491
milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
milliy iste‘molchilarning real xarid qilish
layoqati va mamlakatdagi
inflyatsiya darajasi;
valyutalarga talab va taklifga ta‘sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi holati;
mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Valyuta kurslarining tebranishini tushuntirishga, xarid qilish layoqatining
paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati)
nazariyasi
yordam beradi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun, ikki
mamlakat iste‘molchilik tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi.
Masalan, agar O‘zbekistonda bunday «savat», aytaylik 2500 ming so‘m, AQShda
esa 1000 dol. tursa, 2500 mingni mingga bo‘lib, 1 dol. ning narxini hosil qilamiz,
bu 2500 so‘mga teng. Agar O‘zbekistonda
muomaladagi pul massasining
ko‘payishi oqibatida, tovarlar narxi ikki marta oshsa, barcha sharoitlar teng bo‘l-
ganda dollarning so‘mga ayriboshlash kursi ikki marta oshadi.
Valyuta kursi
tebranishi valyuta bozorida juda ko‘p omillar ta‘sirida shakllanadi. Bu omillarni
shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin: uzoq, qisqa, o‘rta muddatli.
a) uzoq muddatli omillar: mamlakat iqtisodiyotining umumiy holati, mehnat
unumdorligi darajasi, YaMM o‘sish sur‘ati, pul tizimi;
b) o‘rta muddatli omillar: to‘lov balansi holati,
byudjet taqchilligi darajasi,
kapital qo‘yilmalar holati, inflyatsiya sur‘ati, pul-kredit emissiyasi, real foiz
stavkalari, valyutaga bo‘lgan ishonch, davlat iqtisodiyotini
tartibga solish siyosati
va boshqa shu kabilar.
v) qisqa muddatli omillarga bozorda kutilayotgan o‘zgarishlar, milliy va
xalqaro miqyosda iste‘molchilarning didi va daromadlarining o‘zgarishi, yirik
banklar, valyuta dillerlarining ijtimoiy fikri va boshqa shu kabilar kiradi.
Valyuta kursining har qanday tebranishi ikki xil oqibatga olib keladi:
Eksportni yoki importni afzal qilib qo‘yadi. Bunda
eksport foyda yoki zarar
keltirishi, import tovarlari qimmatlashishi yoki arzonlashishi mumkin. Eksport-
492
import ko‘lamiga qarab mamlakat iqtisodiyotining valyuta kursiga bog‘lanishi
kuchayadi.
Dostları ilə paylaş: