277
1. Resurslar narxining o’zgarishi.
Resurslar
narxi - tayyor mahsulot
narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi.
Boshqa sharoitlar
o‘zgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot
birligiga xarajatlarning
ko‘payishiga, ularining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi.
Resurslar taklifining ko‘payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birli-
giga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi
natijaga olib keladi.
Er resurslari
yangi yerlarning ochilishi, sug‘orish,
yangi texnik
takomillashuvlar tufayli ko‘payishi mumkin. Yer resurslari taklifining ko‘payishi
yerga bo‘lgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga
to‘g‘ri keladigan xarajatlarni pasaytiradi.
Mehnat resurslari.
Ishlab chiqarish xarajatlarining
asosiy qismi ishchi va
xizmatchilarga to‘langan haqidan tarkib topadi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay
qolganda, ish haqining o‘zgarishi mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar
darajasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Mavjud ishchi kuchi (mehnat)
resurslarining
ko‘payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga
olib keladi.
Kapital.
Agar jamiyat asosiy kapital zahirasini o‘stirib borsa, yalpi taklif
o‘sish tamoyiliga ega bo‘ladi. Agar jamiyat o‘z daromadining asosiy qismini tejab,
uni investitsion tovarlar sotib olishga yo‘naltirsa, yalpi taklif o‘sadi. Agar
mamlakatda asosiy kapitalining miqdori
kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi
taklif qisqaradi.
Tadbirkorlik layoqati.
Vaqt o‘tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni
ko‘payadi va bu yalpi taklifning ko‘payishiga olib kelishi muqarrar.
Dostları ilə paylaş: