Bozor iqtisodi sharoitida rejalashtirish va bashorat qilishning ahamiyati



Yüklə 88,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix24.12.2023
ölçüsü88,68 Kb.
#191920
1   2   3   4   5   6   7   8
ilm-fan 1819

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
82 
iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar ta’siri ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish 
ehtimoli darajasi baholanadi. 
Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo’naltirilgan ikkita muqobil 
yondashuv emas, balki xo’jalik strategiyasini ishlab chiqishning bir-birini to’ldirib turuvchi 
bosqichlari bo’lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli 
har bir holatda bashorat qilingan ko’rsatkichlardan rejalashtirilgan ko’rsatkichlarga o’tish 
ta’minlanishi lozim bo’ladi. 
Amaliyotda bashoratning ilmiy, texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik va boshqa turlari ajratib 
ko’rsatiladi. Ko’pincha kompleks bashorat – ilmiy-texnik, ijtimoiy-siyosiy, texnik-iqtisodiy va 
hokazolardan foydalaniladi. Bashorat har qanday holatda ham obyektiv jarayonlar talablariga 
maksimal darajada mos kelishi kerak. 
Rejalashtirish tizimining dastlabki bo’g’ini sifatida bashorat qilish korxonaning ichki 
faoliyatidan tashqari keng masalalar doirasini qamrab olishi zarur. Masalan, unga hal qilib 
bo’lingan, biroq amaliyotda qo’llanilmagan texnik, iqtisodiy, investitsion muammolar; 
istiqbolda yangi mahsulot ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan materiallar, texnologik 
jarayonlar, asbob-uskuna va qurilmalar; ishlab chiqarish modernizatsiyasi tufayli kadrlarga 
bo’lgan ehtiyojni aniqlashni kiritish mumkin. Bashorat qilishda shuningdek, kelgusida yuzaga 
kelishi mumkin bo’lgan muammolar, o’tkazilayotgan tadqiqotlarni baholash ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Korxonaning kelajakda t - yildan so’nggi holatini bir maqsadli bashorat qilishni uning faoliyati 
o’zgaruvchi ko’rsatkichlarida yo’l qo’yish mumkin bo’lgan qiymatlar modelini navbatma-
navbat ifodalash sifatida aks ettirish mumkin (V): 
= [F x(t), y(t), z(t), t], 
Bunda:
x – bashorat qilinayotgan ko’rsatkich o’zgaruvchilari (investitsiyalar, korxona personali, 
taqsimlanmagan foyda va hokazo); 
y – shart-sharoitlar sifatida ko’rib chiqiluvchi o’zgaruvchan ko’rsatkichlar (bozor holati, 
soliqlar, tabiiy-iqlim sharoitlari va hokazo); 
z –asos qilib olingan korxona faoliyatining bashorat qilinayotgan ko’rsatkichlari boshlang’ich 
qiymati. 
Korxonaning asosiy va aylanma kapital, ayrim mahsulot turlarini chiqarish va ularning 
tannarxi, foyda, mehnat mahsuldorligi kabi muhim ko’rsatkichlarini navbatma-navbat 
ifodalash natijasida bashorat qilinayotgan t - yildan so’ng yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
korxona holatining to’liq bashoratini olish mumkin. 
Bashoratning ishonchliligini ko’p jihatdan korxonalar ma’lumotlar to’plamida saqlashi va 
sistemalashtirishi lozim bo’lgan axborotlarning to’liq va ishonchlilik darajasi belgilab beradi. 
noaniq yoki noto’g’ri axborot bashorat qilishda xatoliklarga olib kelishi mumkin. 
Erkin iqtisodiy faoliyat va tijorat rivojlanib borayotgan, biz avvalgi zavod va fabrikalarga 
qaraganda ko’proq zamonaviy biznes va tadbirkorlik haqida gapirayotgan bir sharoitlarda 
matematika tili bilan aytganda norma va normativlar (normativ asoslar) «bozor» tushunchasi 
bilan bog’lanishi qiyin bo’ladi. Bugungi kunda ularning roli va maqomi biroz susaygan, chunki 
ular tadbirkorlar fikriga ko’ra bozorga qaraganda ko’proq rejali iqtisodiyot tomon yaqinroq 
turganday bo’ladi. 



Yüklə 88,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin