Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar. 
Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yer osti va yer usti 
boyliklari zahiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
 

Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. 
Bular 
bandlik, ishsizlik, inflyatsiya, iste‘mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi, narxlar 
darajasi va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar.
 

Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. 
Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaMM va uning harakat shakllari).
 

Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar. 
Bular YaIM da iste‘mol va jamg‘arma nisbati, ish haqi va boshqa 
omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va boshqalar.
 
Milliy iqtisodiyotni o‘rganishda makroiqtisodiy tahlildan foydalaniladi. 
Makroiqtisodiy tahlil resurslarning to‘liq bandligiga erishish, inflyatsiyani eng 
kam darajaga keltirish, ishsizlikni kamaytirish orqali makroiqtisodiy muvozanatlikni 
va pirovard natijada iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash muammolariga qaratiladi. 
Makroiqtisodiy tahlilda yaxlit iqtisodiyotga tegishli o‘rtacha miqdorlardan 
foydalaniladi. Bular narxlarning o‘rtacha darajasi, foizning bozor stavkasi, 
inflyatsiya, bandlik, ishsizlikning o‘rtacha darajasi va h.k. 
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi.
 
Makroiqtisodiy modellar
-iqtisodiyot va unda ro‘y beradigan real voqelikning 
mantiqiy (nazariy), miqdoriy (matematik) va grafik o‘lchamlarda abstrakt tasvir-
lanishidir. 
Asosiy makroiqtisodiy modellar quyidagilar: 

doiraviy oqimlar (aylanishlar) modeli 

yalpi talab va yalpi taklif (AD-AS) modeli 

tovarlar miqdori va pul massasi IS-LM) modeli 

Fillips, Laffer egri chiziqlari 


257 
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, (xizmat ko‘rsatish ) hajmi va ularning 
o‘sishi bir qator makro ko‘rsatkichlar tizimi orqali, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar yordamida butun iqtisodiyotning o‘sish yoki pasayishi sabablari 
aniqlanib xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. 
Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar, 
birinchidan
, ma‘lum vaqt oraligidagi ishlab 
chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta‘sir 
qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi. 
Ikkinchidan
, makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar tizimi, YaMM ning xarakatini ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta 
taqsimlash va pirovard foydalanish bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirishga 
imkon beradi. 
Butun milliy iqtisodiyotning natijalarini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar - 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin