Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

AS= YaIM, yoki AS=MD 
Umumiy holda ancha yuqori narxlar qo‘shimcha tovarlar ishlab chiqarish 
uchun rag‘bat yaratadi. Narxlarning past darajasi tovar ishlab chiqarish hajmining 
qisqarishiga olib keladi. Shu sababli narxlar umumiy darajasi va milliy ishlab 
chiqarish hajmi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bevosita bog‘liqlik mavjud 
bo‘ladi. 
Bu bog‘liqlik taklif egri chizig‘ida aniq aks etadi. Yalpi taklif egri chizig‘i 
uchta kesmalardan iborat. 


276 
18.2-chizma. Taklif egri chizig’i
I. Yotiq kesma. 
Rasmdagi Q
t
nuqta to‘liq bandlilik sharoitida milliy ishlab 
chiqarish hajmining potentsial darajasini ko‘rsatadi. Yotiq kesma milliy ishlab 
chiqarish potentsial hajmidan ancha kam bo‘lgan ishlab chiqarishning real hajmini 
o‘z ichiga oladi. Bu kesma iqtisodiyot chuqur tanazzul yoki depressiya holatida 
ekanligini, ko‘plab mashina, uskuna va ishchi kuchi foydalanilmayotganligidan 
guvohlik beradi. Foydalanilmayotgan resurslar harakatga kelishi mumkin, lekin bu 
narx darajasiga xech kanday ta‘sir ko‘rsatmaydi. Bu kesma yana ishlab chiqarish 
real hajmi qisqarganda ham tovarlar va resurslarga narxi oldingi darajada qolishini 
bildiradi.
II. 
Q
1
va Q
n
nuqta o‘rtasidagi oraliq kesma milliy ishlab chiqarishning real 
hajmining ko‘payishi, narx darajasining o‘sishi bilan birga borishini ko‘rsatadi.
III. 
Tik kesma iqtisodiyot o‘zining to‘liq yoki tabiiy bandlik darajasiga 
erishganligini ko‘rsatadi. Bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada 
kengaytirishga erishish mumkin emas. Narxning to‘xtovsiz oshib borishi xam 
ishlab chiqarish real hajmining ko‘payishiga olib kelmaydi, chunki iqtisodiyot 
to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.
Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. 
Yalpi taklifga narxdan tashqari 
bir qator omillar ta‘sir ko‘rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining 
o‘zgarishi yalpi taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Yalpi taklifning narxdan 
tashqari bu omillari bitta umumiy hususiyatga ega: agar ular o‘zgarsa, mahsulot 
birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ham o‘zgaradi. Natijada yalpi taklif egri 
chizig‘i joyini o‘zgartiradi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin