Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Iste’molchining farovonligi
iste‘molchi ega bo‘lgan barcha moliyaviy 
aktivlarga (aktsiya va obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko‘chmas mulklarga 
egaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid 
qilishining kamayishiga olib keladi. Iste‘molchilik sarflarining qisqarishi natijasida 
yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy qimmatliklar real 
qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste‘molchilik 
sarflari o‘sadi. Uy va yer real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy 
darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda iste‘molchi farovonligining 
pasayishiga olib keladi. 
Iste’molchining kutishi
. Iste‘molchilik sarflari hajmidagi o‘zgarish, uning 
narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni oldindan bilishiga 
bog‘liq. Jumladan, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real daromadi ko‘payadi, 
deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko‘proq qismini sarflashga tayyor 
bo‘ladi. Natijada bu davrda iste‘molchilik sarflari ko‘payadi, jamg‘arish esa 
kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real 
daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste‘molchilik sarflari va demak
yalpi talabi qisqaradi. 
Xuddi shunday inflyatsiyaning kutilishi
bugungi yalpi 
talabni oshiradi. Chunki iste‘molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib 
qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, 
bugungi iste‘mol miqdorining kamayishiga olib keladi. 
Iste’molchi qarzlari
. Iste‘molchi qarzlari ko‘p bo‘lganda, u joriy 
daromadini unga to‘lab, o‘zlarining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin.
Soliq. 
Daromad solig‘i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud 
darajasida iste‘molchilik sarflarini ko‘paytiradi, soliqlarning oshishi esa 
iste‘molchilik sarflarini kamaytiradi.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin