Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

II. Kapital harakati hisobi
7. Kapital kirishi 
8. Kapital chiqishi 
Kapital harakati balansi qoldig‘i 
Joriy operatsiyalar va kapital harakat balansi qoldig‘i 
III. Rasmiy zaxiralarning o’zgarishi
Mamlakatning tashqi to‘lov balansi mazkur davlatning chet ellik sheriklari 
bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarining holatini ifodalab, uning kredit-pul, 
valyuta, byudjet-soliq, tashqi savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini 
tartibga solishi uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi. 
Joriy operatsiyalar hisobi o‘z ichiga tovar va xizmatlar eksporti («+» belgisi 
bilan), import («-» belgisi bilan), investitsiyalardan sof daromad va sof 
transfertlarni oladi. Tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi farq savdo balansini 
tashkil qiladi. 
Tovar eksporti kredit sifatida chiqib, milliy bankda chet el valyutalari 
zahiralarini vujudga keltiradi. Import esa («debet» grafasida «-» belgisi bilan) 
mamlakatdagi chet el valyutalari zahirasini qisqartiradi. 
Investitsiyalardan sof daromadlar (chet eldan sof omilli daromadlar) kreditli 
xizmatlardan olinadigan daromad hisoblanib, u chet ellarga qo‘yilgan milliy pul 
kapitali hisobiga kirib keladi. Agar chet elga qo‘yilgan milliy kapital mazkur 
mamlakatga qo‘yilgan chet el kapitaliga qaraganda foiz va dividentlarning ko‘proq 
hajmini keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda 
esa salbiy bo‘ladi. 


486 
Sof transfertlar xususiy va davlat mablag‘larning boshqa mamlakatlarga 
o‘tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg‘a, chet elga pul o‘tkazishlar yoki 
chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to‘lovlar mamlakatda 
mavjud chet el valyutalari zahirasini kamaytiradi. 
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobi qoldig‘i quyidagicha 
ifodalanadi. 




X




(s+1+G) 
eksport 
import 
sof 
eksport 
YaIM 
Absorbatsiya 
Absorbatsiya
- yalpi ichki mahsulotning mazkur mamlakatdagi uy 
xo‘jaliklari, korxonalar va davlatga sotiladigan qismi. 
Importga to‘lovlar eksportdan olingan daromaddan ortiqcha bo‘lsa, bu 
mamlakatning joriy operatsiyalar bo‘yicha balansi taqchilligini bildiradi. Bu 
taqchillik chet el qarzlari yordamida, yoki aktivlarning bir qismini chet elliklarga 
sotish yo‘li bilan moliyalashtiriladi va bu kapital harakati hisobida aks etadi. 
Eksportdan olinadigan daromad importga sarflardan ortiq bo‘lsa joriy 
operatsiyalar hisobi ijobiy qoldiqqa ega bo‘ladi. 
Kapital harakati hisobida aktivlar bilan amalga oshiriladigan barcha xalqaro 
bitimlar o‘z ifodasini topadi. Bular chet elliklarga aktsiyalar, obligatsiyalar
ko‘chmas mulk va h.k. sotishdan olinadigan daromadlar hamda chet eldan aktivlar 
sotib olish natijasida vujudga keladigan sarf xarajatlar. 
Chet el aktivlarini sotish ularning zahiralarini ko‘paytiradi, ularni sotib olish 
esa kamaytiradi. Kapital harakati hisobi ham taqchillikka va ijobiy qoldiqqa ega 
bo‘ladi. 


487 
To‘lov balansining taqchilligi Markaziy bank (MB) rasmiy zaxiralarini 
qisqartirish hisobiga moliyalashtirilishi mumkin. Rasmiy zaxiralarning asosiylari 
quyidagilar: 

chet el valyutalari; 

oltin;

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin