Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2.
 
Nominal va real yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlari 
YaIM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish 
yillik hajmi qiymat o‘lchovida hicobga olinadi. 


261 
YaIM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va 
xizmatlarning bozor narxidagi summasi bo‘lganligi uchun tovarlarning nafliligi 
ko‘paymagan holda narxlar oshishi evaziga uning qiymati ortib ketishi mumkin. 
Shuning uchun yalpi ichki mahsulot hajmiga baho berishda nominal va real 
ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Uning joriy bozor narxlarida hisoblangan hajmi 
nominal, 
o‘zgarmas narxlarda hisoblangani esa 
real mahsulot 
deb yuritiladi. Har 
xil yillarda ishlab chiqarilgan YaIM qiymatini faqat narx o‘zgarmagan taqdirda 
o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari narx darajasi bizga 
iqtisodiyotda inflyatsiya (narx darajasining o‘cishi) yoki deflyatsiya (narx 
darajasining kamayishi) o‘rin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish 
imkonini beradi. 
O’zbekistonda yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish tarkibi 
(2016 y. foizda)
 
17.3-jadval 
 
 
Narx indeksi sur‘ati joriy yildagi ma‘lum guruh tovarlar va xizmatlar to‘plami 
narxlari summasini, ularning bazis davrdagi narxlar summasiga nisbati orqali 
hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang‘ich davri "bazis yil" deyiladi. Agar aytilgan-
larni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko‘rinishni oladi: 
100 


262 
Amaliyotda qator har xil tovar va xizmatlar to‘plami yoki iste‘mol 
savatining narx indeksi hisoblanadi. G‘arb mamlakatlari va xususan AQShda bu 
indekslar ichida eng keng qo‘llaniladigani iste‘molchilik tovarlari savati narxlari 
indeksi hisoblanadi. Uning yordamida odatda shahar aholisi sotib oladigan, 
iste‘molchilik tovar va xizmatlarning 300 turini o‘z ichiga oluvchi bozor savatining 
qayd qilingan narxlari hisoblanadi. Ammo narxning umumiy darajasini hisoblash 
uchun YaIM narx indeksidan foydalaniladi. YaIM narx indeksi ancha keng 
tushuncha bo‘lib, u o‘z ichiga nafaqat iste‘molchilik tovarlari, balki investitsion 
tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan hamda xalqaro bozorda ayribosh 
qilingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaIM narx indeksi, nominal 
YaIM ni real YaIMga aylantirib hisoblash imkoniyatini beradi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin