi: Namangan va Farg`ona viloyatlari Qurama va Oloy tizmalarining adirlarida tarqalgan.
O`sish sharoiti: Tosh-shag`al tuproqli yonbag`irlarda, ba`zan oila jinslarida va tog`larning quyi qismida o`sadi.
Ko`payishi. Urug`idan ko`payadi [ O`.P.PRATOV.,35,156-159,249]
Sho`rak (solsola)- (4-rasm) Antoxlamis ( Anthochlamys )-shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik o`t.(5- rasm).Antoxlamis bir yillik, sershox o`t o`simlik, bo`yi 30-90 sm, pastki qismi qisqa, jigarrang tukli. Gullari ikki jinsli, ro`vaksimon to`pgulda o`rnashgan. Changchisi 5 ta. Gulqo`rg`oni pardasimon.Barglari oddiy, yassi, pastkilari nashtarsimon , yuqorisidagilari qalami, uchi o`tkir. Guloldi bargi nashtarsimon, uchi o`tkir, gulqo`rg`onidan uzun, mevasidan kichik. Mevasining eni 3 mm, uchi chuqurchali. Avgust va sentyabr oylarida gullab mevalaydi
Tarqalishi:Farg`ona va Namangan viloyatlari: G`arbiy Tyan-shan( Farg`ona vodiysining shimoliy-g`arbiy qisimlari)da tarqalgan
14 O`sish sharoiti: Tog`larning pastki qismlaridagi chag`irtoshli, tuproqlarda o`sadi.
Ko`payishi: Urug`idan ko`payadi. [ O`.P.PRATOV.,35,156-159,]
Antoxlamis ( Anthochlamys ) 5-rasm Donasho`r (Gamanthus)- shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik o`t.(6-rasm). Donasho`r bir yillik o`t o`simlik bo`yi 5-50 sm, asosidan shoxlangan, qisqa, oddiy , ingichka, jingalak tukli, keyinroq pastki qismi tuksizlanadi. Barglari qarama qarshi o`rnashgan, qalami, yo`g`onroq, uchida uzun, bo`g`imli, erta tushib ketadigan bir bog`lam tukli, uzunligi 15-20 sm, eni 2-2,5 mm. Guloldi barglari qarama-qarshi o`rnashgan, qo`shilmagan, gulyonbargchalaridan uzun. Gulyonbargchalari guqo`rg`onidan bo`laklari nashtarsimon, uzunlligi 4-6 mm, sirti tukli. Changdoni qalami, uzunligi 2,5-3 mm. Iyun-Iyulda gullab, mevasi yetiladi.