275
tovarlarga bo‘lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi o‘z tovarla-
rimizga ichki talabning ko‘payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmini avvalo chet
davlatlardagi milliy daromad va valyuta kurslari o‘zgartiradi. Chet mamlakatlarda
daromadlar darajasi oshganda, ular ham o‘zlarining tovarlarini va ham chet ellarda
ishlab chiqarilgan tovarlarni ko‘proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega
bo‘ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa qarama-qarshi natija
beradi: bizning eksportning sof hajmi qisqaradi.
Valyuta kurslari.
Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining
o‘zgarishi sof eksportga va demak yalpi talabga ta‘sir ko‘rsatadi. Faraz qilaylik,
ienaning dollardagi narxi o‘sganda yaponiyalik iste‘molchilar uchun amerika
tovarlari o‘zlarinikiga qaraganda arzonroq bo‘ladi. Shu bilan birga amerikalik
iste‘molchilar dollarning ma‘lum summasiga kamroq yaponiya tovarlarini sotib
olishi mumkin. Bunday holda Amerika eksporti o‘sadi, importi kamayadi. Sof
eksportning ko‘payishi o‘z navbatida AQSh yalpi talabining ko‘payishiga olib
kelishini bildiradi.
2.
Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar
Yalpi taklif – narxlarning mavjud darajasi mamlakatda sotishga
chiqariladigan pirovard tovarlar va xizmatlar miqdori yoki milliy ishlab
chiqarishning real hajmidir.
Agar xalqaro savdo ta‘siri hisobga olinmasa, yalpi
taklifni (AS) YaIM yoki yalpi milliy daromad miqdoriga tenglashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: