91
olish yo‘li bilan sarflangan resurslari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni
kengaytirish uchun kerakli resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor orqali resurslarning
erkin harakati ta‘minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y
beradi. Iste‘molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo‘lgan talabini namoyon qiladi.
Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilarga
uzatadi. Resurslar talab bildirilgan tarmoqlar va sohalar o‘rtasida taqsimlanib
turadi.
Bozorning iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va
narxlar yordamida bajariladi.
Bozor orqali mahsulot ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar hisobga olinadi.
Aynan bozor jamiyat sotib olish mumkin bo‘lgan mahsulot
xarajatlarini aniqlaydi
va u narxi bilan qoplangandagina ishlab chiqariladi.
Bozor
tovarlarga
narx
shakllantirish
va
ishlab
chiqaruvchilarni
tabaqalashtirish vazifasini ham bajaradi.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga har
xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va
sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub‘ektlari xususiyatlari, uning ko‘lami,
iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar. Bozor
yetuklik darajasiga qarab
rivojlanmagan klassik (erkin) va hozirgi zamon rivojlangan turlarga bo‘linadi.
Rivojlanmagan, yoki shakllanayotgan bozor ko‘proq, tasodifiy xarakterga ega
bo‘lib, unda barter ayriboshlash usuli ko‘proq qo‘llaniladi. Bozorning bu turi
tarixan hali pul kelib chiqmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham
ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor
iqtisodiyotiga o‘tayotgan davrlarda ham bu turdagi bozor amal qilishi mumkin.
Erkin bozorda tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab
chiqaruvchilar va iste‘molchilar, mavjud bo‘lib, ayriboshlash jarayonida ular
o‘rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga
qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo‘llaniladi, aholi va ishlab
chiqaruvchilar keskin tabaqalashadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori —
bunda
davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, u ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi,
92
turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan
bo‘ladi, raqobat kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning
daromadlari darajasi o‘rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan
mahalliy, milliy, mintaqaviy va nihoyat jahon bozoriga ajratiladi.
Sotiladigan va sotib olinadigan obekt turiga ko‘ra
bozorlar quyidagi turlarga
bo‘linadi: iste‘mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va
ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnik
kashfiyot va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan sub‘ektlarning xususiyatiga ko‘ra ulgurji va chakana
savdo to‘g‘risida gap yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar
hisoblanadi. Tashkilot va muassasalar esa sotuvchi hisoblanadi.
Ulgurji savdoda
davlat tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o‘rin tutadi.
Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa fermerlar, shaxsiy, kooperativ va
davlat xo‘jaliklaridir.
Shuningdek, mulk shakli bo‘yicha davlat va kooperativ savdo, dehqon bozori
ham farqlanadi. Davlat savdosini davlat, kooperativ savdoni kooperatsiyalar
amalga oshiradi. Dehqon bozorida
savdoni alohida fuqarolar, jamoa va fermer
xo‘jaliklari hamda boshqa kooperativlar amalga oshiradi.
Tovar va xizmatlar bozori bozorning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
bozorda xo‘jalik sub‘ektlarining barcha uchta turi: fuqarolar (uy xo‘jaliklari) davlat
va korxonalar qatnashadi.
Iste‘mol tovarlari va xizmatlari bozorining alohida turi intellektual tovarlar
bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan tovarlar - ilmiy g‘oyalar,
texnikaviy yangiliklar, san‘at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi
qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnikaviy
ishlanmalarni ayriboshlash
katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo‘lib,
bu bozorda asosan innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklarni
topish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida mashina, asbob-uskuna,
xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari yirik hajmda
93
ulgurji sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste‘molga emas, ishlab
chiqarish iste‘moliga xizmat qiladi, ya‘ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Ishlab chiqarish tarmoqlari bo‘yicha don,
avtomobil, yoqilg‘i va shu kabi
bozorlar farqlanadi.
Bozorning barcha sub‘ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste‘mol tovarlari
va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: