2. Nominal va real yalpi ichki mehnat ko’rsatkichlari. 3. Milliy mahsulotni hisoblash tizimi. YaIMni hisoblash usullari. 1. Makroiqtisodiyot tushunchasining mazmuni uning o’lchami va ko’rsatkichlari Makroiqtisodiyot – bu milliy iqtisodiyot, uning alohida mulkiy sektorlari va
jahon xo‘jaligi darajasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini bir butun
qilib birlashtirgan iqtisodiyot tuzilmasidir.
Makroiqtisodiyotning har qanday darajasidagi tarkib topgan tuzilmasi ijtimoiy
mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv rivojining natijasi hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyot - alohida mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga
asoslangan hamda mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘langan tarmoqlar, sohalar va
infratuzilma muassasalaridan iborat yaxlit iqtisodiy tuzilmadir.
Iqtisodiyot sektorlari - iqtisodiyotning mulkiy tavsifiga ko‘ra alohidalashgan
hususiy, kooperativ, davlat va aralash sektorlardan iborat bo‘g‘inlaridir.
Jahon xo’jaligi- xalqaro mehnat taqsimoti orqali tashqi iqtisodiy munosabatlar
ishtirokchisiga aylangan alohida milliy davlatlar iqtisodiyotlari majmuasidir.
Har qanday darajadagi makroiqtisodiyot o‘zining turli xil o‘lchamlariga ega.
Jumladan, milliy iqtisodiyotning mulkiy, hududiy, tarmoq, takror ishlab chiqarish
o‘lchamlari farqlanadi. Milliy xo‘jalikning iqtisodiy o‘lchamlari makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topadi.
256
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar milliy (yoki jahon) iqtisodiyot va uning
tarkibiy qismlarining holatini, faoliyat qilishi va natijalarini ifodalaydi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: