90
Bozor ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar, (sotuvchi va xaridorlar) o‘rtasida
pul orqali ayriboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo‘ladigan
iqtisodiy munosabatlar
yig‘indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va pulning
harakati tashkil etadi.
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘koni,
avtomobilga servis
xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i quyish tarmog‘i, sanoat tovarlari do‘koni,
tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar,
yirik savdo
markazlar va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish korxonalari, auktsionlar,
birjalar bularning barchasi bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond, don
birjalari,
chet el valyutalari bozori, auktsionlar yuqori darajada rivojlangan
bozorlar bo‘lib, ularda sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan aktsiya,
obligatsiya,
milliy valyuta va qishloq xo‘jalik mahsulotlari orqali bog‘lanadi. Bozorning ayrim
turlari sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bilan farqlansa, boshqalarida
ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki bilmaydi. Shunga muvofiq bozor
aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo‘linadi. Bozorning har qanday turidan
qat‘iy nazar uning ishtirokchilari uy xo‘jaliklari, turli xil korxonalar va davlat tash-
kilotlaridir. Bozor sub‘ektlari ikki toifaga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular
bozorda turlicha mavqega ega bo‘ladi. Sotuvchilar bozorga
tovar va xizmatlarni
taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z sub‘ektlari manfaatini
bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va
xizmatlarni iste‘molchilarga, iqtisodiy resurslarni ishlab chiqaruvchilarga
yetkazib
berishdan
iboratdir. Bu erda bozor ishlab chiqarish bilan iste‘molni bir-biriga
bog‘laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste‘molchisini topadi.
Bunda
bozor vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U
qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi.
Bozor ishlab chiqarishning uzluksiz
Dostları ilə paylaş: