Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi–



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi–
jamiyat ehtiyojlarining 
cheksizligi hamda iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir.
 
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – 
iqtisodiyresurslar cheklangan sharoitda 
jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi 
to‘g‘risidagi masaladir. 
Infratuzilma –
ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir me‘yorda ro‘y berishi 
hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil qiluvchi 
sohalardir. 
Iqtisodiy faoliyat – 
kishilar uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne‘mat va 
vositalarni ishlab chiqarish hamda iste‘molchilarga etkazib berishga qaratilgan va 
chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan turli xil faoliyatlar. 
Ehtiyoj 
–insoniyatning rivojlanishi uchun kerakli hayotiy vositalarga bo‘lgan 
zaruriyat. 


26 
Iqtisodiy resurslar
– iqtisodiy faoliyatda faydalanishga yaroqli bo‘lgan
moddiy tabiiy va inson resurslari 
Kapital
– inson tomonidan vujudga keltirilgan barcha ishlab chiqarish vositalari 
(binolar, inshootlar, mashina va mexanizmlar, asbob va uskunalar, xomashyo
materiallar va h.k.) 
Yer
– ishlab chiqarishga jalb qilingan barcha erlar va boshqa barcha tabiiy 
resurslar; 
Ishchi kuchi (mehnat)
– insonda mavjud bo‘lgan jismoniy va aqliy qobiliyatlar. 
Ishchi kuchining sarflanishi mehnat jarayonini tashkil qiladi. 
Tadbirkorlik layoqati
– ayrim kishilarga xos bo‘lgan, ishbilarmonlik layoqati 
Muhokama uchun savollar 
1.
Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh masalasi nima? 
2.
Nima uchun hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish 
insonning turli xil faoliyatlari ichida eng asosiylari hisoblanadi? 
3.
Iqtisodiyotning asosiy muammosini hal qilishning qanday yo‘llari 
mavjud? 
4.
«Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanish jarayonida qanday 
g‘oyaviy oqimlar vujudga kelgan.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin