265
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar
hajmini
sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub‘ekti –
uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda uning tashqarisida chet elliklar sotib
olishi mumkin.
YaIMni hisoblashga sarflar va daromadlar bo’yicha yondoshuv
17.4-jadval
Milliy mahsulot hajmini sarflar
summasi bo’yicha hisoblash
Milliy mahsulot
hajmini daromadlar summasi
bo’yicha
hisoblash
1.Uy
xo‘jaliklarining iste‘molchilik
sarflari
+
1. Daromad olish bilan bog‘liq
bo‘lmagan sarf va to‘lovlar
a) amortizatsiya, b) egri soliqlar
+
2.Tadbirkorlarning investitsion sarflari
+
2. Ish haqi
+
3.Tovar va xizmatlarning davlat xarid
+
3. Renta to‘lovlari
+
4.Chet elliklar sarflari
+
4. Foiz
+
5.Notijorat muassasalari sarflari
+
5. Foyda
6. Moddiy aylanma vositalar zahirasidagi
o‘zgarishlar
YaMM (YaIM)
YaMM (YaIM)
Uy xo’jaliklarining iste’molchilik sarflari,
bu
kundalik tovarlarga,
xizmatlarga, uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlariga va boshqa shu
kabilarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar
tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamg‘arishga
qiladigan sarflardir.
Invectitsioncarflar
asosan uchta qismdan iborat: a)tadbirkorlar
tomonidan mashina, uskuna va jihozlarning barcha xaridi; b)barcha qurilishlar; v) za-
hiralarningo‘zgarishi.
266
YaIM tarkibiga, ishlab chiqarilgan, lekin mazkur
yilda sotilmagan barcha
mahsulotlar zahiralarining ko‘payishi kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o‘z
ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini
oladi. Zahiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi
sifatida qo‘shiladi.
Zahiralar kamayganda, u YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning
kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko‘proq
mahsulot sotilganini bildiradi.
Boshqacha aytganda, jamiyat mazkur yilda ishlab
chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan
zahiralarning bir qismini iste‘mol qilgan bo‘ladi.
Milliy hisoblar tizimida YaIMni hisoblashda yalpi,
xususiy va ichki
investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos
ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni
bildiradi. Yalpi investitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida
iste‘mol
qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun
mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda
kapital qo‘yilmalar hajmigahar qanday sof qo‘shimchalarni oladi.
Yalpi
investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplash
summasidan va invetitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa
tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida
qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Ikki
ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq, joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilgan va
iste‘mol qilingan kapital qiymatini ifodalaydi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o‘rtasidagi nisbat, iqtisodiyot yuksalish,
turg‘unlik yoki tanazzul holatida joylashganligini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkich
(indikator) hisoblanadi.
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq bo‘lsa,
iqtisodiyot yuksalish
bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o‘sadi.
Turg‘un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng bo‘lgan
vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda YaIMni ishlab chiqarish
267
jarayonida iste‘mol qilingan vositalarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda
asosiy kapital ishlab chiqarilishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof
investitsiyalar taxminan nolga teng bo‘ladi,
ishlab chiqarish quvvatlari
kengaymaydi.
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyaga nisbatan kam bo‘lsa, ya‘ni iqtisodiyotda
ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko‘proq iste‘mol qilinsa, iqtisodiyotda
investitsiyalarning qisqarishi ro‘y beradi. Bu yil oxirida asosiy kapital hajmi yil
boshida mavjud bo‘lgandan kam bo‘lib qolishga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: