Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

5.
 
Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo’nalishlari 
XIX asrning 70-yillaridan boshlab «siyosiy iqtisod» «iqtisod» fani sifatida
talqin qilinib, iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalish «ekonomiks» (inglizcha 
―ekonomiks‖ – iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy fan) shakllandi.
Bu davrdagi yangi iqtisodiy kontseptsiyalar qiymatning mehnat 
nazariyasini inkor qilib diqqat markaziga bir qator umumiy printsiplarni qo‘yadi. 
Bular: iqtisodiy ne‘matlar nafliligi uning pasayib borish iqtisodiy muvozanatlik 
qoidalari va boshqalar.
XIX asrning ikkinchi yarmidan «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib 
(frantsuzcha so‘zidan olingan bo‘lib, «keyingi, qo‘shilgan», degan ma‘noni 
beradi) uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl 
Menger (1840-1921), Fridrix fon Vizer (1851-1926), Bem Bavrek (1851-1914) 
hamda ingliz iqtisodchisi Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) tomonidan keyingi 
qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi, 
qonunlari mazmuni ochib berildi. Bu oqim iqtisod fanida yangi yo‘nalish 
neoklassik, ya‘ni yangi klassik deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik 
namoyandalaridan biri A.Marshall iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va 
uning nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qiladi, bozor muvozanati va narxni 
aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo‘nalishning 


23 
namoyondalaridan biri Shveytsariya iqtisodchisi Leon Valras (1834-1910)
umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qiladi.
Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisodchilarning izdoshlari
hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning bozor mexanizmiga aralashmaslik 
printsiplarini qo‘llab chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor 
iqtisodiyoti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga 
layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratishi zarur. 
Neoklassik oqim tarafdorlari shaxsiy manfaatga asoslangan bozor iqtisodiyoti 
alohida sub‘ektlari hatti-harakatiga e‘tibor qaratadi. 
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi E.Shumpeter «Iqtisodiy 
taraqqiyot nazariyasi» (1912 yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar 
o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko‘rsatishga harakat 
qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan 
xulosaga keladi.
Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1883-1946) o‘zining «Bandlik, foiz 
va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) nomli kitobida makroiqtisodiy 
ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste‘mol va jamg‘arishning 
o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste‘mol nisbatlarining eng 
maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb 
ko‘rsatadi. Keyns ta‘limoti ta‘sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga 
qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini 
asoslaydi.
Keynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy tizimi 
takomillashmagan va o‘z-o‘zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin bo‘lgan 
yuqori bandlik va iqtisodiy o‘sish faqat iqtisodiyotga davlatning faol aralashuvi 
orqali ta‘minlanishi mumkin. 
O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xarrod, E. Domar, E. 
Xansen va boshq.) bandlik va inflyatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga 
harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muammosining yechimini ishlab chiqadi. 
―Neoklassik sintez‖ kontseptsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P. 


24 
Samuelson neoklassik va Keynscha nazariyalarni, ishlab chiqarishning optimal 
darajasini ta‘minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat 
qiladi. P. Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki 
to‘liq bandlikka erishilganda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash tizimi amal qiladi
boshlaydi.
XX asrning 60 – 70-yillarida neokeynschilar (J. Robinson, P. Sraffa, N. 
Kaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini 
cheklash, inflyatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D. 
Rikardo g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qiladi. 
Keyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning, ancha yuqori 
sur‘atlarini ta‘minlash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o‘stirish 
imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozlari iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solish jamiyatni ishsizlik, inflyatsiya va iqtisodiy bo‘hronlarni 
bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shu sababli, iqtisodiyot 
nazariyasidagi yangi yo‘nalish – monetarizm, yangi klassik maktab va 
neoinstituttsionalizm keynschilikni siqib chiqara boshladi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin