258
Boshqacha aytganda
qo’shilgan qiymat –
bu korxona yalpi mahsulotidan yoki
ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari)
joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.
YaMM ko‘rsatkichiga sof eksport (eksport va import o‘rtasidagi farq) summasi
kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmog‘i
keskin
farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini taqqoslash uchun yalpi
ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichidan foydalaniladi.
YaIM
ma‘lum vaqt davomida
(bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan va iste‘mol qilishga tayyor pirovard
mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatidir.
U barcha ishlab chiqarish
sub‘ektlarida qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi sifatida chiqadi.
―Pirovard mahsulot‖ – bu iste‘molga tayyor bo‘lgan tovar va xizmatlardir.
Oraliq mahsulot – qayta ishlash, ishlov
berishga va qayta sotishga
mo‘ljallangan mahsulotlardir.
YaIM (YaMM)ni miqdoriy aniqlashda oraliq mahsulotlar qiymati chiqarilib,
ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymati hisoblab chiqiladi.
YaIM (YaMM) ishlab chiqarish yalpi hajmining ko‘rsatkichi
sifatida bitta
muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan,
asosiy kapitalning o‘rnini qoplash uchun zarur bo‘lgan qiymatni ham o‘z ichiga oladi.
YaIM (YaMM)dan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan
asosiy kapital qiymati yoki yillik moddiy xarajatlar summasi
ayirib tashlansa sof
milliy mahsulot (SMM) ko‘rsatkichi hosil bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: