Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2. Investitsion sarflar
. Bunday, sarflar, ishlab chiqarish vositalarini xarid 
qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning 


274 
mavjud darajasida sotib olish mumkin bo‘lgan yangi ishlab chiqarish vositalariga 
investitsiyalarning kamayishi yalpi talabning kamayishiga, teskari holda uning 
ko‘payishiga olib keladi. Foiz stavkasi va foyda. Investitsion sarflarni o‘zgartirish 
mumkin bo‘lgan narxdan tashqari omillarni hisoblanadi. 
 
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, 
foiz stavkasining
oshishi, 
investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. 
Mamlakatdagi pul massasining o‘zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o‘zgarishi 
ro‘y beradi. Pul massasining ko‘payishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali 
kapital qo‘yilmalar hajmini ko‘paytiradi. Aksincha, pul massasining kamayishi foiz 
stavkasining oshishiga va investitsiyalarning qisqarishiga olib keladi. 
Kapital qo‘yilmalardan yuqori 
foyda olishning
kutilishi investitsion tovar-
larga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investitsion loyihalardan foyda olish 
noaniq bo‘lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo‘ladi, demak, 
yalpi talab ham kamayadi. 
Soliqlar

Korxonadan 
olinadigan 
soliqlarning 
ko‘payishi kapital 
qo‘yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar 
va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi 
bunday foydani va investitsion sarflarni ko‘paytiradi. 
Texnologiya
. Yangi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va 
shu orqali yalpi talabni rag‘batlantirish tamoyiliga ega bo‘ladi. 
Ortiqcha quvvatlar
. Ortiqcha quvvatlar, ya‘ni mavjud foydalanilmaydigan 
asosiy kapitalning ko‘payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada 
yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilganda 
tadbirkorlar ko‘proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo‘ladi, demak 
investitsion sarflari ko‘payadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin