Shaxsiy konstitutsiya
Hayotiy qoidalaringizni bitta ro’yxat sifatida yozib olish muhim ahamiyatga ega.
Qoidalar ro’yxatini umr bo’yi, davomiy ravishda to’ldirib borish kerak.
Qoidalarni qadriyatlaringiz va maqsadlaringizdan kelib chiqib tuzasiz. Ushbu
ro’yxatingizga qoidalardan tashqari turli faktlar va g’oyalarni kiritishingiz ham
mumkin.
Shaxsiy qoidalar ro’yxati nimalarga asoslangan bo’lishi zarur?
1.
Qonunlarga mos – Bu degani sizning har bir qoidangiz tabiat qonunlari,
davlatingiz konstitutsiyasida
keltirilgan qonunlar, insoniylik qonunlari,
axloqiy qonunlar, diningizdagi qonunlar
va umumjahon qabul qilingan
qonunlarga mos tushishi zarur. Aks holda sizning qonunlaringiz va sizga
bevosita va bilvosita ta’sir o’tkaza oladigan qonunlar o’rtasida
kelishmovchilik yuzaga kelishi, buning oqibatida har ikki tomon (ayniqsa
siz) zarar ko’rishingiz mumkin.
Misol: Baribir bir kun o’lasan. Bu hodisa bugun sodir bo’lishi ham mumkin.
Unutma!
2.
Qadriyatlaringizga mos – Ya’ni sizning shaxs
sifatida shakllanishingizga
ta’sir qilgan qadriyatlarga mos bo’lishi kerak. Bu bo’lishi mumkin sizning
oilaviy qadriyatlaringiz, qarindoshlar o’rtasidagi munosabatdagi qadriyatlar,
tarbiyaviy qadriyatlar va hokazo.
Misol: Ota-onangga baland ovozda gapirma!
3.
Foyda keltiradigan – Sizning shaxsiy qonunlaringiz sizga foyda olib kelmasa
demak u noto’g’ri qo’yilgan qonun bo’ladi. Ya’ni siz har bir prinsipingiz
orqali ma’nan yoki moddiy jihatdan foyda olishingiz kerak. Siz bu
qoidalarga amal qilish orqali shaxs sifatida
va moliyaviy jihatdan
ko’tarilishga erisha olishingiz zarur.
Misol: Doimiy ravishda kitob o’qi!
4.
Obyektiv faktlar bilan bog’langan – Bu degani sizning qoidalaringiz tabiat
qonunlariga, asosli faktlarga to’g’ri kelishi kerak. Agar sizning
qonunlaringiz orasida “uchish” haqida qoida bo’lsa, bu ahmoqlikning
o’zginasi. Avvalo o’z imkoniyatlaringiz chegarasini yaxshilab o’rganib
chiqing va so’ngra shunga asoslangan holda o’z qonunlaringizni tuzing.
Misol: Samolyotdan parashyutsiz sakrama!
Shaxsiy qoidalar ro'yxatini tuzish algoritmi:
1.
Qoidalarni yozib olishga manba toping –
Siz bunda kundalikdan
foydalangan holda qo’lda yozishingiz mumkin, yoki telefoningizga yozib
yursangiz ham bo’ladi. Telefonda foydalanish uchun ikkita qulay dastur ham
mavjud.
Bular
Notion
va
Obsidian.
Dasturlar
orqali
shaxsiy
konstitutsiyangizni tuzishingiz bilan birga Zettelkasten usulidan foydalanish
uchun ham qo’llashingiz mumkin.
2.
Xayolingizga birinchi kelgan qoidalarni yozib oling – Birinchi marta shaxsiy
konstitutsiyangizni tuzganingizda avvaliga ko’pgina qoidalar kiritasiz.
Keyinchalik esa ularni amaliyotda qo’llab,
foyda bermaganlarini olib
tashlash va yana yangi qoidalarni hayot davomida qo’shib borish orqali
sayqallaysiz. Vaqt o’tgan sari bu qoidalar ro’yxati sizning shaxsiyatingizni
ochib beradigan kitobga aylanadi.
3.
Qoidalarni har kuni takrorlang – Har kuni o’z qoidalar ro’yxatingizni
ko’zdan kechirish orqali ularni amaliyotda qo’llashingiz va yanada
mukammallashtirishingiz osonlashadi. Shu tariqa
ularni avtomatik tarzda
ishlatishni boshlaysiz.