Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Sof milliy mahsulot (SMM) 
– Yalpi ichki mahsulotdan uni ishlab chiqarish 
uchun sarflangan moddiy xarajatlarni chiqargandan keyin qolgan qismi.
Milliy daromad 
– yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib, SMMdan 
egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Shaxsiy daromad 
– milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari
korxona foydasidan olinadigan soliqlar va uning taqsimlanmaydigan foydasini 
chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy (davlatning 
transfert to‘lovlari) to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Nominal YaIM 
– joriy narxlarda hisoblangan YaMM. 
Real YaIM 
– narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, doimiy narxlarda 
hisoblangan YaIM. 
Oraliq mahsulot 
– ishlov berish, qayta ishlash va qayta sotish maqsadlarida 
sotib olingan mahsulotlar. 
Pirovard mahsulot 
– ishlab chiqarish jarayoni yakunlangan, shaxsiy va 
unumli iste‘mol qilishga tayyor bo‘lgan mahsulotlar. 
Xufyona iqtisodiyot 
YaMMni ishlab chiqarish, taqsimlash va undan 
foydalanishning rasmiy iqtisodiyotdan yashirin harakatda bo‘lgan qismi. 
 
Muhokama uchun savollar 
1. 
Milliy iqtisodiyot tushunchasi nimani ifodalaydi? Uning qanday tarkibiy 
qismlari mavjud?
2. 
Milliy hisoblar tizimining mohiyati nimada? U o‘z ichiga qanday 
ko‘rsatkichlarni oladi. 
3. 
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar nimalar va ular milliy iqtisodiyotda qanday 
rol o‘ynaydi? 
4. 
YaIM va SMM bir-biridan nima bilan farqlanadi? SMM va milliy 
daromadchi? 
5. 
Milliy mahsulot harakat shakllari tavsifini bering. 


271 
6. 
YaIM qanday usullarda hisoblanadi? Ularning farqi nimadan iborat. 
7. 
Nominal va real YaIM tushunchalarini izohlang. Ularning farqini 
ko‘rsating.
8. 
Agar joriy yildagi nominal YaIM hajmi 700 mlrd. so‘mga, narx indeksi 1,5 
ga teng bo‘lsa, real YaIM hajmi qancha bo‘ladi? Agar narx indeksi 0,8 ga teng 
bo‘lsachi? 
9. 
Sof iqtisodiy farovonlik ko‘rsatkichining mohiyati hamda hisoblash 
tartibini tushuntirib bering. 


272 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin