Botirova oydina erkinovnaning kurs ishi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə10/12
tarix19.05.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#117570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kur ishi 222. jurayev

Qisqacha tavsifi: Bo`yi 50 sm ga yetadigan, ko`p yillik o`t. Poyalari ko`p, tik, yoyiq siyrak, oddiy va bezchali tuklar bilan qoplangan. Barglari uzun bandli, keng tuxumsimon, yaprog`ining uzunligi 5-10 sm , eni 4-8 sm, ustki tomoni deyarli tuksiz, pastki tomoni tomirlari bo`ylab siyrak tuklar bilan qoplangan. Gullari qisqa (0,5 sm), mevasining yetilishiga qarab uzayb boradigan, bezchasimon tukli bandlarda o`rnashgan. To`pguli yoyiq, yuqori qismi kallaksimon. Kosachasi bezchasimon tukli, uzunligi 0,5sm. Gultoji qo`ng`irsimon, uzunligi 10-15 mm, xira pushti rangli. Mevasi ko`sakcha, uzunligi 10-12 mm. May oxirida gullab, mevasi iyunda yetiladi.
17
Tarqalishi: Farg`ona viloyati: Oloy tizmasida, Shoximardon va So`x daryolarining xavzalarida uchraydi. Qirg`iziston, Tojikiston ( Turkiston tizmasi: Vorux, Xo`jabakirgan qishloqlari atroflari) da xam tarqalgan.
O`sish sharoiti. Dengiz satxidan 1800-2000 m balandlikda qoyalarning soyalari, butazorlarning taglari, archazorlar va ochiq yerlarda o`sadi.


AYIQTOVONDOSHLAR OILASI - ( RANUNCULACEAE)

3-rasm. Knorring isfaragi – Delphinium knorringianum




Kamyoplik darajasi: Oloy tizmasidagi kichik maydonda tarqalgan kamyob endemik o`simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo`yi 35-45 sm ga yetadigan o`q ildizli, ko`p yillik o`t. Barglari, asosan, poyasining pastki qismida joylashgan. Bargbandi uzun, pastki qismi biroz kengaygan, yaprog`i yumaloq – buyraksimon, 5 ta panjasimon bo`lakka ajralgan , bo`laklari teskari tuxumsimon, ular xam, o`z navbatida, biroz qirilgan. Poyasi yumshoq, 5-7 gulli. Gulkosasi och binafsha rangli, keng ellips-tuxumsimon, pixlari ingichka, uzunligi 2,5 sm, uchi ikkiga ajralgan. Iyun oyida gullab, iyul oyida meva tugadi.
Tarqalishi: Farg`ona viloyati : Shoximardon daryosi xavzasi, shuningdek, Qirg`izistonda xam uchraydi ( O`sh viloyati)
18
O`sish sharoiti: Tog`larning pastki va o`rta qismidagi yonbag`irlarda va qoyalarda o`sadi



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin