Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Proteksionizm, ya’ni erkin savdo yo’lidagi to’siqlar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə304/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Proteksionizm, ya’ni erkin savdo yo’lidagi to’siqlar 
xalqaro 
ixtisoslashuvdan olinadigan nafni kamaytiradi yoki yo‘qqa chiqaradi. 
Erkin savdo yo’lida 
juda ko‘p to‘siqlar mavjud bo‘ladi. Ularning asosiylari 
quyidagilar: 

boj to’lovlari
import tovarlarga aksiz soliqlari hisoblanadi, u daromad 
olish maqsadida yoki himoya uchun kiritilishi mumkin; 

import kvotalari
yordamida ma‘lum bir vaqt oralig‘ida import qilinishi 
mumkin bo‘lgan tovarlarning eng yuqori hajmi o‘rnatiladi; 

ta’rifsiz to’siqlar
deyilganda litsenziyalash tizimi, mahsulot sifatiga 
standartlar qo‘yish yoki oddiy ma‘muriy taqiqlashlar tushuniladi; 

eksportni ixtiyoriy cheklashlar
savdo to‘siqlarining nisbatan yangi 
shakli hisoblanadi. Bu holda chet el firmalari o‘zlarining ma‘lum mamlakatga 
eksportini «ixtiyoriy» cheklaydi. 
Mamlakatlar xalqaro savdo yordamida o‘zlarining davlatlararo ixtisoslashu-
vini rivojlantirishi, resurslar unumdorligini oshirishi va shu orqali ishlab chiqarish-
ning umumiy hajmini ko‘paytirishi mumkin. Alohida davlatlar, eng yuqori nisbiy 
samaradorlik bilan ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlarga ixtisoslashishi va 
ularning o‘zlari samarali ishlab chiqarish holatida bo‘lmagan tovarlarga 
ayriboshlash hisobiga yutish mumkin. 
Xalqaro savdoni quyidagilar taqoza qiladi. Birinchidan, iqtisodiy resurslar 
dunyo mamlakatlari o‘rtasida juda notekis taqsimlangan: mamlakatlarning iqtisodiy 
resurslar bilan ta‘minlanishi keskin farqlanadi. Ikkinchidan, turli xil tovarlarni 
samarali ishlab chiqarish har xil texnologiya yoki resurslar uyg‘unlashuvini talab 
qiladi. Bu ikki holatning xalqaro savdoga ta‘sirini oson tushuntirish mumkin. 


484 
Masalan, Yaponiya ko‘p va yaxshi tayyorlangan ishchi kuchiga ega, malakali mehnat 
ortiqcha bo‘lganligi sababli arzon turadi. Shu sababli, Yaponiya tayyorlash uchun ko‘p 
miqdorda malakali mehnat talab qilinadigan turli-tuman mehnat sig‘imli tovarlarni 
samarali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avstraliya esa aksincha, juda keng 
maydonlarga ega bo‘lgan holda etarli bo‘lmagan miqdorda inson resurslari va 
kapitalga ega. 
Qisqacha aytganda, himoya qilinadigan tarmoqlar savdo to‘siqlarini 
kiritishdan oladigan foyda, butun iqtisodiyot uchun ancha katta yo‘qotish 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin