Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 
Iste’molchi tanlovi nazariyasi. 
 
1.
 
Naflilik, yalpi naflilik va so’nggiqo’shilgan naflilik tushunchalari 
Bozor vaziyatining o‘zgarishini iste‘molchi nuqtai nazaridan qarab chiqilsa 
aynan olingan tovarga talab qanday shakllanadi, uning xulqi nimadan iborat, is-
te‘molchi tanlovi qanday tartibda amalga oshiriladi kabi savollarga mantiqiy javob 
topish mumkin bo‘ladi. 
Iste‘molchi hulqi bu ularning turli xil tovar va xizmatlarga talabning 
shakllanish jarayonidir. Iste‘molchi hulqi quyidagi mantiq asosiga quriladi:
1.
Iste‘molchi imkoniyati cheklangan sharoitda harakat qiladi, shu sababli 
uning qarori tovarlarning mavjud muqobil variantlaridan birini tanlashga 
qaratiladi.
2.
Iste‘molchi maqsadi – tovarlarni iste‘mol qilish natijasida maksimal 
qoniqish olishdir. 
3.
Iste‘molchi hulqi oqilona, ya‘ni u barcha cheklanishlarni baxolaydi va 
o‘z maqsadiga etishishning eng yaxshi variantini tanlaydi.
Iste‘molchi xulqini miqdoriy aniqlashda keyingi naflilik nazariyasi va 
farqsizlik egri chizig‘i usuli yordamida amalga oshiriladi. 
Naflilik – sub‘ektiv qoniqish ya‘ni tovar (xizmat) ni iste‘mol qilishdan 
ko‘riladigan naf.
 
―Umumiy tarzda naflilik tovarning inson extiyojini qondira olish qobiliyati 
deb ta‘riflashimiz mumkin‖
38

38
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition,
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 360 бет. 


194 
Agar naflilikka iste‘molchi nuqtai nazari bilan qaralsa, u iste‘molchining 
biron-bir ne‘matni iste‘mol qilishidan olinadigan qoniqishni anglatadi. Iste‘-
molchining tomonidan o‘zi uchun turli tovarlar naflilik darajasining baholanishi 
iste‘molchining afzal ko‘rishi deyiladi.
39
Naflilik funktsiyasi ma‘lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi 
tovarlarni taqqoslash orqali ro‘yobga chiqadi. Naflilikni mutlaq ko‘rsatkichlarda 
aniqlash qiyin. Faqat iste‘molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket 
joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan 
qay darajada afzalligini miqdoriy baholash mumkin emas. 
Naflilik funktsiyasi iste‘mol qilinayotgan tovarlar(X,Y)-dan olinayotgan 
naflilikning hosilasini ifodalaydi: 
XY
Y
X
U

)
,
(
―Naflilik‖ atamasini ilmiy sohaga birinchi bo‘lib ingliz filosofi I.Bentam 
(1748-1832) kiritgan. 
Naflilik va narx o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilk bor ingliz iqtisodchi olimi 
U.Djevons (1835-1882) ko‘rsatib, keyingi naflilik kontseptsiyasini ilgari suradi va 
aynan u bozor narxida o‘z o‘rniga ega bo‘lishini isbotlaydi.
Naflilikni miqdoriy aniqlash ancha qiyin, chunki u sub‘ektiv tushuncha. Ayni
vaqtda iqtisodiyot nazariyasida naflilikni aniqlashda ikkita yondashuv qaror 
topgan.
1.
Kardinalistik yondashuvda naflilik miqdorini mutloq aniq hisoblash talab 
qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi ―yutil‖ (inglizcha – utility – naflilik) 
dan foydalaniladi. 
2.
Ordinalistik yondashuvda qator tovarlarni afzal ko‘rish tartibi bo‘yicha 
joylashtirishda naflilikning ma‘lum ketma-ketligiga yo‘l qo‘yiladi. Bunda 
iste‘molchi tovarning bir-biriga qiyosan muhimlilik darajasi bo‘yicha xulosa 
chiqarish mumkin. Masalan, birinchi tovar ikkinchisiga, ikkinchisi uchunchisiga 
nisbatan afzal ko‘riladi va h.k.
39
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth edition, 
McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 362 бет. 


195 
Iste‘molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi naflilik muhim. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin