Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. Iste’mol tovarlari va resurslar bozori (bozor sub’ektlari o’rtasida



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

6.2-chizma. Iste’mol tovarlari va resurslar bozori (bozor sub’ektlari o’rtasida 
resurslar, mahsulot va daromadlar harakati) 
Bu doiraviy aylanishlar modeli ko‘rinishini oladi. Doiraviy aylanishlar modeli 
bu – iqtisodiy resurslar, mahsulotlar va pul mablag‘lari (daromadlar va 
xarajatlar)ning yangilanib turadigan va tartiblashtirilgan harakatidir. Doiraviy ayla-
nishlar modelida uy xo‘jaligi, korxona va davlat resurslar hamda mahsulotlar bozori 
orqali ayriboshlashni amalga oshiradi. 
Doiraviy aylanishlar modelidan real va nominal oqimlar aks etadi. Real 
oqimlar foydalaniladigan ishlab chiqarish omillari, tovar va xizmatlar harakatini 
tavsiflaydi. Nominal oqimlar – bu pul mablag‘lari harakatidir. 
Uy xo‘jaliklari resurslar bozori orqali korxonalarga iqtisodiy resurslarni 
yetkazib beradi va mahsulotlar bozori orqali korxonalardan tovar va xizmatlarni 
sotib oladi. 


94 
Resurs va ne‘matlarning ekvivalenti pulning harakati qarama-qarshi 
yo‘nalishga ega. Ayni vaqtda uy xo‘jaliklari davlatga to‘g‘ri soliqlarni to‘lab, 
undan ish haqi va turlicha to‘lovlarni oladi. Korxonalar ham davlatga soliqlarni 
to‘laydi va undan belgilangan to‘lov va subsidiyalarni oladi. Doiraviy aylanish-
larning takomillashgan modelida bozor sub‘ektlarining chet elliklar bilan tashqi 
iqtisodiy aloqalari ham aks etadi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil 
qiladi. Ishchi kuchi bozorida – o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy 
resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi 
kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi 
bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy 
sub‘ektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi.
Ishchi kuchi bozorining aniq namoyon bo‘lish shakli – mehnat birjasidir. 
Mehnat birjasi – ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi 
bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi 
muassasa. 
Mehnat birjasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 
I.
ishsizlarni ro‘yxatga olish; 
II.
ishsizlarni mos ish o‘rinlari bilan ta‘minlash; 
III.
ish bilan ta‘minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi kasbga 
tayyorlash; 
IV.
ishsizlarni ijtimoiy himoyalash.
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa-da, oldi-sotdi ob‘ekti 
yagona, ya‘ni pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar hisoblanadi. Ortiqcha 
mablag‘larga ega bo‘lgan xo‘jalik sub‘ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag‘lar 
kamyobligini sezgan sub‘ektlarga taklif qiladi. 
Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozorini turkumlash 
mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste‘molni 
qondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul 
vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan pul shaxsiy iste‘mol uchun ishlatiladi. Mulk 


95 
bozorida qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu 
bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga 
olib kapital bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va 
qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz 
to‘lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar 
muomalada bo‘ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi. 
Qimmatli qog‘ozlar bozorida aktsiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit 
kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli maj-
buriyatlar hamda korporatsiyalarning aktsiya va obligatsiyalaridan iboratdir. Bu 
bozorda broker va dillerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, 
auktsionlar va banklardan iborat bo‘ladi. 
Qimmatli qog‘ozlarning harakati xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi 
va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi 
qimmatli qog‘ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar sotilsa, 
ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. 
Iqtisodiyot uchun qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda 
muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik sub‘ektlari o‘rtasida moliyaviy vositalarning 
erkin harakat qilishini ta‘minlaydi. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin