182
Monopol
faoliyatni
tartibga
solish
–
bu
davlatning
ishlab
chiqaruvchilarning bozorni monopollashtirish imkoniyatini
cheklash maqsadida
amalga oshiradigan qonunchilik, ma‘muriy va iqtisodiy tavsifdagi chora
–
tadbirlari.
Muhokama uchun savollar:
1. Tabiiy monopoliya sub‘ektlari tarkibiga qanday korxona
va tashkilotlarni
kiritish mumkin?
2. Tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyatini tartibga
solish zarurati nima
bilan izohlanadi?
3. O‘zbekistonda tabiiy monopoliyalar faoliyati qanday me‘yoriy
hujjatlar
bilan tartibga solinadi?
4. O‘zbekistonda tabiiy monopoliya sohasini
belgilash qaysi mezonlarga
asoslanadi?
5. Mamlakatimizda tabiiy monopoliya sub‘ektlari
faoliyatini tartibga
solishda xorijiy mamlakatlardagi qaysi usullardan foydalanish mumkin?
6. O‘zbekistondagi tabiiy monopoliyalar sub‘ektlarining
vujudga kelishi,
amal qilishi xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalariga baho bering.
7. O‘zbekistondagi tabiiy monopoliya sub‘ektlari
faoliyatini tartibga solish
usullari samaradorligini baholang va ularni xorijiy mamlakatlardagi mavjud usullar
imkoniyatlari bilan taqqoslang.