YaIMni sotib olishga qilingan sarflar = Mazkur yilda ishlab chiqarilgan YaIM hisobidan olingan pul daromadlari. Mahsulotni ishlab chiqarishga nima sarflangan bo‘lsa, bu mazkur mahsulotni
ishlab chiqarishga o‘zining ishchi kuchi va moddiy resurslarini bozorda sotishga
qo‘yganlari uchun daromad hisoblanadi.
YaIM uning tarkibiga kirgan daromadlar va daromad bilan bog‘liq
bo‘lmagan sarflar amortizatsiya va egri soliqlar summasini aks ettiradi.
Amortizatsiya ajratmasi ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati tarkibiga ishlab
chiqarish xarajatlari sifatida kirib, mahsulot sotilishi natijasida pul shaklida qaytib
keladi va undan iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qayta tiklash, ya‘ni yangi
investitsion tovarlar sotib olish va amal qilib turganlarini kapital ta‘mirlash uchun
foydalaniladi.
Egri soliqlar ya‘ni aksiz to‘lovlari, sotishdan olinadigan soliqlar, mulk
solig‘i, litsenziya va bojxona to‘lovlari ishlab chiqarish xarajatlari sifatida
chiqmasada, mahsulot narxiga ustama bo‘lib,uni oshiradi.
Daromadlarning eng muhim turi ish haqi tadbirkorlar va davlat tomonidan
ishchi kuchini taqdim qilganlarga to‘lanadi. Daromadlar ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari
va nafaqa ta‘minotininghar xil xususiy fondlari, ishsizlik nafaqalari va boshqa
ko‘plab har xil qo‘shimchalar, mukofot hamda imtiyozlarni ham o‘z ichiga oladi.
Bu qo‘shimcha daromadlar ish kuchini yollash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatning
bir qicmi sifatida chiqadi va shu sababli ish haqiga umumiy sarflarning tarkibiy
qismi sifatida qaraladi.
Uchinchi usul – bu YaIMni hisoblashga qo‘shilgan qiymatlar bo‘yicha
yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo‘shilgan
qiymatlar hisoblab chiqiladi (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar bo‘yicha).
269
Bu usul bilan hisoblangan YaIM alohida tarmoqlarning shu mahsulotni
yaratishdagi ulushini aniqlash imkonini beradi.