199
Zarurligi jihatdan harqanday darajali tovarning birinchi birligining nafliligi
yuqori, har bir navbatdagi qo‘shimcha ketma-ketlikda iste‘mol qilinadiganlarining
keyingi nafliligi oldingilariga nisbatan kamayib boradi.
Iste‘molchi uchun har bir keyingi iste‘mol
qilinadigan tovardan kamroq
qo‘shimcha naflilik olishi sababli u aynan shu tovarning navbatdagi birligini narxi
tushsagina sotib oladi. Bu esa talab egri chizig‘ining pasayib boruvchi ko‘rinishda
bo‘lishini taqozo etadi.
Iste‘molchi narxlarning mavjud darajasida va mablag‘lari cheklanganligidan
kelib chiqib tanlangan tovar (xizmat)laridan yuqori naf olishni hohlaydi.
Iste‘molchi ratsional harakat qiladi, shu sababli u sub‘ektiv
sezgilariga asoslanib
xarid qilinadigan mahsulotlar to‘plamini naflilikning o‘sishini ta‘minlaydigan
darajaga etgunicha o‘zgartiradi. Va nihoyat iste‘molchi A tovarning navbatdagi
birligidan V tovar foydasiga voz kechib ularning umumiy nafliligini ko‘paytirib
berishi mumkinki, bu uning tanlovi muvozanatli nuqtaga erishilganligini anglatadi.
Muvozanatli nuqta iste‘molchi byudjetining
mavjud darajasida umumiy
naflilikni ko‘paytira olmasligini anglatadi va u o‘z iste‘molida ―nimani‖dir
o‘zgartirishdan to‘xtaydi. Bu bir tovarga sarflangan pul hisobiga olingan keyingi
naflilik boshqa tovarga sarflangan shunday pulga olingan
keyingi naflilikka teng
bo‘lib qolganda ro‘y beradi. Shu holda keyingi naflilik tengligi qoidasining amal
qilishi namoyon bo‘ladi.
Bu qoida sarflangan pul birligiga to‘g‘ri keladigan
keyingi naflilikka ega
tovar xuddi shunday pul birligiga sotib olinadigan boshqa tovar keyingi nafliligiga
teng bo‘lmagunicha yuqori talab bilan foydalanishini anglatadi.
200
Keyingi naflilikning barqaror pasayib borish tamoyili talab qonunini ancha
chuqur bilishiga yordam beradi. Keyingi naflilik pasayib borganda aynan bir tovar
xaridning keyingi o‘sishi iste‘molchiga mos ravishda
kamroq va yanada kamroq
qoniqish keltiradi. Demak, iste‘molchi tovar yoki xizmatning ketma-ketlikda xarid
qilingan ikkinchi, uchinchi va keyingi birliklariga
kamroq va yana kamroq
to‘lashni xohlaydi.
Dostları ilə paylaş: