489
oldi. Chunki davlat ko‘pincha o‘z valyutalarining xalqaro qiymatini o‘zgartirish
uchun valyuta bozorining faoliyat yuritishiga aralashadi.
Oltin standart
tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo‘lishini ko‘zda
tutadi. Banklar o‘zlari chiqargan banknotlarni oltinga almashtirgan. Xalqaro to‘lovlarni
muvofiqlashtirish vositasi bo‘lib, oltinni erkin chiqarish va kiritish xizmat qilgan.
Mamlakat, uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan deb hisoblangan: a) o‘z pul
birligining ma‘lum oltin mazmunini o‘rnatadi; b) o‘zining oltin zahirasi va pulning ichki
taklif o‘rtasidagi
qattiq nisbatni ushlab turadi; v) oltinning erkin eksport va importiga
to‘sqinlik qilmaydi. Oltin standart pul birligining oltin mazmuni nisbatiga asoslanadi.
Oltin
standart sharoitida, turli mamlakatlar pul birligining nisbati ularning rasmiy oltin
mazmuni bo‘yicha o‘rnatiladi.
Oltin standart barbod bo‘lgandan keyin, valyuta sohasini
tartibga solishning
o‘zaro maqbul yo‘lini topishga harakat qilindi. Yangi jahon valyuta tizimi asoslarini
ishlab
chiqish maqsadida, 1944 yil Bretton-Vudsda (AQSh) ittifoqchi davlatlarning
xalqaro konferentsiyasi chaqirildi. Bu konferentsiyada o‘zaro bog‘liq valyuta kurslarini
tartibga solish tizimini yaratish haqidagi kelishuvga erishildi va bu ko‘pincha Bretton -
Vuds tizimi deb ataladi. Mazkur tizim oldingi oltin standartdan keskin farq qilmaydi.
Uning
asosida
oltin - valyuta standart
(AQSh dollari) yotadi
va bu yerda rezervlar
sifatida
oltin va dollar chiqadi
.
Dollarning oltinga almashinishi rasman to‘xtagandan keyin, valyutaning
qayd
qilingan kursi,
suzib yuruvchi kursiga o’rin
bo‘shatadi. Xalqaro valyuta
tizimidagi bu o‘zgarish 1976 yil Kingston (Yamayka)
dagi kelishuvga binoan
huquqiy jihatdan mustahkamlanadi. Qog‘oz pul tizimiga o‘tish bilan, qog‘oz pullar
oltinga almashtirilmaydi. Beqaror kurslar sharoitida valyuta kursi ham har qanday
boshqa narx turlari kabi talab va taklifning bozor kuchlari bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: