YaIMni qo’shilgan qiymatlar bo’yicha hisoblash (shartli misol)
17.6-jadval № T/ r Ishlab chiqarish bosqichlari Oraliq mahsulot narxi (so’m) Qo’shilgan qiymat (so’m) 1.
Paxta tolasini etishtiruvchilar
600 600(=600-0)
2.
Paxtani qayta ishlovchi
korxona
1000
400(=1000-600)
3.
Ko‘ylak ishlab chiqaruvchi
1250 250(=1250-1000)
4.
Ulgurji savdo
1750 500(=1750-1250)
5.
Chakana savdo
2500 750(=2500-1750)
Sotish umumiy qiymati
7100
Qo‘shilgan qiymat
2500
Oraliq mahsulot va qo‘shilgan qiymat yig‘indisi milliy iqtisodiyotning yalpi
(umumiy) ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichini beradi.
Asosiy tayanch tushunchalar Makroiqtisodiyot – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini yaxlit
bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot uning alohida sektorlari va jahon
ho‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Milliy hisoblar tizimi – YaIM va milliy daromadni ishlab chiqarish hamda
ulardan foydalanishni xarakterlaydigan hamda o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatadigan
hisoblar andozasi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – milliy iqtisodiyot su‘ektlari tomonidan
mamlakat ichida va tashqarisida bir yil davomida vujudga keltirilgan pirovard
mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
Qo’shilgan qiymat – ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan sotib olingan va
unumli iste‘mol qilingan xomashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan
keyin qolgan qismining bozor qiymati.
270
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – yil davomida mamlakat hududida ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlardagi qiymati.