Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


XVIII BOB. YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

XVIII BOB. YALPI TALAB VA YALPI TAKLIF 
 
1.
 
Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. 
2.
 
Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga ta’sir qiluvchi 
omillar. 
3.
 
 Xrapovik samarasi. Yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi 
muvozanatlik hamda uning o’zgarishi. 
4.
 
Yalpi talab va yalpi taklif modellari. 
 
1.
 
Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar 
Yalpi talab - bu barcha iste‘molchilar, (uy xo‘jaliklari, korxonalar davlat va 
chet elliklar) narxlarning o‘rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo‘lgan tovarlar 
va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy iqtisodiyotdagi yalpi sarflar 
miqdorini bildiradi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha 
past bo‘lsa, iste‘molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab 
chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha 
yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, narx darajasining 
oshishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda yalpi talab hajmining kamayishiga 
sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi yalpi talabning oshishiga olib 
keladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta‘sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham 
yalpi talab hajmining o‘zgarishiga olib keladi. 
18.1-chizma. Yalpi talab egri chizig’i. 
Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari ta‘sir etuvchi omillar quyidagilar: 


273 
Iste’molchilik sarflaridagi o’zgarishlar
. Bu iste‘molchi farovonligi, iste‘-
molchining kutishi, iste‘molchining qarzlari va soliqlarning o‘zgarishi natijasi hi-
soblanadi. Aholi sonining o‘zgarishi ham mazkur sarflarga ta‘sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin