Buzoqbosh ( halimocnemis) - shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik o`simlik. (2-rasm) Bo`yi 25 sm ga yetadigan , asosidan shoxlanuvch, tarvakaylagan, qisqa tuklar bilan qoplangan, bir yillik etdor o`t. Barglari ingichka- qalami , uzunligi 20-40 mm, pastki tomoni qavariq, ustki tomoni yassi. Gulqo`rg`oni bargchalari yupqa, uzunligi 6-7 mm, o`tkir uchli. Mevasi konussimon, asosi yassi, uzun chalkash.
12 tuklar bilan qoplangan.. Chorva molari istemol qilishi va o`simlik tarqalgan yer;arning o`zlashtirilishi oqibatida kamayib bormoqda.
Tarqalishi: Namangan, Farg`ona viloyatlari: Farg`ona vodiysida tarqalgan.
O`sish sharoiti: Tog`etaklarida, toshli-shag`alli tuproqlarda, o`sadi.
Ko`payishi: Urug`idan ko`payadi. [ O`.P.PRATOV.,35,159]
Buzoqbosh ( halimocnemis).2-rasm Toshbiyurg`uni (Nanophyton) shoʻradoshlar oilasiga mansub o`simlik.(3-rasm) Toshbiyurg`uni bo`yi 20-40 sm keladigan, tig`iz yostiqcha xosil qilib, yer bag`irlab o`suvchi sershox buta. Barglari ketma ket joylashgan, dag`al uchi tikanli, uzunligi 6 mm. Gullari 2- 9 ta dan, shoxchalarning uchlarida joylashgan. Gulqo`rg`on bargchalari yupqa. Urug`lari tik, uzunligi 4-6 m. Iyun- iyul oylarida gullab, mevasi oktyabrda yetiladi.
Tarqalishi: Toshkent viloyati dengiz satxidan 1600-2000 m balandlikda Chotqol tizmasida tarqalgan.
O`sish sharoiti: Tosh-shag`alli yonbag`irlar archa va butazorlarida, ochiq joylarda o`sadi
Ko`payishi: Urug`idan ko`payadi. [ O`.P.PRATOV.,35,159,260,261]
Toshbiyurg`uni (Nanophyton) .(3-rasm) 13 Sho`rak (solsola)-shoʻradoshlar oilasiga mansub bir yillik yarim buta.(4-rasm) Bo`yi 50-70 sm keladigan yarim buta. Bir yillik poyalarining uzunligi 20 sm , oqish, tuksiz, ba`zan g`adir- budur. Barglari ketma-ket joylashgan, tuksiz, ko`kimtir, etli, qalamli, uzunligi 1,5-2,5 sm, eni 1-1,5 mm, to`mtoq. To`pguli yoyiq boshoqsimon. Gulqo`rg`on bargchalari cho`ziq- tuxumsimon yoki cho`ziq- oval shaklida, uzunligi 4-6 mm, pardasimon, tuksiz, rangsiz. Urug`I yotiq joylashgan. Iyulda gullab, mevasi oktyabrda yetiladi.