MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI AKTSIM FAKULTETI 111-20 guruh talabasi Shakarov Jamoliddinning Individual loyiha fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi
Tayyorladi: Shakarov Jamoliddin
Tekshirdi: Babaxanova Dildora
Toshkent-2022
Reja:
1.Bozor iqtisodiyoti nima?
2. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish zarurligi.
3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishining asosiy usullari va shakllari.
4.
Bozor iqtisodiyoti nima?
Bozor iqtisodiyoti bu raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
Tarixan Bozor iqtisodiyoti ning 2 turi boʻlgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti , madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyoti kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi (qarang Bozor iqtisodiyoti modellari).
Ma'lumki, bozorning muhim elementi bu narx va uning darajasi boklib, bu ishiab chiqaruvchi uchun ham. tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Bozor tizimi ishiab chiqanivchilar va xaridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jihatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishiab chiqaruvchi va iste’molchi o'rtasidagi aloqalarni bog'laydi. Tarmoqlar o'rtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta'minlashda bozor mexanizmi qulaydir. Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijlimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalaming kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegarala nganligi natnoyon bo'ladi. Bunga iqtisodiyolda yuzaga kelgan iqlisodiy inqiroz davri qarama-qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929— 1933-yillarda sodir bo'lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo‘la oladi. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishiab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanoat rivojlanishida erkin raqobat asosida ishiab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o'smoqda, balki jamoa (aksionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining roli ham oilib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o ‘z zimmasiga olisliga, ularni rivqjlantirishga va tartibga solishga majbur bo'lmoqda. Masalan: temiryo'l, telegraf, pochta, mudofaa va h.k. Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba'zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tug'iladi. Bu, avvalambor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda. aholining m a’lum qismini ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko'rsatishda (ishsizlarga, tug'ma nogironlarga), pensiya ta’minotida, mudofaani ta'minlashda. ekologik muammolami hal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishiab chiqarish
Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, oʻzlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uygʻunlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʻplab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud boʻladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega boʻladi. Shu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko’p omilli ko’rsatkich bo’lib, bunda samaradorlikning erishilgan dara jasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimin ing tutgan roliga bog’liq bo’lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorni tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo’li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida dav latning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish orqali erishiladi. Hozirgi davrda respublikamizning milliy iqtisodi yoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi. Iqtisodiy tafakkur tarixida birinchi marta davlatning iqti sodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko’rib chiqilgan. Uning “Xalqlar boyligining tabiati va sa bablarini tadqiq qilish haqida” (1776 yil) degan kitobida bo zor usullari orqali iqtisodiyotning o’z-o’zini tartibga solish ning zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazorati dan toʻliq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tash kil qilish imkoni mavjud boʻladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur etadi. A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir-oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularn ing chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo, bu oxir-oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar yutqazadi. A.Smitning "Tinch qo’yish" nazariyasi, 1929-1933 yil larda bozor iqtisodiyotiga asoslangan, deyarli barcha mam lakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi. Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” (1936 yil) nomli kitobida o’z aksini topdi. Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlash zarurligini isbotladi. Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda inqirozga qar shi siyosat o’tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibat larini tugatish va sanoat siklining oʻzgarishini yo’qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQShda amalga oshirildi, Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko’rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti amalda ustun boʻlgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolini yanada ko’proq oshib borishi ro’y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki iqti sodiy o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag’batlantirish tan olinadi. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi: Birinchidan, davlat o’ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni oladi. Bunga mudofaani ta’minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib keltirish mumkin.. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqar ish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi. Bu oqibatlar bevosita uchinchi tomon manfaatida aks etadi va demak, kishilarning alohida guruhi hamda umuman jamiyat manfaatiga ta’sir qiladi. Masalan, chiqitli tex nologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash quril malariga xarajatlarni tejash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ish lab chiqaruvchi uchun) foydali, atrof-muhitni ifloslanishiga olib kelishi esa, boshqa kishilar uchun qo’shimcha salbiy oqibatga ega. Davlat yakka tadbirkor yoki iste’molchidan farqli, jami yat manfaatini ifodalab, qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha, salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solishi hamda cheklashga harakat qilishi zarur. Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro’y beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qil ishning oqibatlarini obyektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksin cha, sog’liqqa salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o’z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari uchun yuqori aksiz (egri) solig’ini o’rnatib, bir tomondan o’zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotni sotib olish talabini cheklaydi. To’rtinchidan, davlat o’z zimmasiga bozorning tabiati dan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish vazifasini oladi. Bozor hamma uchun to’lovga qobil talabini qondirishga teng imkoniyatni ta’minlaydi. Ammo bu bo zorning milliy boylikni ijtimoiy-adolatli taqsimlashni ta’minlashini bildirmaydi. Bunday sharoitda davlat aholin ing kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida ishni qilishi, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tib biy xizmat ko’rsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga oladi. Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo’lib, ular ishlab chiqarish samaradorligiga davlatning ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo, tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog’liq boʻlgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo’lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi. XX asrning 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konservativ konsepsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni cheklash jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy shakllaridan voz kechildi, davlat mulkini xususiylashtirish yo’li bilan davlat sektori ulushi qisqartirildi, xoʻjalik qarorlarini qabul qilishda nomarkazlashuv jarayonlari kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mexanizmlarining ahamiyati oshirildi. Jumladan, AQShda bu tadbirlar «Amerikaning yangi rivojlanish yo’li: iqtisodiy jihatdan yangilanish dasturi» nomli yoʻnalish asosida amalga oshirilib, unda daromad solig’i stavkalarining pasaytirilishi, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida yirik korporasiyalar investitsiyalari uchun soliq imtiyozlarini qo’llash, federal hukumat xarajatlarini cheklash, xususiy biznes faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, inflyatsiyaga qarshi pul-kredit siyosatini o’tkazish ko’zda tutilgan edi. Biroq, olib borilgan tadbirlar kutilgan natijani bermadi. Masalan, AQShda YaMMdagi davlat sarflari ulushi 1980 yilda 22,6 foiz bo’lsa, 1987 yilga kelib 27 foiz ga qadar o’sdi. Davlat qarzlari kamayish oʻrniga o’sib ketdi, inflyatsiyaning pasayishi moliya tizimining izdan chiqishdan saqlab qola olmadi. Aksincha, inflyatsiyaning cheklanganligi uchun o’sish sur’atlarining pasayishi, ishsizlikning ko’payishi, real ish haqining pasayishi kabi holatlar yuzaga keldi. Bunday jarayonlar Angliya, Yaponiya, Avstriya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro’y berdi. 90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda keynscha tendensiyalar yangidan kuchaya kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi turi davlat va xususiy sektor o’rtasidagi munosabatlarni ro’yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to’g’ridan-to’g’ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin boʻlmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat koʻrsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.
[Bozor iqtisodiyotiga ikki xil yo'l bilan o'tiladi: revolyutsion(birdaniga) va evolyutsion(sekin asta, O'zbekiston ham shu qatori). 4 xil bozor turi bir:
1.Mahalliy
2.Milliy
3.Hududiy
4.Jahon bozorlari.
Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi ma’lum o’ringa ega boʻlib, har biri mustaqil amal qiladi. Shu bilan birga, dunyodagi turli xil iqtisodiy tizimlar bir biridan iqtisodiyotini boshqarish va tartibga solishda davlat hamda bozor rolining nisbati bo’yicha keskin farqlanadi. Masalan, bir iqtisodiy tizim ko’proq davlat tomonidan boshqarishga tayansa, boshqasi bozor mexanizmi orqali tartiblashga ustunlik beradi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish zarurligi.
Bozor iqtisodiyotini tartibga solish zarurligi va uning amalga oshirilishi to`g`risidagi nazariy qarashlar.
O`z –o`zini tartibga solishning bozor mexanizmlari amal qilishi.
Iqtisodiyotni markazlashgan tarzda ma` muriy usullar yordamida tartibga solish.
Tartibga solishga davlatning aralashuvini bozor mexanizmlari bilan uyg`unlashtirish orqali erishish.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish to`g`risidagi qarash Djon Meynard Kensga tegishli. U “Ish bilan bandlik, prosent va pulning umumiy nazariyasi”(1936 yil.) kitobida iqtisodiy inqiroz va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiyotga aralashuvini taqozo qiladi. Shu sababli davlat fiskal va monetar tartibga solish , vositalaridan foydalanib jamiyatning yalpi talabini rag`batlantirishi va aholining ish bilan bandligini ta`minlashi zarur degan g`oyani ilgari suradi.
A.Smitning iqtisodiyotini tartibga solishning bozor mexanizmi xususidagi uchta asosli qoidasi.
Bozorni tartibga solishga davlat aralashmasligi lozim uning vazifasi tinchlikni saqlash, me`yori , soliqni saqlash adolatli sud qilishni ta`minlash bilan cheklanishi zarur .Bozorni tartibga soluvchi asosiy kuch – bu “ ko`rinmas qo`l”, ya`ni talab, taklif va raqobat .
Bozor o`z- o`zini boshqaradi. Buni bozor talabi va tovar taklifining o`zaro bog`liqligini ta`minlaydi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini cheklash va tartiblashda bozor mexanizmiga ustuvorlik berishi A. Smit tomonidan asoslab berilgan
Milliy iqtisodiyotning samaradorligiga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, uning darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq. Chunki milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi yo’llar orqali erishiladi:
1) iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo’llash;
2) iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish;
3) takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish. Hozirgi davrda O’zbеkistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta A.Smit tomonidan ko’rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776) nomli asarida iqtisodiyotning bozor usullari orqali o’zini o’zi tartibga solishining zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina istе’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chеtdan aralashuvsiz, ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi dеb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan bеlgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy istе’molchilarga faqat zarar kеltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik bеrib, ularning chеt el shеriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlanib qolishiga olib kеladi. Bundan past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy istе’molchilar zarar ko’radilar.
A.Smitning «Tinch qo’yish» nazariyasi, 1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan dеyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.
Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Kеynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli asarida o’z aksini topdi. Unda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va krеditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda inqirozga qarshi siyosat o’tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat siklining o’zgarishini bartaraf etish haqida kеtadi. Kеyns nazariyasi ancha tugal shaklda AQSHda amalga oshirildi.
Urushdan kеyingi davrda Kеyns nazariyasidagi ko’rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodiyoti amalda ustun bo’lgan barcha mamlakatlarda foydalanildi. Shu bilan birga davlatni iqtisodiyotdagi rolining yanada ko’proq oshib borishi ro’y bеrdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishning muhim maqsadi sifatida nafaqat siklga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlikni ta’minlash, balki iqtisodiy o’sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag’batlantirish tan olinadi.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi.
Birinchidan, davlat milliy iqtisodiyotda o’zini o’zi bozor vositasida tartibga solish orqali bajarish mumkin bo’lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’ziga oladi. Bular qatoriga mudofaani ta’minlash, mamlakatda ichki tartibni saqlash va aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash kabilarni misol qilib kеltirish mumkin.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va istе’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug’diradi. Bu oqibatlar bеvosita uchinchi tomon manfaatida aks etib, kishilarning alohida guruhi va umuman jamiyat manfaatiga ta’sir qiladi. Masalan, chiqitli tеxnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlarda tozalash qurilmalariga xarajatlarni tеjash, xususiy ishlab chiqaruvchilar nuqtai nazaridan (u yoki bu kompaniya yoki individual ishlab chiqaruvchi uchun) foydali, atrof-muhitni ifloslanishiga olib kеlishi esa jamiyatning boshqa a’zolari uchun qo’shimcha salbiy oqibatga ega.
Davlat yakka tadbirkor yoki istе’molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo’shimcha ijobiy samarani rag’batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog’liq faoliyatni tartibga solish va chеklashga harakat qilishi zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi shu sababli ro’y bеradiki, individual istе’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni istе’mol qilishning oqibatlarini ob’еktiv baholay olmaydilar. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali istе’molni kеngaytirish va aksincha sog’liqqa salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tovarlar istе’molini chеklash vazifasini o’z zimmasiga oladi. Masalan, davlat tamaki mahsulotlari uchun yuqori aktsiz (egri) solig’ini o’rnatib, bir tomondan o’zining daromadini oshirsa, boshqa tomondan shu mahsulotga bo’lgan talabni chеklaydi.
To’rtinchidan, davlat bozorning tabiatidan kеlib chiqadigan ayrim holatlarni qisman yengillashtirish vazifasini o’z zimmasiga oladi. Bozor hamma uchun to’lovga qobil talabni qondirishga tеng imkoniyatni ta’minlaydi. Ammo bu bozor mеxanizmining milliy boylikni ijtimoiy-adolatli taqsimlashini anglatmaydi. Bunday sharoitda davlat aholi kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, bеpul (yoki imtiyozli) bilim bеrish, tibbiy xizmat ko’rsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga oladi.
Bеshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chеgaralari ham mavjud bo’lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siridan kеlib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo’yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdеk, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, rеsurslarning qayta taqsimlanishiga ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo’lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chеgaralarini bеlgilab bеradi.
XX asrning 80-yillarida rivojlangan mamlakatlarda yangi konsеrvativ kontsеptsiyalar asosida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni chеklash jarayonlari boshlandi. Bunda tartibga solishning an’anaviy shakllaridan voz kеchildi, davlat mulkini xususiylashtirish yo’li bilan davlat sеktori ulushi qisqartirildi, xo’jalik qarorlarini qabul qilishda nomarkazlashuv jarayonlari kuchaytirildi, iqtisodiyotdagi bozor mеxanizmlarining ahamiyati oshirildi. Jumladan, AQSHda bu tadbirlar «Amеrikaning yangi rivojlanish yo’li: iqtisodiy jihatdan yangilanish dasturi» nomli yo’nalish asosida amalga oshirilib, unda daromad solig’i stavkalarining pasaytirilishi, iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida yirik korporatsiyalar invеstitsiyalari uchun soliq imtiyozlarini qo’llash, fеdеral hukumat xarajatlarini chеklash, xususiy biznеs faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini kamaytirish, inflyatsiyaga qarshi pul-krеdit siyosatini o’tkazish ko’zda tutilgan edi.
Biroq, olib borilgan tadbirlar kutilgan natijani bеrmadi. Masalan, AQSHda YaMMdagi davlat sarflari ulushi 1980 yilda 22,6% bo’lsa, 1987 yilga kеlib 27%ga qadar o’sdi. Davlat qarzlari kamayish o’rniga o’sib kеtdi, inflyatsiyaning pasayishi moliya tizimining izdan chiqishdan saqlab qola olmadi. Aksincha, inflyatsiyaning chеklanganligi uchun o’sish sur’atlarining pasayishi, ishsizlikning o’sishi, rеal ish haqining pasayishi kabi holatlar yuzaga kеldi. Bunday jarayonlar Angliya, YAponiya, Avstriya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ham ro’y bеrdi.
90-yillardan boshlab iqtisodiyotni tartibga solishda kеynscha tеndеntsiyalar yangidan kuchaya boshladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tipi davlat va xususiy sеktor o’rtasidagi munosabatlarni ro’yobga chiqarish, davlat tomonidan tartibga solishning moslashuvchanligini oshirish, to’g’ridan-to’g’ri aralashuv shakllari va byurokratik nazoratning kamayishi bilan tavsiflanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishinig asosiy usullari va shakllari.
Iqtisodiyot o’zini-ozi tartibga solish davrida bozor mexanizmi uzoq vaqt mobaynida iqtisodiyotni tartibga solishning yagona mexanizmi bo’ladi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va uni bozor bilan uyg’unlashtirish biroz keyinroq yuzaga keldi.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishini rivojlanishi 2 yitik bosqichga bo’lish mumkun:
1. Ikkinchi jahon urushiga qadar
2. Ikkinchi jahon urushidan keyin.
Birinchi bosqichda davlat xususiy kapitalni takror ishiab chiqarilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi: mehnat. soliq. savdo va ijtimoiy qonunchilik asoslari ishiab chiqildi. Erkin raqobat davrida davlat harbiy zavodlar va Temiryo’1 qurilishida xususiy kapitalni kengaytirish yo'li bilan xo'jalik jarayonida ishtirok etishni bosliladi. Shu bilan birga davlat alohida sohalami tartibga solishni boshlaydi (agrar soha. pul-kredit) va boshqalar. Ikkinchi bosqichda bir qator davlatlar tarmoqlami rejalashtirishga, milliy va hududiy rivojlanishni dasturlashtirishga, davlatning budjet-kredit sohasida iqtisodiyotni tartibga solish faolligini oshirishdi. Iqtisodiy rivojlanishda davlat aralashuvi umumiqtisodiy xususiyatga ega bo‘Iib, davlat uzoq muddatli strategik maqsadlarni ishiab chiqdi. Bu bosqich integratsion ittifoqlar doirasida xalqaro darajadagi o'rta muddath umumdavlat kelishuvlari bo'yicha davlat faoliyatlarini tavsiflaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish xususiy kapitalni takror ishiab chiqarilishi uchun qulay sharoit yaratishdan to iqtisodiy hamkorlik doirasida o'rta muddatli um um davlat dasturini xalqaro kelishuvlar darajasigacha bo‘lgan yo'li bosib o'tildi. Hozirgi kunda davlat iqtisodiy tizimda iqtisodiy indikatorlarga faol la’sir etuvchi yagona va asosiy tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi markaziga aylanmoqda, iqtisodiy o'zgarislilarga qulay sharoit yaratmoqda. Bozor iqtisodiyotini barcha jabhalari tartibga solishda davlat boshqaruviga zaruriy element silatida qaraladi. Umumiy holda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi:
1. Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishish;
2. Bozomi amal qilislii uchun qulay sharoit yaratish;
3. Iqtisodiy o'sishning barqarorlik darajasini ta'minlash;
4. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami boshqarish;
5. Ijtimoiy taraqqiyotm ta’minlash;
6. Ekologik va demografik muammolarni hal etish hisoblanadi.
Iqtisodiyotni tartibga solish uslublari;
1.Iqtisodiy .
2.Qonuniy-ma’muriy.
3.Ijtimoiy-madaniy.
Xulosa
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi uning milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o’zini-o’zi tartibga solish orqali bajarish mumkin boʻlmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z zimmasiga olishi; bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi keltirib chiqaruvchi salbiy oqibatlarni bartaraf etish zarurligi; iste’molchilarning manfaatlarini himoyalash; bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman engillashtirish, jumladan, aholining kam ta’minlangan qatlamining turmush darajasi haqida g’amxo’rlik qilish, bepul (yoki imtiyozli) bilim berish, tibbiy xizmat koʻrsatish va shu kabilarni o’z zimmasiga olishi; hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish vazifasini ham o’z zimmasiga olishi orqali izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: |